BOOKERBERG Telegram 1093
Roppa-rosa bir yil oldin ilk "Book Talks" tadbirini o'tkazgan edik...

O'tgan yili 18-dekabr kuni biz necha (book)blogerlar jamoasi (Mahin, Jasurbek, Ma'rufjon, Ifeekkhan va men) o'zimiz anchadan beri o'ylab yurgan ilk Book Talks tadbirini tashkil qilgan edik. Hozir sanaga qarab, birdan o'sha kun haqida eslab qoldim. Ilk tadbirimizda chiroq o'chib qolib, hech qanday texnikalarsiz, prezentatsiyalarsiz tadbir o'tkazgan edik. Qiziq bo'lgan edi, bunday vaziyat tadbirga kelgan mehmonlarni biz bilan yanada yaqinlashtirdi. Jonli muloqot bo'lgandi.

Keyingi tadbirimiz may oyida bo'ldi. Bu tadbirda spiker sifatida Ilhom Salimov (The Stranger) va Asalxon Otaxonovani (Miracle Books) taklif qilgan edik. Menimcha yaxshi o'tgan edi, ko'pchilik rahmat aytishdi. Uchinchi tadbirimiz esa oktyabr oyida bo'ldi. Bu tadbirda ham jamoamizga yangi spikerlar qo'shilishdi — yozuvchi Javlon Jovliyev va dizayner Asila Umarova. Umuman sifat tadbirdan-tadbirga yaxshilanib, yangi spikerlar taklif qilinib, tadbirlarimizni kutadigan kitobxon yoshlarimiz ko'payib bormoqda. Bu bizni juda ilhomlantiradi.

Hozircha navbatdagi tadbirimiz qachon bo'lishi haqida biror ma'lumot berishimiz qiyin. Ammo navbatdagisining ko'lami har qachongidan ham kengroq bo'lishi aniq. Har holda biz shunga intilmoqdamiz.

Shu o'rinda boshqa faol yoshlarni ham (ha, aynan yoshlarni, katta yoshdagi avlodni emas) shu kabi tadbirlar, loyihalar tashkillashtirish borasida tashabbuskorlikka chorlab qolamiz. Bunday tadbirlar faqat Toshkentda emas, boshqa viloyatlarda ham o'tkazilsin. "Book Talks" bunday formatdagi yagona tadbir bo'lib qolishini xohlamaymiz. Faol bo'laylik. Bu hammamizning qo'limizdan keladi. Joiz bo'lsa, bu borada maslahat berishga ham tayyormiz.

Nega bunday tadbir va loyihalar aynan yoshlar tomonidan amalga oshirilishi kerak? Chunki, katta yoshdagilar yoki oldingi avlod tomonidan tashkillashtirilayotgan kitobxonlik tadbirlari asosan shukronalik yig'ilishlari, mavjud tizimni ko'kka ko'tarish vositasi yoki qarsakbozlikka aylanib qolmoqda. Ehtimol, navbatdagi avlod tomonidan tashkil qilinadigan bu kabi loyihalar aynan o'z maqsadiga xizmat qilar. Aziz tengdoshlar, hammasi siz va bizdan boshlanadi. Faol bo'laylik.

@Bookerberg

tgoop.com/bookerberg/1093
Create:
Last Update:

BY Bookerberg

Share with your friend now:
tgoop.com/bookerberg/1093

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Telegram desktop app: In the upper left corner, click the Menu icon (the one with three lines). Select “New Channel” from the drop-down menu. On June 7, Perekopsky met with Brazilian President Jair Bolsonaro, an avid user of the platform. According to the firm's VP, the main subject of the meeting was "freedom of expression." Clear While the character limit is 255, try to fit into 200 characters. This way, users will be able to take in your text fast and efficiently. Reveal the essence of your channel and provide contact information. For example, you can add a bot name, link to your pricing plans, etc. The optimal dimension of the avatar on Telegram is 512px by 512px, and it’s recommended to use PNG format to deliver an unpixelated avatar.
from us

Telegram Bookerberg
FROM American