Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
15338 - Telegram Web
Telegram Web
Qaradim, Oy ham to'lay deb qolgan, sabr kosamdek... Oyga mazza, har o'n besh kunda to'kilib ketadi. Sabrim kosasi okean kattaligida bo'lsa kerak. To'lishiga bir tomchi qolgandek turaveradi esimni taniganimdan beri, yomg'ir, sel yog'sa ham toshmaydi lekin... Majbur bo'lsa kerak bechora, yutishga. To'yib ketgandir...

© #BI14

- @ch_k_t
Sotishgani mayli, shu qimmatga sotishsa-yu, o'zlariga bir umr yetsa... Sotuvimizdan tushgani. Nuqul arzimaslarga sotishadi, bu odamchalar. Olgan ham arzimas, evaziga oladigani ham arzimas. Eh, odamchalar... Eh.

© #BI14

- @ch_k_t
Har kuni "ertaroq uxlayman" deyman-u, o'ylanib qolaveraman. Tun oqaveradi, juda tez. Pastlikka oqayotgan soydek tez. Odam daraxtman. Ichimni qurtlar yeb bo'lishgan. Po'stim qolgan xolos. Turaveraman, turaveraman. "Nima qilyapman o'zi", deyman o'zimga. G'alati.

- @ch_k_t
Bir umr ongli bo'lish meni charchatadi shekilli. Xushyor bo'lishdan ham zerikdim. Mastlikni alko yoki qarshi jins bilan tushunmasangiz aytaman, mast bo'lgim kelyapti. Har doim yashil chiroqni kutishdan bezdim. Xavfsizlik kamarisiz bor tezlikda va qizil chiroqda o'tib ketgim kelyapti bu umr chorrahasidan. Bir do'stim aytgandi, faqat bir martta degandi. Chikka yoki pukka. O'zimni o'chirib qo'ygim kelyapti. Modomiki o'zni o'chirib ortga qaytib uyg'onish yo'li yo'q ekan, nega o'zni o'chirib 5-6 yoyinki 10yildan keyin uyg'onish yo'lini qidirishmayapti? Biz emas balki davr-u, zamon bizga to'g'ri kelmayotgandir... Nima deysiz?

- @ch_k_t
Ishonaman, shu tarmoq bunchalik rivojlanmaganda hammamiz qog'ozga yozib, avloddan avlodga o'tar asarlar qoldirardik, chizardik, yaratardik! Buyuk asarlar dey, qo'rqmay!

© #BI14

- @ch_k_t
Yo'q, afsuski biz noodatiy "kallachalar" ishlatib, jinni-ketti telegram kanallarimizga so'zlarimizni sochamiz. Uvol.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​“Ag‘achda xazal ag‘lar
Dibinda go‘zal ag‘lar”
                            (Xalq)

tushgan nadir na yaproqtir na yoshtir
buning qaysi qizdir qaysi og‘ochtir
qiz og‘ochga og‘och qizga qorishti
        kipriklari yaproqladi bu qizning

qizlik to‘ni yaproqlardan bichildi
kimi sevdi kimi olib qochirdi
oq ko‘ylagi tugma-tugma ochildi
        qora baxtin kim bog‘ladi bu qizning

tindirdilar bir dardimiz ming bo‘ldi
nag‘ma bo‘ldi kitob bo‘ldi din bo‘ldi
ul og‘ochga bolta urgan kim bo‘ldi
       kim ko‘zini tuproqladi bu qizning

© Ramiz Ravshan

o'zbek tiliga Zarif Sultoniy tarjimasi

- @ch_k_t
Qop-qorong'u qildim xonamni. Markaziga keldim. Qulochimni yozib, gilam bag'riga yotdim. Ustimdan chayonlar o'tyapti. Chaqmay, indamay. Rost-da, ularga tegmasam ular menga tegmaydi. Sizlar ham shunday qiling odamlar, men sizlarni chaqmaganman, sizlar ham shunchaki o'tib keting!
Uyingni topib boradigan kitoblar egasi bo'lolmadim. Balki, yaxshiyam... Ichidan o'zingni qayta toparding, kitob ortidan meni... Baxting esa mensiz to'kis, ishonaman.

© #BI14

- @ch_k_t
Yozishdan charchaydigan kunlarni tilanardim, nolalarim yetdi shekilli...
Soyamga termulib o'tiribman, quyosh ham orzularimdek kuchsiz botmoqda. Ikkisiga ham qarash meni yanada cho'ktirmoqda...
Xonam-ku mayli, mendan bezgani sabab, ulkan dunyo qoshimga qarab qisqarsa kimga aytaman dodimni?
Men negadir o'zim uchun hech narsa qilmay qo'ydim.

Yashayapman – yaqinlarim uchun va kimdir uzoqdan haliyam tirik, deya taskin topib osmonimiz birligini his qilishi uchun.

Yozyapman – chunki yozmasam xavotir tushib qoladi, deb. Mendan o'zga o'qiydigan hech kiming yo'qligi uchun.

Uxlayapman – hammasini unutish uchun. Yangi kun uchun kuch olish uchunmas, eski kundan qutulish uchun – uxlayapman.

Yig'lamayapman – yillar bo'lib ketdi. Kimdir o'lmagani uchun yig'lamayapman.

Yugurmayapman – qanoti singan qushdek yoki shunchaki endi pingvindekman. Abadiy piyoda.

Men o'zim uchun hammasini qilishim kerak aslida... Faqat o'zim uchun!

© #BI14

- @ch_k_t
Ko'cham oqar,
Oy chiqadi Marhamatdan
Uyga oqib qaytjakman,
yelkam yo'qdek...
Meni kutib olar yana
yolg'iz xonam!

© #BI14

- @ch_k_t
Men faqat sog'liq e'tiboran o'zimni yaxshi deyman xolos.
​​Shoir tug'ilgan kun

Shamollarda qovrildi qonim,
Tomirimning devorlari bo‘sh.
Yuragimga marhabo, jonim,
Titrog‘ingni titrog‘imga qo‘sh.

Quch, ummonga aylanay sokin,
Tub-tubimda bo‘rtib po‘rtana –
Sepilganda isyonkor hoki,
Gung baliqlar shunday o‘rtanar.

O‘p, lablaring daryosidan may
Sipqorgancha o‘zni yo‘qotib,
Og‘ushingda qayta uyg‘onay,
Yo o‘limni ko‘rayin totib.

Sev, qabarib ketguncha qalbim –
Shamollarda qovrilib kuyay.
Mavlonoday ruhimga talpin –
Band-bandimni iymonga bo‘ya.

Va sochlaring to‘sha – joynamoz,
Sajdaga bosh qo‘yayin tizlab.
Chalg‘itmasin taqdir – oynamo,
Bir hovuch cho‘g‘ qolguncha bizdan...

