Telegram Web
O‘zsanoatqurilishbank “ESG Business” jurnalining nufuzli mukofotlariga sazovor bo‘ldi

Singapurda “ESG Business” jurnali tomonidan ESG sohasida barqaror va innovatsion amaliyotlar hamda tashabbuslarni namoyish etgan tashkilotlar taqdirlandi. O‘zsanoatqurilishbank biryo‘la ikkita mukofotga sazovor bo‘ldi.

Jumladan, O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etganlik uchun mukofot neft va gaz sohasiga oid loyiha uchun berilgan bo‘lsa, mamlakat sanoatida energiya samaradorligini ta’minlaganlik uchun mukofotga qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmog‘idagi loyiha munosib ko‘rildi.

Taqdirlash marosimida bankning ESG tamoyillari asosidagi faoliyati tabiiy resurslarni tejash va ekologik barqarorlikni ta’minlash bilan bir qatorda ilg‘or texnologiyalarni faol o‘zlashtirish, mahsulot tannarxini pasaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratib, ishchi-xodimlar uchun raqobatbardosh ish haqi taklif etish kabi muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga yechimiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
4🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ta'limga tikilgan sarmoya — eng yaxshi investitsiya!

O'zsanoatqurilishbank moliyaviy ko'magida faoliyatini boshlagan "Diplomat International school"ning ikkinchi filialiga birgalikda sayohat qilamiz.

ℹ️ Joriy yilda maktab bitiruvchilarining 90 foizi mahalliy va xorijiy oliy oʻquv yurtlari talabaligiga qabul qilingan.

Bu ko'rsatkichga qanday erishildi?

Sabablar yetarlicha, batafsil navbatdagi reportajimizda.
2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxdan – AQShgacha, o’zbek “qizil oltini”ga dunyo o’z eshiklarini ochmoqda!

ℹ️ Ma’lumki, zaʼfaron – dunyodagi eng qimmat va noyob ziravorlardan biri boʻlib, qoʻllanilish sohalarining koʻpligi, yetishtirish va ishlab chiqarish jarayonlarining murakkabligi, salomatlik uchun foydali xususiyatlari hamda
qiymati yuqoriligi nuqtai nazardan “qizil oltin” deya eʼtirof etiladi.


SQB moliyaviy ko’magida Jizzax viloyatining Baxmal tumanida faoliyati yo’lga qo’yilgan yangi korxona ham za’faronni quritish va qayta ishlash, tayyor mahsulotni shu yerning o’zidan eksportga yo’naltirish imkoniyatiga ega.

Loyihaning umumiy qiymati 120 mln. yevroni tashkil etadi. Korxonada doimiy 140 nafar, mavsumiy esa 50 mingga yaqin aholining bandligi ta’minlanadi.

Bir biznes tarixi, uning bugungi rivoji, mahsulot yetishtirish, ekin maydonlarida qo’llanilayotgan nou-xaular, shuningdek, eksport geografiyasidagi o’ziga xos yangiliklar bilan navbatdagi reportajimizda tanishasiz.
2👍2🔥1👏1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zekspomarkaz”da boshlangan “Banks & Business Expo2024” xalqaro ko‘rgazmasida O'zsanoatqurilishbank ham faol ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazmada mahalliy moliya muassasalari qatorida xalqaro moliya tashkilotlari, shuningdek, Yevropa va Osiyo mintaqasidagi kompaniyalar jumladan, banklarning innovatsion mahsulotlari, xizmatlari namoyish etiladi.

Tadbirda banklar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati, sohaga investorlarni jalb etish chora-tadbirlari, eng yangi texnologiya va ishlanmalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Ma'lumot uchun, ko'rgazma joriy yilning 17-oktyabriga qadar majmuaning 4-pavilyonida, soat 10:00 dan 18:00 gacha bo'lib o'tadi.

Barchani SQB pavilyonida kutib qolamiz!
👍5🕊2🏆2🔥1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangilangan mobil ilova, jismoniy shaxslar uchun islomiy moliyalashtirish

“Banks&Business Expo2024”da O’zsanoatqurilishbank ko'plab yangiliklar bilan o'rtoqlashdi.

Tafsilotlar SQB Media maxsus reportajida.
🔥5👏4👍2🕊2🤩1
Bugun, 21-oktyabr kuni biz Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligini nishonlamoqdamiz. Bu tarixiy sana — milliy tilimizga boʻlgan hurmat va iftixorning ramzi!

35 yil oldin, 1989-yilning 21-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan Oʻzbek tili davlat tili maqomiga ega boʻldi. Bu kun xalqimiz uchun katta bayram, tilimizga boʻlgan gʻurur va iftixorning ifodasidir.

Oʻzbek tili — boy va goʻzal til, milliy madaniyatimizning asosi, xalqimizning tarixi, urf-odatlari va qadriyatlarini oʻzida mujassamlashtirgan bebaho xazina. Davlat tili maqomiga ega boʻlishi bilan Oʻzbek tili rivoji uchun yangi davr boshlandi.

Bugungi kunda Oʻzbek tili barcha sohalarda, taʼlim, madaniyat, ilm-fan, davlat boshqaruvi va ommaviy axborot vositalarida faol qoʻllaniladi. Uning rivojiga boʻlgan eʼtibor kundan-kun ortib bormoqda.

Oʻzbek tilining rivoji uchun harakat qiluvchi barcha kishilarni, tilimizning boyligini asrab-avaylashga hissa qoʻshayotgan barcha vatandoshlarimizni bu muborak kun bilan chin dildan tabriklaymiz!

Bizning tilimiz — bizning maʼnaviyatimiz, bizning gʻururimiz! Uni asraylik, rivojlantiraylik va kelajak avlodlarga meros qoldiraylik!
3👏1🎉1
Forwarded from SQB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tabiatni muhofaza qilishga tugmachani bosish orqali o’z hissangizni qo’shing:

🌳 Ko’chatlarni ekish va parvarish qilish
♻️ Atrof-muhitni tozalash loyihalarini amalga oshirish
💧 Toza ichimlik suvini tejash
🐾 Flora va faunani saqlashga

Sizning har bir to’lovingiz ozoda va yashil sayyoraga qadamdir! Keling, birgalikda dunyoni yaxshi tomonga o’zgartiraylik!

#Ekologiya #TabiatniAsrash

———

Сделай свой вклад в сохранение природы! Нажми на кнопку и помоги нам:

🌳 Сажать и ухаживать за деревьями
♻️ Реализовывать проекты по очистке окружающей среды
💧 Экономить чистую питьевую воду
🐾 Сохранять флору и фауну

Каждый ваш платеж — это шаг к чистой и зеленой планете! Давайте вместе изменим мир к лучшему!

#Экология #СохранимПрироду
👍4👏3🤝2
Oʻzsanoatqurilishbank Boshqaruvi rahbariyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Muloqotda bankning tadbirkorlarga koʻrsatayotgan xizmatlari, moliyaviy imkoniyatlar, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan qulayliklari muhokama qilindi.

Muloqotda Bank boshqaruvi raisi oʻrinbosarlari Shaxzod Yusupov hamda Davron Umarovlar tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi, bankning kreditlash dasturlari, ishbilarmonlikni rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha taqdim etilayotgan boshqa xizmatlari haqida batafsil maʼlumot taqdim etdilar.

Oʻzsanoatqurilishbank tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning faoliyatini moliyalashtirish, biznes rivoji uchun zarur boʻlgan barcha imkoniyatlarni yaratish yoʻlida oʻz faoliyatini davom ettiradi.
👍4
#kunraqami

Oʻzsanoatqurilishbank 2024-yilning 9 oyida sof foydasi eng koʻp oʻsgan davlat banki boʻldi

Bankers.uz nashri 2024-yilning 9 oylik yakuni boʻyicha Oʻzbekiston banklarining sof foydasi boʻyicha operativ maʼlumotlar asosida tahliliy material tayyorladi. Unga ko'ra, Oʻzsanoatqurilishbankning sof foydasi 2023-yilning shu davriga nisbatan 35,8 foizga oshib, 801,6 mlrd soʻmni tashkil etdi.
👍2🔥2👏1🤔1
Forwarded from Bank va Mijoz
Humo карталарига Pin-код ўрнатиш ёки уни ўзгартириш учун банкка бориш шарт эмас

Ўз мижозларга қулайлик яратиш мақсадида айрим тижорат банклари ўз мобил иловалари орқали ўзларига тегишли Humo карталарига Pin-код ўрнатиш ёки уни ўзгартириш имкониятини жорий қилган.

Бугунги кунга келиб, 14 та банкнинг мобил иловаси орқали банк мижозлари ушбу функцияни онлайн равишда бажаришлари мумкин.

Қуйидаги ушбу мобил иловалар рўйхати билан танишишингиз мумкин.

@bankmijoz
👍2😍1
Janubiy Koreyaning Seul shahrida Global yashil o‘sish instituti tomonidan “Noaniqlik davrida yashil o‘sish” haftaligi o‘tkazildi.

Haftalik doirasida “yashil” o‘sish indeksining to‘rtta asosiy yo‘nalishiga bag‘ishlab tashkil etilgan xalqaro anjumanda “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda “yashil” moliyalashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimot qilindi.
👍64🤝1
24-oktyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan Uzcard Awards 2024 mukofoti taqdirlash marosimida Oʻzsanoatqurilishbank “Korporativ biznes rivojida yetakchi” nominatsiyasida gʻolib deb topildi.

Tadbirda Oʻzbekiston bank-moliya tarmogʻining yetakchi vakillari ishtirok etdi.

Uzcard Awards 2024 — moliyaviy sektordagi muhim yutuqlarni taqdirlaydigan nufuzli tadbir boʻlib, muvaffaqiyatli tashabbuslarni taʼkidlabgina qolmay, balki ishtirokchilarni zamonaviy yondashuvlar va yechimlarni joriy etishni ragʻbatlantirishga qaratilgan.
🎉32👍2🏆2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Salomatlik va sof tabiat uchun!

📄📑

Hech bo’lmasa bir kun! 🌳
2👏2👍1🔥1🤔1💯1🤝1
Sanoatqurilishbankning qadrli mijozlari, hamkorlari!

Aziz hamkasblar!

Bugun bankimizning asos solinganiga 102 yil to‘lmoqda. Bu sanani nishonlar ekanmiz, uzoq yillik tariximizga nazar solib, erishilgan yutuqlarimiz bilan faxrlanamiz. Bankimiz o‘z mijozlariga sodiq bo‘lib, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda doimiy ravishda innovatsiyalarni joriy etib, milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Bank faoliyatining har bir bosqichida fidokorona mehnat qilayotgan rahbariyat va xodimlarga minnatdorlik bildiramiz. Ularning har birining mehnati bizni yanada ulkan marralar sari yetaklaydi.

Bankimiz 102 yildan buyon mijozlarning ishonchini qozonib, moliyaviy barqarorlik va yuksak xizmat sifatini ta’minlash yo‘lida bir qadam ham orqaga chekinmagan. Kelajakda ham mijozlarimizni qo‘llab-quvvatlash va ularga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni davom ettiramiz.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilaymiz. Sanoatqurilishbank kelajakda ham rivojlanib, mamlakatimiz moliyaviy sektorida ishonchli tayanch bo‘lib qoladi.

102 yoshing muborak bo‘lsin, qadrli SQB!
8👏7🎉3🤩2🕊1
2025/07/13 11:04:52
Back to Top
HTML Embed Code: