Telegram Web
O‘zsanoatqurilishbank tizimida mijozlarga xizmat ko‘rsatish va ish samaradorligini oshirish maqsadida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishga kirishildi.

Dastlabki bosqichda ushbu texnologiyalarni mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va ichki jarayonlarni optimallashtirish maqsadida qo‘llashga kirishildi.

Loyihaga ko‘ra, yangi dasturiy vositalar biznes jarayonlarga, jumladan, mijozlar so‘rovlarini ko‘rib chiqishni avtomatlashtirish, bank mahsulotlari bo‘yicha aniq tavsiyalar berish va ular bilan munosabatlarni optimallashtirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, ushbu mexanizm mijozlar xohish-ehtiyojlarini tezkor tahlil qilish va ularga individual xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi.

Umuman, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bank biznes jarayonlarini yaxshilash yo‘lidagi yana bir muhim qadam va u davomlidir.
4👍31🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi saylov tizimining oʻziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
🤔1
Forwarded from SQB
⚠️ 😂😉👈👈❤️❤️🔍🔍🔍

📱 Telegram ijtimoiy tarmogʻida firibgarlar SQB nomidan "tanlov" oʻtkazayotganini kuzatishimiz mumkin.

❗️Moliyaviy firibgarlar bank xizmatlaridan foydalanuvchilar uchun asosiy tahdidlardan biriga aylanib bormoqda. Shaxsiy maʻlumotlarni, keyin esa pulni qoʻlga kiritish uchun firibgarlar bu safar "bepul tanlovlarni" taklif qiluvchi bankning soxta telegram kanaliga havolalar yaratdilar.

‼️ Ehtiyot boʻling! Har doim rasmiy SQB sahifalarining manzillarini tekshiring:

📱 Veb-sayt: https://sqb.uz/
📱 Telegram: https://www.tgoop.com/sqbuz
Telegram bot: @sqbchat_bot
📱 Facebook: https://www.facebook.com/sqbuz
📱 Instagram: https://www.instagram.com/sqbuz/
📱 Twitter: https://x.com/sqb_uz

📌 Agar bank hisobingiz yoki kartangizda shubhali harakatni aniqlasangiz, darhol 1180 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.
———————————
⚠️ ВНИМАНИЕ!!!

Предупреждение для всех!

📱 В социальной сети Telegram мошенники проводят "конкурсы" от имени SQB!

❗️Схема с финансовым мошеничеством становится одной из главных угроз для пользователей банковских услуг. С целью завладеть персональными данными, а затем – деньгами, аферисты создают фейковые ссылки на поддельные банковские социальные сети с предложением поучаствовать в конкурсе.

‼️ Будьте на чеку! Всегда сверяйте адреса официальных страниц SQB:

📱 Veb-sayt: https://sqb.uz/
📱 Telegram: https://www.tgoop.com/sqbuz
Telegram bot: @sqbchat_bot
📱 Facebook: https://www.facebook.com/sqbuz
📱 Instagram: https://www.instagram.com/sqbuz/
📱 Twitter: https://x.com/sqb_uz

📌 Если вы обнаружите подозрительную активность на своем банковском счете или с вашей картой, немедленно свяжитесь с нами по круглосуточному номеру 1180.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍎 Qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar uchun 1 000 000 AQSh dollari ekvivalentigacha kredit!
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’zsanoatqurilishbank Media markazidan yangi “Sifatli qurilish” loyihasi.

Loyiha orqali qurilishga doir ko’plab savollarga mutaxassislar atroflicha javob berishadi.

Dasturning ilk sonida avtoklav gazobetonning afzalliklari xususida so’z yuritiladi.

Bu qurilish materialining afzalliklari shu qadar ko’p ekanki, uni bir dasturga sig’dirishning imkoni bo’lmadi. Shu bois mavzuni 3 qismga bo’lgan holda sizga yetkazishga qaror qildik.

Qolgan qismlarni esa har payshanba Youtube’dagi SQB media kanalida kuzatishingiz mumkin.
👍6💯21
Joriy yilning 15-iyun kuni “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi qoshida O‘zsanoatqurilishbank bilan hamkorlikda o’z faoliyatini boshlagan “R&D tadqiqotlar markazi” tomonidan 20 ta oliy ta’lim muassasasi va 4 ta ilmiy tadqiqot institutining “tadqiqot portfoliosi” o‘rganilib, 37 ta ilmiy loyiha shakllantirildi. Yuzdan ziyod ishlab chiqarish korxonalarining 50 ga yaqin ilmiy jihatdan hal etilishi talab etiladigan texnologik muammolari jamlandi.

170 dan ziyod professor-o‘qituvchilarning 50 dan ziyod patent, ixtiro va foydali modellari, 150 dan ortiq texnologiyalarga qaratilgan ilmiy ishlari ishlab chiqarish korxonalariga taqdim etish uchun tahlil qilindi.

Endilikda markaz tomonidan soha korxonalarining tizimli texnologik muammolari darajalarga ajratilgan holda tadqiq qilinishi ko‘zda tutilgan.

Markaz tarmoq korxonalaridan ilmiy asosga muhtoj takliflarni, tadqiqotchilardan esa ilmiy asoslangan loyihalarni qabul qilishda davom etmoqda.

Murojaat uchun: +998 91 191 40 41; +998 90 014 68 94
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijodiy jamoamiz mamlakatimizdagi eng yirik qandolat fabrikasida bo'ldi.

Ko'pchilikka tanish "Isko" brendi ostida faoliyat yuritayotgan kompaniya SQB moliyaviy ko'magida ish boshlagan. Ayni vaqtda unda 50 turdan ziyod mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Bu jarayonlarga Turkiya va Germaniyadan olib kelingan zamonaviy uskunalar jalb etilgan.

Kompaniyada 100 nafardan ziyod mahalliy aholining bandligi ta'minlangan.

Korxonaning ishlab chiqarish, eksport, xodimlarni boshqarish jarayonlari haqidagi shu va boshqa qiziqarli ma'lumotlar bilan navbatdagi reportajimizda tanishishingiz mumkin.
5👍3💯32🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzsanoatqurilishbank moliyaviy koʻmagida Jizzax viloyatida meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan yangi korxona faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

🏭 Bugun Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida “BMB Agro Plus” korxonasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda berilgan maʼlumotlarga koʻra, loyihaning umumiy qiymati 34,6 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Bank krediti evaziga Belgiya, Avstriya, Italiya, Turkiya va Xitoy davlatlarining yetakchi kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar olib kelib oʻrnatilgan. Bu ishlarning natijasida 400 nafar mahalliy aholining bandligi taʼminlanib, yiliga 21 ming tonna mahsulotni birlamchi qayta ishlanash, ularni quritish natijasida 12,5 ming tonna hamda 5 ming tonna pyure, jem, tomat va boshqalar uchun homashyo ishlab chiqarish, shuningdek, 50 ming tonna dukkakli mahsulotlarni saralash va yana 1500 tonna mahsulotni shok va akustika usulda muzlatish rejalashtirilgan.
👍42🔥2🥰1🤩1💯1
O‘zsanoatqurilishbank tizimida 2023-yil va joriy yilning birinchi yarmida ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar sarhisob qilindi.

ESG tamoyillarining tadbiq etilishi natijasida:


bankni xalqaro moliya bozoriga integratsiyalashuvini jadallashtirdi: xalqaro kapital bozorlarida qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish, xorijiy investorlar hamda kredit liniyalarini jalb qilishda o‘ziga xos ustuvorliklar bermoqda;


ishlab chiqarishning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish, energiya samaradorlikni ta’minlash, tabiiy resurslarni tejash va uglerod chiqindilarini minimallashtirishga erishilmoqda;


jamoat loyihalarida faol qatnashib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash borasida turli tashabbuslar ilgari surilmoqda;

Korporativ boshqaruv sohasida bankda shaffoflik va javobgarlik tamoyillari mustahkamlandi. ESG standartlariga javob beradigan ichki siyosat va jarayonlar yangilandi.
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
To’yga-to’yona bilan!

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan yangi korxona ochildi.


ℹ️ Yiliga 40 ming tonnadan ortiq meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash imkoniyatiga ega bo’lgan “BMB Agro plus” korxonasi “BMB Holding” hamda O’zsanoatqurilishbankning moliyaviy resurslari evaziga bunyod etildi.

Loyiha ikki bosqichdan iborat boʻlib, birinchi bosqichda meva-sabzavotlarni birlamchi chuqur qayta ishlash, xususan, murabbo, konserva, pyure va pasta kabi chuqur qayta ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarish hamda quritish, ikkinchi bosqichda esa sublimatsion usulda quritish, shok va akustika usulda muzlatish jarayonlarini yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilgan. Shuningdek, loyiha doirasida 400 dan ortiq ish oʻrinlari yaratiladi.

👉 Korxonaning to’liq imkoniyatlari bilan navbatdagi reportajimizda batafsil tanishishingiz mumkin.
🤩3
Aziz vatandoshlar!

Sizni eng ulugʻ, eng aziz bayram Vatanimiz Mustaqilligining 33 yilligi bilan muborakbod etamiz!