© Jontemir

- @ch_k_t
Salom! Yana men. Uyg'onib, erinibgina turding. Bilaman... Shippaklarni kiyib, joyingni tuzatding. Borib yuvinding-u nonushta tomon kelding. Erinib choy ichding, ozgina shirinlik bilan. Kichkina erinchoqlik bilan oynaga qarading. Pardoz buzib qo'yar go'zalligingni atayin buzding. Qovoqlaring shishgan. Tunda yosh to'kkaning esingga tushdi. Kecha uxlash oldidan yotog'ing ostiga qo'ygan kitobingni qo'lingga olding, kelgan joyingdan ozgina varoqlading-u, uni kitob maskaningga joylading. Uy telefoni yoniga borarkansan, senda bir umid borligini anglayman. Ammo yozib olingan ovozli xabarlarda endi mening ovozim yo'q. Olam sig'ib ketar sumkangni shunday sovuq oldingki, ichi seni mutlaqo qiziqtirmadi. Yolg'iz uyni aylanarkansan mushuging esga tushdi, o'zi yo'q. Yana ezilding. Daydigani uchun oz qoldirish fikri keldi senga, ammo ovqatini idishga solding. Shinam uying qolibdi, bir sen sevgan. Chiroqlarni qarading, avvaliga. So'ng suv jo'mraklarini, yakunda esa gaz o'chganligiga ishonch xosil qilding. O'zing sevmagan ishga otlanarkansan, eshikni ochishing bilan shu xatga ko'zing tushdi. Quvonib uni bag'ringga bosding. Tanish ifor yeldi dimog'ing tomon... Sevinib-shoshib, shahar kaftdek ko'rinib turar derazang oldiga kelding. O'zing to'qib bitirgan kichkina yopinchiq solingan tebranuvchi(har charchaganingda seni allalovchi) kresloga o'tirding. Muhrni buzar ekansan, avvaliga seni sovg'a kutib oldi. Sovg'a va ikki xat. Birinchi o'qishing uchun shu xatni belgiladim, o'ylaymanki hamon o'zgarmagansan. Keyin bo'ladigan ishlar uchun yonimdan ozgina tahminlar aralashtirdim. Yig'lama, deyishim befoyda. Bilaman, baribir yig'laysan. Men yozib qo'ygan qolgan xatlarim ham sen tomon yo'lda... Men uchun har tongda uyg'on. Ikkinchi xatni ochishdan avval bu xatdagi ishlar sening bugungi harakatlaringga mos tushmagan bo'lsa ham kuyunma. Endi xatni ochishdan avval yoshlaringni art. Aytgandimku, senga tonggi pardoz ortiqcha deb... Sovg'a uchinchi bo'lib, hozir 2raqam qo'yilgan xatni och... Shu xatni shu yerida to'xtat. Chunki bu quti uchun yakun ham shu xatda yoziladi. Ikkinchi xatga o't!
Eh-hey, qara, ko'zi yoshligim... Dunyosidan uzilganimga ham ancha bo'libdi. Yig'laganing orasida o'lganimni aytib ketay. Menga uzog'i 5-6oy qolganini o'zlaridan eshitmagan bo'lsam ham o'sha qulog'imga behosdan chalingan kundan senga xat yozishga kirishganman. Men o'lmaganman. Xatlarimni esa eng vijdonli pochtalyonga berdim. U men uchun beminnat va navbatma-navbat ularni senga yetqazib turadi. 5-6oyni oldindan ko'rgan oq halatlarni bilmadimu, meni unday qobilyatim yo'q. Bu yerlarni kim aytibdiki, men aytsam. Ammo bir narsa aniq, faqat bir narsa – seni sog'indim. Men uzoq o'yladim, seni tinch qo'yish haqida. Kasalxona derazasi oldida o'tkazgan kunlaring haqqi, chindan unutishingni istab ketdim ba'zi-ba'zida. Lekin menga tushuntirding: sen – meni unutmaysan. Aniqrog'i bunga harakat ham qilmaysan. Tizzamga qo'yib bu xatlarni yarataman, oldingi xatda ham aytgandim shekilli, ozroq qiyshayishlarga parvo qilma. Kimdirga aytib tursam yozib berardi, o'zimdan boshqasining siyohi sevgili bo'lishiga ishonmadim rosti. O'ksima, muhimi yaxshi yashadim. Men ba'zi qonuniyatlarga sevgim bilan muhr bosolmay qoldim xolos. O'lim bilan kelishib bo'lmas ekan. Mendan keyin borgan eng birinchi xatimdagi, eng katta iltimosimni bajarayotganingdan xursandman. Bu xatda ham shu iltimosni davom ettiraman: meni sevsang, yasha! Seni men ham sendek sevdimmi ochig'i bilmay qoldim. Ko'zlaringdan oqqan yoshlaringni badalini qonlarim bilan yuvsam kerak. Yig'lama, demadim. Sen, men dardsiz paytlarda ham yig'larding. "Uvillama". :). Kulasan-a, seni kuldirishni hamon bilaman. Sevgini ilohiylashtirgan kimki bo'lsa hammasidan nafratdaman. Senga bir sirni ochay, tahminiy hisob-kitoblarimga ko'ra 5oy davomida uch yilga yetgulik xatlar, sovg'alar qoldiraman ekan senga. Eng oxirgisi kitob bo'ladi. Ungacha bosilmagan kitoblarim ham asl nusxada senga keladi. Yashashingga arzigulik, shunday emasmi? Seni hozirdan sog'ina boshladim. Menga nimadir ulashga kirgan oq xalatli shu xatlarim tezroq bitishini, sen bu xatlar umuman tugamasligini xohlagandek xohlayapti. Zo'r-a! Hozir nimadir so'z chiqsa butun xonani yana ag'daraman, sochaman, sindiraman. Mening atrofimda to'la shamchiroq hamma istaklarim muhayyo. Bu meni kundan kunga ezyapti xolos. Og'zimdan chiqqan so'z, oldimda jism ko'rinishida paydo. Senga yomon gapirib, uyingga ketkazgan ham shamchiroqdagi mingtadir tilagimdan bittasi. Seni xona tomon yo'latmagan ham men edim. Kechir! Shunday kechir, taskin topay. Yerga shunday moslashay, xotirjam. Meni kechir. Kuraklarim tuproqqa bemalol tegsin. Qurt-qumrsqalar yeyishidan zavq olay... Rosti, meni bunday ahvolda ko'rishingni xohlamadim. Ojizona, bechora bo'lish menga faqat sevgida yarashdi, jonim. Hayotda esa jangchi bo'lishim kerak edi. Sen meni ilojsiz, umidsiz ahvolda ko'rma dedim. Men kirishingni xohlamadim, oxirgi lahzalarim sen bilan o'tishini men xohlamadim. Yaqinlarimni ham kechir! Ular emas, men shunday qildim. Qurib borayotgan ko'zlarim senga boqishini xohlamadim. Ko'zlarim ost terisi shunday qorayib ketgan. Bu seni battar vahimaga solardi. Shu sababdir balki. Mayli, bu xatga hozircha shular. Qayerga borishingni aniqlab berdim, deb o'ylayman. Ular seni ham kutishyapti. Pastda xat keltirgan pochtalyon seni kutyapti, mashinaga shunchaki chiq, u seni olib boradi. Hammaga mendan salom ayt, ularni seni sevganimdek sevganim haqida baralla ayt! O'zingdan yaxshi gaplarni qo'sh. Men senga ishonaman. Sovg'alarni och endi.
2024/09/21 22:52:31
Back to Top
HTML Embed Code: