BEKHZODDJALILOV Telegram 354
Asli O’zbekistonlik vatandoshimiz Orzigul Boboxo’jayevaning Tokio tumanlaridan biriga deputat sifatida saylanishi menda ikki xil hisni uyg’otdi. Avvalo, Orzigulning istiqboli uchun xursand bo’lsam-da, uning salohiyatidan endi O’zbekiston emas, boshqa mamlakat foydalanishi biroz o’yga toldirdi.

Ikki yil avval Brain Drain jarayoni va oqibatlari haqida fikrlarimni bildirgan ekanman. Ayni paytda ham bu mavzu og’riqli va dolzarb. Bugun mamlakatni tark etgan ushbu miyalar o’z yutuqlari bilan faxr tuyg’usini uyg’otsa-da, shu yurt fuqarosi sifatida barchamiznig birdek biroz qayg’uga ham solishi aniq. Bir necha kundan buyon muhokama qilinayotgan “O‘zbekistonlik. GENERATING IDEAS” xalqaro forumi haqida ham shuni aytish mumkin. Turli mamlakatlarda O’zbekistonda erishish qiyin bo’lgan muvaffaqiyatlarga erishayotgan vatandoshlarimiz taqdiri ko’pchilikda iftixor uyg’otgan bo’lsa, yana boshqalarga ularning yo’lidan borishga, yurtni tark etishga ilhomlantirayotgani ham rost.

Eng qimmat va yig’ish qiyin bo’lgan kapital - intellektual kapital bo’lib kelgan va uning kamayish tendensiyasiga qarshi kurashilmasa, mamlakat uchun tuzatib bo’lmas salbiy oqibatlarga olib keladi. Umid qilamanki, ayni damda kutilayotgan o’zgarishlardan so’ng hukumat boshqaruvni takomillashtirish, ilm-fanning infratuzilmaviy ishonchsizligini bartaraf etish, xususiy kompaniyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha davlat dasturlari faoliyati va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini takomillashtirishga qaratilgan siyosatni amalga oshirish orqali bu kabi og’irqli muammolarga yechim topadi.

tgoop.com/bekhzoddjalilov/354
Create:
Last Update:

BY Bekhzod Djalilov

Share with your friend now:
tgoop.com/bekhzoddjalilov/354

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Commenting about the court's concerns about the spread of false information related to the elections, Minister Fachin noted Brazil is "facing circumstances that could put Brazil's democracy at risk." During the meeting, the information technology secretary at the TSE, Julio Valente, put forward a list of requests the court believes will disinformation. SUCK Channel Telegram Ng, who had pleaded not guilty to all charges, had been detained for more than 20 months. His channel was said to have contained around 120 messages and photos that incited others to vandalise pro-government shops and commit criminal damage targeting police stations. Some Telegram Channels content management tips Developing social channels based on exchanging a single message isn’t exactly new, of course. Back in 2014, the “Yo” app was launched with the sole purpose of enabling users to send each other the greeting “Yo.”
from us

Telegram Bekhzod Djalilov
FROM American