This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQShning 47-prezidenti Donald Tramp qasamyod qabul qildi. Shu soniyadan boshlab Jo Bayden sobiq prezidentga aylandi.
@bmamadiev
@bmamadiev
Donald Tramp qasamyoddan so'ng qilgan nutqida prezidentligi davrida amalga oshiradigan ishlarini eslatib o'tdi.
Uning nutqida tilga olingan asosiy masalalar:
- Bugundan Amerikaning oltin davri boshlanadi;
- Bugundan boshlab AQShda faqat 2 ta jins bo’ladi: erkak va ayol;
- Millionlab noqonuniy immigrantlar deportatsiya qilinadi;
- Meksika chegarasidan kirib qo'lga tushganlar qo'yib yuborilmaydi; o'sha zahoti ortiga qaytariladi.
- Xorijdan kiradigan tovarlarga bojlar oshiriladi;
- AQShda gaz va neft qazishga qo'yilgan barcha cheklovlar bekor qilinadi;
- Panama kanali Panama Respublikasidan tortib olinadi (Panamaning o'zi ham AQShga qo'shib olinishi mumkin);
- Marsga Amerika bayrog’i o'rnatiladi;
Trampnig orqasida o'tirgan Jo Bayden ba'zi o'rinlarda ensasi qotib iljaygani kamerada yaqqol sezildi. Ilon Mask esa Mars tilga olingan paytda qo'lini tepaga siltab, xursandligini oshkora namoyish qildi.

Sobiq prezident Jo Bayden marosimdan so’ng hukumat vertolyotida Vashingtonni tark etdi. U bugun Delaver shtatidagi uyiga uchib ketadi. Prezident Donald Tramp vertolyot eshigigacha kelib, uni kuzatib qo’ydi.
@bmamadiev
@bmamadiev
Xitoyliklar "DeepSeek" deb nomlangan sun'iy inellekt modelini ommaga oshkor qildi. Bu yangilik Amerikaning shu sohada non topib yurgan kompaniyalari va jamoatchiligi orasida katta shov-shuv va vahimalarga sabab bo'ldi.
Boisi - "OpenAI" kabi kompaniyalar milliardlab dollar va yillar sarflab yaratgan LLMni (Large Language Model) Xitoy kompaniyasi sanoqli oylar ichida va bor-yo'g'i 6 million dollar bilan qura olgan.
Modelning qudrati benchmarklarda "OpenAI"ning eng so'nggi "o1" modeli bilan deyarli teng, hatto ba'zi yo'nalishlarda ustun.
Bu ham yetmaganidek, model "Open source" sifatida taqdim etildi, ya'ni omma va boshqa kompaniyalar undan bepul foydalanishi mumkin.
Yangilik AQSh fond bozorini ostin-ustun qilmoqda. Ayni daqiqalarda "NVIDIA" kompaniyasi aksiyasi 17 foizga tushib ketdi. Sun'iy intellekt bilan ishlayotgan boshqa kompaniyalarda ham shu ahvol.
Ko'pchilikning boshini qotirayotgan eng katta savol shu: Xitoyliklar bunaqa modelni 5-6 million bilan yarata olsa, biz milliardlab dollar sarflashimiz qanchalik o'zini oqlaydi?
Xitoy sun'iy intellekt sohasida AQShga yetib olmasin deb, Vashington "NVIDIA"ning eng kuchli chiplarini Xitoyga eksport qilishni taqiqlagan edi. Ammo bu ish bermagani yaqqol ko'zga tashlanmoqda.
Xitoyliklar nafaqat bu taqiqlardan omon chiqa oldi, balki sun'iy intellekt sohasidagi kashfiyotlarda Amerikadan endi hatto o'zib ketishi ham mumkin.

"Amazon" kompaniyasidagi dasturchilar orasida eng ko'p xorijliklar, menimcha, Xitoydan. Keyin hindistonliklar turadi. Shu kompaniyada oz-moz ishlab bildimki, xitoyliklar orasida, haqiqatan, aqlli mutaxassislar ko'p.
Amerikadagi eng ko'p xalqaro talabalar ham Xitoydan. Bu raqamlar, shubhasiz, Xitoydagi o'zgarishlarga o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Amerikada o'qib, ishlab, uzoq yillar malaka oshirib, keyin Xitoyga qaytgan yoki Xitoyda o'z kompaniyasini ochganlar ko'p. Aytgancha, Xitoy kompaniyalarida hozir amerikaliklar ham ishlayapti.
Bir paytlar innovatsiya qilishga noqobil, faqat boshqalarning mahsulotini ko'chirib ishlab chiqaradigan davlat sifatida tanilgan Xitoy bugun ixtirolar bo'yicha dunyoning peshqadamlaridan biriga aylangan. Avtoritar rejimning bunaqa muvaffaqiyatlarga qanday erishayotgani alohida jumboq.
Xullas, "DeepSeek" bilan bog'liq shov-shuvli xabar meni uncha ajablantirmadi.

