#hokim_hududlarda
#Kogon_tumani
Xabar berganimizdek, Kogon tumani “Zirabod” massivi hududida ming gektarda “Buxoro sanoatni rivojlantirish kompleksi” maxsus sanoat parki barpo qilishga kirishilgan.
Mazkur obyektning tashkil etilishi natijasida Buxoro viloyatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy sanoat quvvatlarini ishga tushirish, ichki va tashqi bozorlar uchun raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga erishiladi.
Birinchi bosqichda 300 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi. Bu – viloyat iqtisodiyotiga yiliga 250 million dollar qo‘shilgan qiymat, 2 mingta ish o‘rni, 250 milliard so‘m soliq tushumi va 100 million dollar eksport beradi.
Bugun viloyat hokimi Botir Zaripov majmua barpo etilayotgan hududda bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Xususan, loyiha bosh rejasi bo‘yicha hozirda “Buxoro-Qarshi” avtomagistral yo‘lidan sanoat parki barpo etilayotgan hududga qadar 3 kmdan ziyod masofada yo‘l qurilishi amalga oshirilmoqda.
Viloyat rahbari mazkur yo‘l qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Mutasaddilar ishtirokida mavjud muammolarni o‘rgandi va bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni muhokama qildi.
Kuzatishlar asosida, qurilish ishlari jadal davom etayotgan bir vaqtda zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash ishlari belgilangan muddatlardan ortda qolayotganligi hamda tarmoq korxonalari tomonidan zarur choralarni ko‘rishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlandi.
Shunga ko‘ra, hududni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlari bilan ta’minlash bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, maxsus texnikalar va ishchi-xodimlar sonini ko‘paytirish, qurilish ishlarini yanada jadallashtirish yuzasidan qat’iy vazifalar belgilandi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

"Gʻijduvon" EIZning Kogon tumanida joylashgan hududida "BUKHARA NEXT GENERATION PRODUCT" MCHJ tomonidan penoplast mahsulotlaridan maishiy texnika va elektronikani qadoqlash faoliyatini tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Qiymati 1,5 mln. AQSH dollarini tashkil etadigan mazkur loyiha joriy yil yakuniga qadar to‘liq ishga tushishi va 200 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Botir Zaripov mazkur obyektda ham bo‘lib, qurilish ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi.
Loyiha tashabbuskorlari bilan mavjud muammolar va ularni hal qilish masalalarini muhokama qildi. Qurilish ishlarini jadallashtirish yuzasidan vazifalar belgilandi.