Olot: mirishkor Shuhrat Durmatov zahiraga 50 tonnadan ortiq sabzi mahsuloti tayyorladi
Keyingi yillarda Olot tumanida ham qishloq xo‘jaligida xususiy sektor, tomorqa va dehqon xo‘jaliklari faoliyati jadallashdi. Yil davomida bir emas, peshma-pesh mahsulot yetishtirish, qishki mavsumda ham plyonka ostida dehqonchilik qilib, sabzavot-poliz mahsulotlarini ekib yetishtirish va aholi dasturxoni to‘kinligiga munosib hissa qo‘shish orqali mo‘may daromad topishga bo‘lgan qiziqish va e’tibor kuchaydi. Asosiysi, sara mahsulotni endilikda istalgan faslda bozor va savdo rastalaridan topish mumkin.
Shu bilan birga, joylarda sovutgichli omborxonalarga ham talab va ehtiyoj ortmoqda. Bunda asosiy maqsad saranjomlangan hosilni mavsumiy saqlab, el dasturxoniga peshma-pesh yetkazib berishni ta’minlashdan iborat. Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashi tashabbusi bilan barcha mahalla aholi xonadonlarida "to‘qsonbosti" ekinlari ekib yetishtirish, tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etishga doir tavsiya va amaliy ko‘mak berilmoqda. Zaxirada to‘plangan sabzavot-poliz mahsulotlarini bir xil haroratda, faol shamollatish va muzlatgichli stasionar omborlarda, aholi xonadonlarida mavsumiy saqlash choralari ko‘rilmoqda.
Shu yo‘l bilan aholining sabzavot-poliz mahsulotlariga yil davomida, ayniqsa, qishki mavsumda talabini qondirish maqsadida sezilarli yutuqqa erishilmoqda. Masalan, "Bayot" MFY da yashovchi Shuhrat Durmatov ham tomorqa takroriy ekin o‘rnida sabzi ekib yetishtirib, shu kunlarda oila a’zolari ko‘magida 50 tonnadan ortiq sara navli sabzi sabzavotining zaxirasini yaratishga muvaffaq bo‘ldi.
Qishloq joyida muzlatkichli omborxona tashkil etgan xonadon egasi ayni paytda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirib, qishloqdoshlariga xizmat qilmoqda. To‘liq quvvatda foydalanilayotgan omborxonada kartoshka, qovoq, uzum mahsulotlarpi ham saqlanmoqda. Albatta, bunda hademay yangi yil oldidan aholi dasturxonini yanada to‘kin qilish maqsadi ko‘zlangan. Buning ortidan esa bozorda narx-navo barqarorligi ham ta’minlanmoqda.
Umuman, tahlillardan ko‘rinishicha, viloyatning olis tumanida o‘tgan 2023 yilda mavjud 4 ming 471 gektar aholi tomorqasida qariyb 53 ming tonna ertangi sabzavot-poliz mahsuloti, chunonchi, 570 gektarda 4 ming tonnadan ortiq kartoshka, shuningdek, 502 gektarda 8 ming tonna atrofida pomidor, 171 gektarda 3 ming 158 tonna sabzi, 580 gektarda 11 ming tonna atrofida piyoz, qolaversa, 1 ming gektardan ortiq yerda 45 ming tonnaga yaqin qovun-tarvuz va oshqovoq, sholg‘om, lavlagi yetishtirilgan.
Joriy yil erta bahor mavsumidan esa dehqon xo‘jaliklarining 166 gektarida kartoshka, umumiy hisobda 833 gektar maydonda piyoz, bulg‘or qalampiri, pomidor, bodring, karam, baqlajon va boshqa sabzavot mahsulotlari ekib parvarishlangan va albatta, bu mehnat samarasida mo‘l hosil olingan. Shu kunlarda esa tomorqa xo‘jaliklarida kech kuzgi yetishtirilgan sabzi, lavlagi, sholg‘om kabi sabzavot mahsulotlari kovlab, yig‘ishtirib olinmoqda.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri
Ma’lumki, Buxoroda aholiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berishda “Buxoro qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ulgurji sotish bozori” MCHJ muhim o‘rin tutadi.
Viloyat hokimi Botir Zaripov mazkur bozorda bo‘lib, bu yerda sotuvchi va xaridorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasi va bozorning sanitariya holatini o‘rgandi.
Qish mavsumida aholini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlash uchun zaxira yaratish eng dolzarb masalalardan biri. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 30 oktyabrdagi “2024-2025-yillar qish-bahor mavsumida aholi va ijtimoiy soha va tashkilotlarning asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyat hokimining tegishli qarori qabul qilingan.
Mazkur qarorga asosan 2024-2025 yillar qish-bahor mavsumi uchun viloyatda jami 24 907 tonna (shundan, 11 362 tonna kartoshka, 4 460 tonna piyoz, 6 214 tonna sabzi va 2 872 tonna guruch) mahsuloti jamg‘arish belgilangan.
Bozorda tashkil qilingan 2600 tonna hajmga ega muzlatgichli omborxonada hozirda 1000 tonna kartoshka, 700 tonna piyoz zaxiraga jamg‘arilgan.
Viloyat rahbari shu yerda tegishli mutasaddilar ishtirokida zaxira shakllantirish maqsadida ro‘yxatga qo‘yilgan korxonalar, ular tomonidan jamg‘arilgan mahsulotlar hajmini ham tahlil qildi. Kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifa va topshiriqlar berdi.