Kecha "DeepSeek" bilan bog'liq vahima ortidan AQSh moliya bozori bir trillion dollar atrofida pul yo'qotdi.
Menimcha, "DeepSeek" voqeasi Amerika uchun, baribir, yaxshi xabar. Agar sun'iy intellekt modellarini yaratishning arzon va tez usuli topilgan bo'lsa, AQSh kompaniyalari ham bu algoritmni tez orada topadi va o'zlashtiradi. Natijada millionlab, balki milliardlab pul tejaladi.
Tejalgan pullar va chiplar nima qilinadi? Ushbu modellarning yanada ilg'or versiyalarini yaratish uchun qayta sarflanadi. Xullas, xarajatning kamayishi sun'iy intellektning ommalashishini va super sun'iy intellekt (AGI) yaratilishini tezlashtiradi.
Bozordagi vahima va aksiyalar narxining qulashi vaqtinchalik tebranish. Hammasi tez orada o'z o'rnini topadi.

Mish-mishlarga ko'ra, AQShning 50 milliard dollarlik yillik byudjetga ega Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) faoliyati tugatilgan. Bu haqda rasmiy xabar hali chiqmadi, hozircha faqat "X"da Ilon Mask shu haqda gapirmoqda.
1961-yildan beri AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi har yili dunyoning ko'plab davlatlariga milliardlab dollar gumanitar yordam ko'rsatib kelgan.
USAID Tramp ma'muriyatida Hukumat samaradorligi departamenti boshlig'i sifatida ish boshlagan Ilon Maskning birinchi yirik qurboni. Mask ko'plab agentliklar va davlat dasturlarini tugatish yoki keskin qisqartirish tarafdori.
USAID sayti allaqachon ishlamayapti. Vashingondagi idora binosiga xodimlar kiritilmayotgani haqida ham xabarlar chiqdi.

AQShda 9 kun ichida uchta aviahalokat yuz berdi.
29-yanvar kuni poytaxt Vashington aeroportiga qo'nayotgan yo'lovchi samolyot harbiy vertolyot bilan to'qnashib ketdi va samolyot hamda vertolyotdagi jami 67 odamning barchasi halok bo'ldi.
Oradan bir necha kun o'tib, Filadelfiya shahrida bemor bola va onasini maxsus reys bilan olib ketayotgan kichik samolyot odamlar uyiga qulab tushdi. Samolyot bortidagi jami 6 kishi va yerdagi yana bir odam nobud bo'ldi.
6-fevral kuni Alyaska shtatida 10 kishini olib ketayotgan samolyot ham qulab tushgan va undagi barcha odamlar halok bo'lgan.

AQSh hukumati xarajatlarini qisqartirish ustida ishlayotgan Ilon Maskning navbatdagi qurboni "Amerika Ovozi" va "Ozodlik/Ozod Yevropa" radiosi bo'lishi mumkin. Mask AQSh moliyalaydigan bu ommaviy axborot vositalarini yopish kerak, deb post qo'ydi.
Bunga asos sifatida uchta sababni keltirgan:
1. Yevropa allaqachon ozod.
2. Ularni baribir hech kim eshitmaydi.
2. Radikal so'l qanot targ'ibotchilari AQSh soliqchilarining bir milliard pulini behuda sarflamoqda.
"Amerika Ovozi" dunyo bo'ylab 48 tilda, "Ozodlik" esa 23 tilda efirga uzatiladi. Ular yillik byudjeti bir milliard dollar atrofida bo'lgan AQSh Global media agentligi tomonidan boshqariladi.
"Amerika Ovozi" ilk bor fashistlar propagandasiga qarshi kurashish maqsadida 1942-yilda Yevropada efirga chiqqan. "Ozodlik" esa sovetlar mafkurasiga qarshi muqobil axborot manbasi bo'lish uchun 1951-yilda tashkil qilingan.

Ilon Mask mashhur “ChatGPT”ni ishlab chiqqan “OpenAI” kompaniyasini sotib olishni rejalamoqda. Kompaniyaga 97 milliard dollar taklif qilingan.
Mask “OpenAI” asoschilaridan biri hisoblanadi. Ammo kompaniya rahbari va asoschilaridan biri Sam Altman bilan kelishmovchiliklar tufayli uni tark etgan.
Ilon Mask Altmanni hatto sudga ham bergan. Notijorat tashkilot sifatida ochilgan kompaniyani foyda keltiradigan biznesga aylantirishga uringani uchun. Bu sud ishi hanuz davom etmoqda.
“OpenAI” sotib olish bo’yicha Mask taklifini rad etgan.

Ingliz tilida "bully" degan so'z bor. O'zbekchada "zo'ravon" deyish mumkin. Odatda, maktabda boshqa tengdoshlarini kamsitadigan, ustidan kuladigan yoki ularga tahdid qiladigan bolalarga shu atama ishlatiladi.
AQSh Prezidenti Donald Tramp ham shunaqa odam. Raqiblarini, fikriga qo'shilmaydiganlarni "bully" qilish orqali, ya'ni tahdid, haqorat va kamsitish bilan yengib kelgan.
Boshida, ya'ni Tramp siyosiy sahnaga endi qadam qo'yganda, uning bu qilig'i katta qarshilik va shov-shuvlarga sabab bo'lgan edi. Hozir esa hamma ko'nikib qoldi. Aniqrog'i, hamma uning "zo'ravon"ligi oldida taslim bo'ldi.
Matbuot prezidentning nodiplomatik va ochiqdan-ochiq haqorat va kamsitishlarga to'la gaplarini ortiq hayrat bilan yoritmayapti. Jurnalistlarni jonli matbuot anjumanlarida kalaka qilishi yangiliklar sarlavhalarida ko'rinmay qo'ydi. Tramp lug'atidagi qo'pol va o'ta nodiplomatik so'zlar endi uning matbuot kotibi tili orqali Oq uyning kunlik brifinglarida yangramoqda. Bunaqasi AQSh tarixida bo'lmagan.
Tramp mansub Respublikachilar partiyasi esa bor-budini batamom Tramp ixtiyoriga topshirdi. Mulozimlar har ikki gapining birida prezidentni alqashdan, unga "muhtaram" deya murojaat qilishdan charchamayapti.
Kongress to'liq respublikachilar nazoratida ekani hisobga olinsa, hozir AQShda Tramping qariyb mutlaq yakka hukmronligi o'rnatilgan.
Trampga qarshi tura oladigan yagona institut - bu sud hokimiyati. Lekin Tramp hatto sudyalarni ham impichment orqali ishdan bo'shatish kerakligi haqida gapirmoqda. Yoki ularni o'ziga sadoqatli odamlar bilan almashtirmoqchi.
II Jahon urushidan beri hukm surayotgan xalqaro tartib ham Tramp sharofati bilan ostin-ustun bo'lish arafasida...
Tramp Kiyev va Yevropa Ittifoqini chetlab o'tib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Ukraina urushini to'xtatish masalasida to'g'ridan to'g'ri muloqot boshlashi ortidan Yevropa o'zini qo'yarga joy topa olmay qoldi. NATO AQShsiz Rossiyaga qarshi tura olmaydi. Tramp esa Yevropaga, endi o'z aravangni o'zing tort, demoqda.
Bundan eng ko'p jabrni, albatta, Ukraina ko'radi. Tramp Ukraina rahbari Zelenksiyni mamlakatni saylovsiz boshqarayotgan "diktator" deb etadi (urush tufayli Ukrainada saylov ortga surilgan).
Zelenskiy bunday haqoratga uchrashining sababi bitta: u Tramp bilan muloqotda "o'yin qoidasi"ni buzdi; ya'ni Trampni Rossiya dezinformatsiyasi bilan sug'orilgan ma'lumotlarni tarqatishdan ehtiyot bo'lishga chaqirdi va baloga qoldi.
Tramp bunday "xiyonat"ni kechirmaydi; uning fikriga qo'shilmaydiganlar, uning xatosini to'g'rilashga jur'at qiladiganlar shu paytgacha hali maqsadiga erisha olmagan.
Xullas, Tramp Ukrainaga ultimatum qo'yyapti: yo mening shartlarim bo'yicha tinchlikka erishasan yoki Rossiya seni butunlay yanchib tashlaydi (ya'ni harbiy yordam to'xtatiladi). Zelenskiy endi AQShdan ko'ra ko'proq Yevropa Ittifoqi yordamiga ko'z tikmoqda. Yevropa esa AQShsiz nima qila olishi hali aniq emas.
Bu mashmashalardan eng ko'p Rossiya yutadi. Tramp iddaolari Kreml propagandasi uchun tayyor yemish. Axir, kimsan AQSh prezidenti Ukraina urushiga Zelenskiyning o'zi aybdor dedi; shaxsan AQSh rahbari Zelenskiyni diktator deb atadi.
Bu ma'lumotlar yozilgan plastinka Kreml soyasidagi minbarlarda hali uzoq yillar aylantiriladi.

Bugun Oq uyda juda achinarli va kutilmagan tomosha bo'ldi. Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat nodir metallarini AQSh bilan birgalikda qazib olish bo'yicha bitim imzolashi kutilgan edi.
Bu xabar qayta-qayta eslatilganiga qaraganda, tomonlar allaqachon bu masalada kelishuvga erishib bo'lgan va uni namoyishkorona imzolash marosimi o'tkazilishi kerak edi, xolos. Bu bitim Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini boshlashning birinchi qadami bo'lishi ham kutilgan edi.
Ammo bitim imzolanmadi. Tramp bilan hech qanday muzokaralar ham o'tkazilmadi. Chunki Tramp va Zelenskiy asosiy uchrashuvdan oldin jurnalistlar bilan an'anaga muvofiq o'tkaziladigan qisqa muloqot paytida janjallashib qoldi.
Bir soatga cho'zilgan bu uchrashuvning birinchi yarmi silliq kechdi. Tomonlar qizishmagan holda jurnalistlar savollariga javob berdi. Yarim soatlar o'tgach, oraga Vitse-prezident J.D. Vens qo'shilib, Zelenskiyni AQShga hurmatsizlik ko'rsatishda, shukr qilmayotganlikda aybladi. Bundan Zelenskiyning jahli chiqib, qizishib ketdi. Shundan keyin Trampniki ham tutib qoldi va keskin gaplar bilan Zelenskiyni tergab, "bizsiz hech narsa qila olmaysiz", dedi.
Bunaqa mashmasha AQSh tarixida kuzatilmagan. Oq uyda xorijiy davlat rahbari bilan bunaqa tortishuv bo'lishi kinolarda ham yuz bermagan, menimcha.
Men Zelenskiyga achindim. U Rossiyaning bosqinchi ekanini qayta-qayta uqtirishga urindi, ammo bu mezbonlarga yoqmadi.
Zelenskiyning qiyofasida horg'inlikni sezish qiyin emas edi. Axir, faol urush domida bo'lgan davlatni uch yildan beri boshqarishning o'zi bo'lmaydi. Keyin, u o'zini juda jaydari tutdi; go'yoki prezident Trampni yaxshi tanimaydigan, u bilan birinchi marta gaplashayotgan odamdek.
Oq uyga kelgan boshqa davlat rahbarlaridek, u Trampga ko'p xushomad qilmadi; har so'zida bosh irg'ab uni ma'qullab turmadi.
Qolaversa, tarjimonsiz o'zi gaplashishi ham, menimcha, uning zarariga ishladi. Zelenskiy ingliz tilida erkin gapira olmaydi; shuning uchun ba'zi fikrlari qo'pol chiqdi va mezbonlarning ensasini qotirdi. Balki ukrain tilida, tarjimon orqali gaplashganda, ehtimol, bugungi mojaro yuz bermagan bo'lardi.
Uchrashuvdan so'ng Zelenskiydan va Ukraina delegatsiyasidan Oy uyni tark etish so'ralgan; hatto tushlikka ham taklif qilishmagan.
Kremlda bugun bayram emish.

"Tesla Model Y" elektromobilini birinchi marta haydab olgan taassurotlarim:
1. Rulni harakatlantirish qattiqroq tuyuldi. Oldingi "Mazda" mashinamning ruli ancha yumshoq edi.
2. Tormoz pedalini deyarli umuman ishlatishga hojat bo'lmas ekan. Gazdan oyog'ingizni olsangiz, avtomobil o'zi sekinlashadi va to'liq to'xtaydi.
3. Mashinani o't oldirish yoki o'chirish degan narsalar yo'q. Avtomobilga o'tirsangiz bo'ldi, u doim haydash uchun tayyor. Mashinani parkovkaga qo'yib, chiqib ketaverasiz. Ishlatilmagan kompyuter yoki telefon kabi o'zi "uyqu"ga ketadi.
4. Mashinani ochish va yopish uchun kalit yo'q. Hammasi telefondagi "Tesla" ilovasi orqali ishlaydi. Avtomobilga yaqinlashsangiz, o'zi avtomatik ochiladi; yopib chiqib ketsangiz, avtomatik qulflanadi. Bank kartasiga o'xshagan qo'shimcha kartochka ham bor; hamyoningizda yuradi. Mabodo telefoningiz o'chib qolsa, shu orqali ochib, yopish mumkin.
5. Tezlik olishi ancha tez. Tezlik pedalini bosganingizda, bu yaqqol seziladi.
6. Hamma narsa kabina o'rtasidagi katta displey ekrandan boshqariladi. Rulda burilish signali va haydash rejimiga o'tkazadigan tayoqchalar bor, lekin yangi modellardan bular ham olib tashlandi.
7. Navigatsiya uchun "CarPlay" orqali telefonimdagi "Google Maps"ni ishlatishga o'rgangan edim. "Tesla"da bunday imkoniyat yo'q, lekin o'zining navigatsiya tizimi juda yaxshi ishlayapti.
7. Xullas, "Tesla" elektromobilini to'rtta g'ildirak ustidagi kompyuter deb atash mumkin.

AQSh Prezidenti Donald Tramp Federal bitkoin zaxira jamg’armasi yaratilishini e’lon qildi. Bu kriptovalyuta sanoati uchun katta xabar.
Ayni paytda AQSh humumati ixtiyorida 200 ming atrofida bitkoin mavjud va ular shu zaxira ixtiyoriga o’tkaziladi. Bu bitkoinlar turli jinoyatchilar va moliyaviy firibgarlar hisoblaridan musodara qilingan.
Hukumat shu paytgacha musodara qilingan kiripto valyutalarni sotib kelgan. Endi ular sotilmaydi va “qora kunlar” uchun zaxirada saqlanadi.
Yangilik ortidan bitkoin narxi sezilarli darajada o’smadi. Bunga sabab - hukumat ushbu zaxiraga muntazam ravishda bitkoin qo’shib borilishi haqida aniq reja taqdim etmadi.
Endi boshqa davlatlar ham AQSh tajribasiga ergashib, shunday jamg’armalar ochishi mumkin. Bu kripto valyutalar narxi yanada oshishiga turtki bo’ladi.
Ayni paytda bir dona bitkoin tangasi narxi 86 ming AQSh dollari atrofida.

AQSh 1 sentlik tangalarni ishlab chiqarishni to'xtatdi. Chunki mis narxi oshgani tufayli, 1 sentni ishlab chiqarish 3,7 sentga tushayotgan ekan.
O'tgan yili bu tangalarni ishlab chiqarish oqibatida davlat 85,3 million dollar zarar ko'rgan.
Ayni paytda 240 milliard dona 1 sentlik tangalar mumomalada.

"Amerika Ovozi" de fakto faoliyatini to'xtatdi. Bugun ertalab barcha xodimlarga noma'lum muddatgacha ma'muriy ta'tilga chiqarilgani haqida elektron pochta orqali xat kelgan. Bu degani - zudlik bilan ishni to'xtatish buyurilgan.
Bir kun avval bir qator federal agentliklarda qisqartirishlarni kuchaytirish haqida AQSh Prezidenti Donald Trampning yangi farmoni chiqqan edi. Bu farmonda "Amerika Ovozi"ni boshqaruvchi agentlik nomi ham tilga olingan.
Xullas, bugundan boshlab "Amerika Ovozi" efirlari taqa-taq to'xtadi. Xodimlar binoga kiritilmayapti. Oldindan saytlarga rejalab kiritilgan materiallar bundan mustasno.
Bu "Ozodlik"ka qanday ta'sir qiladi? "Ozodlik" grant asosida faoliyat yuritadi, ya'ni to'gridan tog'ri AQSh hukumati tomonidan boshqarilmaydi. Ular bu yil uchun olgan grantlari tugaguncha faoliyatini davom ettirishi mumkin. Lekin, ko'p ehtimol bilan, ularni ham moliyalash to'xtatiladi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp Ta’lim vazirligini yopish haqida qaror chiqardi. Unga ko’ra, ta’lim bilan federal hukumat emas, shtatlar shug’ullanishi kerak.
Dastlab, vazirlik xodimlarining yarmi ishdan bo’shatiladi; dasturlar qisqartiriladi. Maqsad - keyinroq vazirlikni butunlay tugatish, dedi Tramp.

Sun'iy intellekt bo'yicha hafta yangiliklari
## Model yangilanishlari
- Google: Googleʼning Gemini sunʼiy intellekt yordamchisiga Canvas va Audio Overviews funksiyalari qoʻshildi. Endi foydalanuvchilar birgalikda real vaqt rejimida hujjat va kod ustida ishlashi, shuningdek, podkast shaklida ovozli qisqa xulosalar olishi mumkin. Google, shuningdek, yangi dori vositalarini ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan, matn va molekulyar tuzilishlarni tahlil qilib, dorilarning xavfsizligi va samaradorligini baholovchi ochiq AI-modellardan iborat TxGemma platformasini ham taqdim etdi.
- OpenAI: Biznes foydalanuvchilari uchun ChatGPT Connectors beta-testiga chiqarilmoqda. Bu funksiya orqali ChatGPTʼni Google Drive va Slack bilan bogʻlash mumkin; kompaniya fayllari va muloqotlari orqali savollarga javob olish imkoniyati yaratiladi. Natijada ChatGPT korporativ bilim yordamchisiga aylanadi va mavjud AI qidiruv vositalariga raqobatchi boʻlishi mumkin.
- Anthropic (Claude AI): Claudeʼning pullik foydalanuvchilari uchun real vaqt rejimida internet orqali qidiruv funksiyasi ishga tushirildi. Endilikda Claude yangilangan maʼlumotlarni manbalar bilan birga taqdim etishi mumkin. Bundan tashqari, kompaniya Claude uchun ovozli interfeys prototipini yaratmoqda va Amazon hamda ElevenLabs bilan hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinmoqda.
- Stability AI: Kompaniya Stable Virtual Camera nomli yangi AI-modelini eʼlon qildi. Ushbu model 32 tagacha fotosuratdan 3D effektli realistik video yaratish imkoniyatini beradi. Model 1000 kadrgacha videolarni yaratadi.
- Mistral AI: Fransuz startapi Mistral Small 3.1 modelini ochiq manbaga (bepul foydalanish huquqi asosida) joyladi. 24 milliard parametrli model katta tijoriy modellar bilan teng kuchga ega boʻlib, matn va tasvirlarni qayta ishlaydi, 128 ming tokenli matnni qoʻllab-quvvatlaydi va kam resurs talab qiladi.
- Baidu: Xitoyning Baidu kompaniyasi ikki yangi modelni eʼlon qildi. ERNIE X1 modeli murakkab fikrlash va mustaqil vositalardan foydalanish imkoniyatlariga ega boʻlib, arzonroq narxda yuqori sifatli xizmat koʻrsatadi. ERNIE 4.5 esa mantiq, xotira va emotsional intellekt boʻyicha yaxshilangan multimodal model sifatida taqdim qilindi.
- NVIDIA: NVIDIA bosh direktori Jensen Huang ikkita yangi shaxsiy AI-superkompyuterni (DGX Spark va DGX Station) taqdim etdi. Grace-Blackwell chiplariga asoslangan ushbu kompyuterlar katta AI modellarni lokal tarzda ishlab chiqish va ishga tushirish imkonini beradi.
- Adobe: Adobe kompaniyasi Adobe Experience Cloud ichida agent AI-platformasi va 10 ta oldindan tayyorlangan marketing agentlarini taqdim etdi. Ushbu agentlar auditoriyani aniqlash, shaxsiylashtirish, kontent yaratish kabi vazifalarni bajaradi. Platforma AWS, Microsoft, SAP va boshqa kompaniyalar bilan integratsiya qilinib, AI-agentlarning platformalararo ishlash imkoniyatini kengaytiradi.
## Moliyalashtirish va sanoat tashabbuslari
- AI infratuzilmasi uchun 100 mlrd dollar: Nvidia va Ilon Maskning xAI kompaniyasi Microsoft, MGX va BlackRock bilan birgalikda AI infratuzilmasini rivojlantirish uchun 100 milliard dollarlik fond tashkil etdi. Bu tashabbus global miqyosda sunʼiy intellekt hisoblash infratuzilmasini kengaytirishga qaratilgan.
- Inson miyasi asosida yaratilgan AI: Microsoft Shveytsariyaning Inait startapi bilan hamkorlikda inson miyasi prinsiplari asosida AI tizimlarini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Ushbu raqamli "miyalar" moliya va robototexnika sohasidagi amaliyotlarda qoʻllaniladi va Microsoft Azure platformasida joriy qilinadi.