tgoop.com/booktional/6861
Last Update:
BALKI TOʻXTARMIZ?!
Bitta narsani yaxshi tushunishimiz kerak.
Bir paytlar barchamizning faxrimiz boʻlgan imom Buxoriy hazratlarini Buxoroga sigʻdirmaganmiz…
Bir paytlar biz faxrlanayotgan Navoiy hazratlarini ham Hirotdan Astrobotga “surgun” qilganmiz…
Oʻz vaqtida bugun millat ziyolilari va peshqadamlari hisoblanayotgan jadidlarni ham qoralaganmiz, qatl qilganmiz. Haligacha ularning oʻrnini toʻldiradigan kishilar chiqmayapti bu millatdan…
Bu millatni gʻanimdan himoya qilgan bobolarimizni bir paytlar bosmachi deb tamgʻalaganmiz, farzandlarimizga olaboʻji qilib koʻrsatganmiz…
Oʻz vaqtida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini ham ayblab qidiruvga berganmiz. Hali hamon qidiruv uchun gazetalarda berilgan eʼlon yodimda turibdi. Vaqt oʻtib u zotni qaytarib kelishga majbur boʻldik. Qaytib millatimiz uchun qancha ishlarni amalga oshirganlari, ilm va din borasida nechogʻli xizmatlar qilganlari bugun hech kimga sir emas…
Balki toʻxtarmiz….?!
#abdulqodir Samarqandiy
@Booktional
BY Kitoblarda(n)..📚
Share with your friend now:
tgoop.com/booktional/6861