Har bir kuningiz xursandchilik, samimiyat va yangi yutuqlarga boy boʻlsin, oliyjanob ishlaringiz va saʼy-harakatlaringiz jonajon Oʻzbekistonimiz gullab-yashnashi yoʻlida xizmat qilaversin!

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

Bank Axborot xizmati
👍42🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Fidoyilik kasb, soha tanlamaydi. Inson qay bir jabhada mehnat qilmasin , o’z ishini sevsa, mas’uliyat va talabchanlik bilan yondoshsa, eng asosiysi odamlarga yordam berishni istasa bas, shuning o’zi yetarli” deydi O’zsanoatqurilishbank “Yunusobod” BXM boshqaruvchisi, “Shuhrat” medali sohibi Sanjarbek Yusupov.


Davlatimiz rahbari joriy yil aprel oyida Yunusobod tumaniga tashrifi davomida aholi bandligini ta’minlash va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash bo’yicha qator vazifalar belgilab bergandi. Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zsanoatqurilishbankning “Yunusobod” bank xizmatlari markazi tomonidan ham tizimli ishlar amalga oshirildi. Natijada tumandagi 12 ta mahallada 1300 nafardan ziyod aholining bandligi ta’minlandi.

Quvonarlisi, qilingan bu xayrli ishlar besamar ketmadi – Davlatimiz mustaqilligining 33 yilligi arafasida hamkasbimiz -Sanjarbek Yusupov Prezident farmoni asosida “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
🔥4👍2🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍎 Qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar uchun 1 000 000 AQSh dollari ekvivalentigacha kredit!

🍏 Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirishga hamda aylanma mablag’larni to’ldirishga mo’ljallangan “YETISHTIRISHDAN-EKSPORTGACHA“ krediti:

🍋 muddati - 18 oygacha;
🍓 imtiyozli davr - 6 oygacha.

📝 Batafsil ma’lumot 1180 raqami orqali.
👍51
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FARGʻONADA ELEKTROTEXNIKA ISHLAB CHIQARISHGA IXTISOSLASHGAN TEXNOPARK QURILISHI BOSHLANDI
 
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi hamda Oʻzsanoatqurilishbank hamkorligida quriladigan texnopark hududi 10 gektarni tashkil etadi. Binolar qurilib, tayyor holga keltirilgach, sanoat ipotekasi shartlarida kredit hisobiga tadbirkorlarga berilishi belgilangan.

Kelgusida ushbu korxonalarga mol-mulk va foyda soligʻidan 50 foizgacha imtiyoz berilishi ham koʻzda tutilgan.

Birinchi bosqichda 25 mln dollarga teng 4 ta loyihalar paketi shakllantirilgan. Ular orasida dunyo avtomobilsozlik sanoatiga elektronika qismlarini yetkazib beruvchi Turkiyaning “DAIICHI Electronic” kompaniyasi ham bor.
👍4👏21💯1
O‘zbekiston tijorat banklari orasida birinchilardan bo‘lib O‘zsanoatqurilishbank binosiga EDGE sertifikati taqdim etildi.

“HPBS B.V” tadqiqot va atrof-muhit muhandisligi markazi (Niderlandiya) tomonidan Bank binolari qirqtasining EDGE talablariga mosligi o‘rganildi. Dastlabki baholash ishlari va uning yakuni bo‘yicha taqdim etilgan texnik xulosalar asosida Bank binolari EDGE auditidan o‘tkazildi. Natijada Bank binolaridan biri EDGE sertifikatiga loyiq topildi.

Bank binosini sertifikatlash jarayonida elektr energiya sarfi 23 foizga, suvdan foydalanish 24 foizga va qurilish materiallarining uglerod isi 100 foizga kamaytirildi. Ish jarayonida 320 tonnadan ziyod zararli gaz chiqishining oldi olindi.

Hozirda Bankning qolgan binolarini EDGE standarti talablariga muvofiqlashtirish va sertifikatsiyalash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan EDGE standarti rivojlanayotgan mamlakatlarda “yashil” va barqaror binolarni yaratishni rag‘batlantirishga qaratilgan.
8👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SQB jamoasi "Butunjahon tozalik kuni"ga bag’ishlab o’tkazilgan ekoaksiyada ishtirok etdi.

Ekologiya vazirligi, Coca-Cola va O‘zsanoatqurilishbank hamkorligida tashkil etilgan tadbir "Hayot uchun joy ajrating!" mavuziga bag’ishlandi. Unda jamoalar guruhlarga bo’lingan holda, o’zaro kuch sinashdilar.

Quvonarlisi, O‘zsanoatqurilishbank jamoasi Bo’stonliq tumanini 97 kg. chiqindidan xalos etib, yakunda kuchli uchlikdan joy oldi.

