tgoop.com/booktional/6824
Last Update:
"Nma Gap"podcastni umuman ko'rgan emasman. Bir-ikki kichik reels'lar orqali yoki mashhurlar gaplarini kesib tarqatishmaganidan tashqari.
Sanjar Nazar bilan bo'lgan sonni esa ko'rdim. Chunki kitobga oid suhbatlarni birortasini qoldirmayman.
Suhbat davomida juda foydali gaplar bo'ldi. Kitoblarga befarq bo'lmagan odam, albatta kirib ko'rsin, foydasi tegadi.
Men hozir aytmoqchi bo'lganim boshqa narsa. Yuqorida aytganimdek avval post yozildi, izoh yozganimdan keyin esa, darhol o'chirib yuborildi. (Balki, texnik nozoslik bo'lgandir)
Suhbatda Sanjar Nazar "Yashamoq" kitobini mualliflik huquqi aynan "Akademnashr" ga tegishli bo'lganini "Huzur" esa, uni mualliflik huquqisiz chiqarib yuborganini, bundan tashqari kitobni xitoy tilidan emas, aksincha turk tilidan tarjima qilib chiqarganini aytdilar. Sudlashib o'tirmaganliklarini ham aytib ketdilar.... "Yashamoq" kitobi haqida ham gapirdilar suhbatda.
Endi savol tug'iladi : qanaqasiga bunday ish qilish mumkin? Ha, mamlakatimizda mualliflik huquqini himoya qilish masalasida muammolar bor. Lekin, nahotki ilm-ma'rifat tarqatish uchun yo'lga chiqqan odamlar ham manzilni yarmida yo'llarini o'zgartirishsa? Yoki Sanjar aka yanglishayotganmikinlar? O'sha kitobni o'zida kitob muallifini yana ikki kitobini tarjima qilinishi rejada borligi aytilgan....
Nashriyotni o'ziga yozib bo'lmaydi. Tanqidni ko'tara olmaganidan yoki blok qiladi, yoki ochiq tahdid qiladi....
ko'raylikchi nima bo'larkin...
#podcast
@booktional
BY Kitoblarda(n)..π
Share with your friend now:
tgoop.com/booktional/6824