tgoop.com/booktional/6847
Last Update:
"Jinoyat va jazo"ni kecha tugatdim...
Asarni juda keng muhokama qilish mumkin, shunda ham muhokama qilinmay qolib ketadigan joylari bo'lishi mumkin.
Men eng kulminatsion nuqtani o'z shaxsiy qarashlarim bilan tahlil qilib ko'rmoqchiman. Fikrlar mutlaqo subyektiv.
Raskolnikov'ni o'rnida bo'lganimda umuman borib aybimga iqror bo'lmagan bo'lardim. Nega? Meni iqrorligim (Raskolnikov'ni iqrorligi) marhumlarni qaytarib kelmaydi yoki qalbim taskin topib qolmaydi. Qahramonimizni o'zi ham hech borgisi kelmagandi, hatto yagona (jinoyatni oshkor qilishi mumkin bo'lgan) guvoh o'rtadan g'oyib bo'lganda naqadar sevinib ketdi, axir. Faqat, uni majbur qilgan narsa o'z sirini qalbiga ko'molmagani bo'ldi. Zinadan pastga tushganidagi voqea, yuzlar va munosabat unga endi boshqa yo'l qolmaganligini tushuntirgandi....
Qahramonimiz o'ldirib to'g'ri qilibdi-da, sizningcha?! Shundaymi?!
Men to'g'ri yoki noto'g'ri haqida gapirmayapman. Odam o'ldirish har qanday idealogiyada, menimcha, qoralanadi. Ammo, qahramonimiz ilgari surgan fikrlarchi?! Ularni nima bo'ladi?! Nega millionlab odamlarni o'limiga sabab bo'lgan insonlarni qaysidir jamoa urush g'olibi, urush qahramoni sifatida ko'radi? Millionlab o'lgan jon bilan ikta jonni orasida shu qadar katta farq bormi?
Menimcha, yozuvchi tushuntirmoqchi bo'lgan narsa ham shu. U bu asarda to'g'ri yoki noto'g'ri haqida nimadir demoqchi emas. U ana shunday insonlar borligini, ana shunday hayotlar yashalayotganini tushuntirib bermoqchi bo'lgan.
Hozir bularni tushlikdan kelib yozyapman, kitob haqida umumiy yozishim uchun hali ancha o'ylab olishim kerakka o'xshaydi....
#mutolaa
@booktional
BY Kitoblarda(n)..đź“š

Share with your friend now:
tgoop.com/booktional/6847