Bu tadbir nafaqat atrof-muhit musaffoligiga hissa qo‘shish, balki umumiy maqsadga erishish yo‘lida kuchlarni birlashtirish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi - deydi loyiha tashkilotchilari.
🔥63👍1
O‘zsanoatqurilishbank sun’iy intellekt bilan ishlovchi ChatGPT chat botini ishga tushirdi
 
Chat bot bank tizimidagi kunlik vazifalar, xususan, mijozlar bilan muloqotni avtomatlashtirish imkoniyatini yaratdi:

mijozlarning so‘rovlari qisqa muddatda ko‘rib chiqilmoqda;

mijozlardan bank mahsulotlari haqida takliflar olishi ta’minlandi.
Yaqin istiqbolda ChatGPT yordamida biznes jarayonlarni optimallashtirish ko‘zda tutilgan.

Chat bot, shuningdek, bank xodimlariga murakkab masalalarni qisqa fursatda hal qilish imkonini beradi. Mijozlar ehtiyojlarini tahlil qilib, ularga individual xizmat ko‘rsatishni yangi bosqichga olib chiqadi.
🔥53👍2
Forwarded from Xushnudbek.uz
TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

✔️Kredit miqdori: 1-kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorigacha ajratiladi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).

✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga.

✔️Foizi: 🧑🏻‍🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 13,5% — 2024-yil 10-sentyabr holatiga);
👩‍🎓qizlar uchun - foizsiz (0%);

✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).

✔️Kimlarga beriladi:

faqat kunduzgi taʼlim shakliga
bakalavr (shu jumladan ikkinchi mutaxassislik) yoki magistrga
to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan
yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.

✔️Quyidagilarga berilmaydi:

super-kontrakt uchun;
sirtqi;
kechki;
masofaviy;
maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi.

✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy

oliy;
o‘rta maxsus;
professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari
yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi.

Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi.

HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi.

✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas).

✔️Kimlarga kafillik talab etilmaydi: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.

✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin.

✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) ariza;
b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
d) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
e) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa);
f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.

✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi.

✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli.

✔️Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, quyidagi 2 usul orqali onlayn ariza yuborish ham mumkin:

1) https://talim-krediti.mf.uz sayti;
2) Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/oz/service/677).

Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
👍1
🏆 O’zsanoatqurilishbank “Oltin chinor” milliy mukofoti bilan taqdirlandi

Mukofot Uzbekistan’s club, Progressiv islohotlar markazi hamda CARE CSR konsalting kompaniyasining ekspertlar guruhi tomonidan tashkil etildi va unda 300 dan ziyod ishtirokchi qatnashdi. Quvonarlisi, O’zsanoatqurilishbank “Tadbirkorlar maktabi” loyihasi bilan “Oltin chinor” mukofotiga loyiq deb topildi.

Ma’lumot uchun, “Oltin chinor” Uzbekistan’s club tomonidan yangi ta’sis etilgan, korporativ-ijtimoiy mas’uliyat bo’yicha milliy mukofot hisoblanadi. Bankning “Tadbirkorlar maktabi” loyihasi esa, qurilish materiallari ishlab chiqarishda tashabbuskor tadbirkorlarning sohadagi malaka darajasini muntazam oshirib borish, ilg‘or arxitektura va dizaynerlik tamoyillariga asoslangan “kelajak materiallari” nomenklaturasini kengaytirish hamda ishlab chiqarishda xalqaro standartlarni keng joriy etish maqsadida tinlovchilar uchun respublika bo’ylab, bepul tashkil tashkil qilingan o’quv markazi hisoblanadi.
5👍2👏2🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda bank Kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari, shuningdek, tegishli tarkibiy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etdi.

– Bankni xususiylashtirish tobora rivojlanayotgan Oʻzbekiston uchun muhim qadamlardan biri, – deydi Bank Kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi, gollandiyalik Ferdinant Tuinstra. – Bu bilan bank faoliyati mutlaqo yangi bosqichga koʻtariladi, oʻsishda, yetakchi boʻlishda davom etadi.


Transformatsiya natijalari, xususiylashtirish bosqichlari hamda bank faoliyatini yanada rivojlantirishga oid masalalar muhokamasi yigʻilish kun tartibining asosini tashkil qildi.

Maʼlumot uchun, 2020-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi asosida Oʻzsanoatqurilishbankda xalqaro andozalarga mos korporativ boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Bank Kengashi tarkibida mustaqil aʼzolar soni 6 nafarga yetkazilib, Kengash raisi mustaqil aʼzolar tarkibidan saylandi.
👍12🔥2
2025/07/13 18:22:27
Back to Top
HTML Embed Code: