Telegram Web
Qilayotgan ishingizga har doim ishoning!
Forwarded from bakiroo
Ҳар бир Ўзбекистонлик йўқ дейиши керак: Оқибатлар билан курашиш яширин иқтисодиётни қисқартирмайди

Солиқ қўмитасининг P2P-ўтказмаларини назоратга олиш ва маълумотларни жамлаш ҳаракатлари амалдаги қонунчилик нормаларини очиқчасига поймол қилиши, шунингдек қандай оқибатлар яратиши ҳақида батафсил мақола билан танишинг. Эринманг. Ўқинг. Уқинг.

“Банк сири тўғрисида”ги қонунга асосан, банклар мижозларининг операцияларига доир маълумотлар банк сири деб ҳисобланади. Қонуннинг 11-моддасига биноан, банк сирлари солиқ органларига банк мижозига солиқ солиш масалаларига тааллуқли ҳолларда тақдим этилиши белгиланган. Яъни, солиқ солиш масаласига тааллуқли бўлмаган ҳолатларда солиқ органларига мижознинг операциялари тўғрисидаги маълумотларни тақдим этишга қонун йўл қўймайди.

“Тўловлар ва тўлов тизимлари тўғрисида”ги “Тўловлар ва тўлов тизимлари тўғрисида”ги қонуннинг 17-моддасига асосан, тўлов ташкилотлари мижозларга хизмат кўрсатиш вақтида олинган маълумотларнинг сир сақланишини таъминлаши, учинчи шахсларга ошкор этилишига йўл қўймаслиги керак. Фақат “Банк сири тўғрисида”ги қонунда белгиланган ҳолатлар бундан мустасно.

1 майдан эътиборан банкларнинг мобил иловалари ва тўлов тизимлари орқали амалга оширилган барча P2P ўтказмалар ҳақидаги маълумотлар солиқ органларида жамланишини қонунларга зид, деб ҳисоблаш мумкин.
Bakirooning farazlarida jon bor. Budjetga eng ko'p soliq to'lovchilar yirik tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilar hisoblanadi. Bizdagi soliq yuki sabab tadbirkorlarning o'z bizneslarini rivojlantirish va kengaytirish uchun rag'bat yo’q. Natijada biznes egalari soliq to‘lamaslik yo‘llarini izlashi tabiiy. Umuman, fuqarolarga qo'shimcha daromad izlash va moliyaviy zaxiralarni yaratish uchun rag'bat yetishmasligi iqtisodiyotimizdagi bosh muammolardan bo’lib turibdi.

Hozirgi holat menga Laffer chizig’ini eslatib yubordi. Olim taklifga asoslangan iqtisodiyotni qurish tarafdori bo’lib, progressiv soliqqa tortish tizimini bekor qilish kerak deb hisoblagan. Laffer soliq stavkalarini pasaytirish ishlab chiqarish va iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishni katta rag'batlantirishiga ishonch bildirgan. Grafikka ko’ra, soliq stavkalarining pasayishi bilan bog‘liq byudjet daromadlarining kamayishi vaqtinchalik. Xulosa shuki, davlat tadbirkor bilan mushuk-sichqon o’ynashda davom etib, qancha ko’p soliqlar o’ylab topsa, o’sha soliqlarni tushirish uchun o’zi undan ko’p harajat qilishga majbur bo’laveradi. Uzoq muddatli istiqbolda soliq yukini kamaytirishgina milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning eng muhim omillaridan biriga aylanadi.

Yuqorida “do’stlar” qatorida tilga olingan yirik kompaniyalar va investorlar, ulkan biznes egalari va boshqalar soliq yukini kamaytirishda o’zlari eng faol tashabbus ko’rsatishlari kerak. Imtiyozlar tizimini barchaga teng joriy qilib, tariflarni pasaytirishdan maksimal samaraga erishish mumkin.
Qolaversa, mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga tayyor investorlarni ham rag‘batlantirishni unutib qo’ymaslik zarur. Bu chora-tadbirlar amalga oshirilsa, iqtisodiyotimizning izchil rivojlanishi, mamlakat yalpi ichki mahsulotining oshishiga erishishimiz mumkin.
BOSHOALARDAN ILDAMLAB KETISHGA YORDAM BERUVCHI 18 TA CHIT-KOD
USHBU 8 ODATGA EGA INSONLAR BIR KUNI ALBATTA BADAVLAT BO'LISHADI
2024/06/25 22:53:12
Back to Top
HTML Embed Code: