tgoop.com/centerasiastudy/19048
Last Update:
Globallashuv – Hozirgi xalqaro munosabatlarning obyektiv jarayoni, axborot texnologiyalarining rivojaga asoslangan baynalmilallashtirishning oliy bosqichi. Globallashuvning kelib chiqish manbalari to‘g‘risida turli-tuman qarashlar mavjud. Tarixchilar bu jarayonga kapitalizm taraqqiyotining bosqichlaridan biri deb qaraydilar. Iqtisodchilar moliya bozorlarining transmilliylashuvi jarayonining ibtidosi deb hisoblaydilar. Siyosatshunoslar demokratik institutlarning yoyilishi, deyishadi. Madaniyatshunoslar globallashtirishni AQShning ekspansiyasini ham o‘z ichiga olgan madaniyatning g‘arblashuvi bilan bog‘laydilar. Globallashuv jarayonlarini axborot-texnologiya va ekologik qarashlar nuqtai nazaridan tushuntirishlar ham mavjud. Siyosiy va iqtisodiy globallashuv farqlanadi.
Markaziy Osiyo | Library | Science
BY Markaziy Osiyo
Share with your friend now:
tgoop.com/centerasiastudy/19048