Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
15339 - Telegram Web
Telegram Web
Yuragim borligini anglashim uchun u og'rishi, yaqinlarimni sog'inishim uchun ular o'lishi, qalbim borligini tushunish uchun yozishim kerak bo'lganidek... Bir paytlar yashashim uchun sen kerak eding... Sen bo'lmasang yasholmayman, deb o'ylardim. Keyin bilsam hamma haqiqatlar ham haqiqat bo'lib chiqavermas ekan yakunda.

Hozir hammasi teskari, yuragimni anglayapman, garchi u og'rimasa ham. Yaqinlarimga yaqin bo'lib ularni sog'inyapman, zero shukurlar bo'lsin tiriklari ko'p hali... Qalbimsiz yozishni o'rgandim, bu menga ulkan azoblardan pana bo'lishni berdi.

Senga to'xtalsam, hech qachon bo'lmagan sen uchun, to'xtalgim ham yo'q! Mavjud bo'lsang qolganini o'ylab ko'raman. Ungacha kuzda yashashim kerak!

Xayr...

© #BI14

- @ch_k_t
"Cho'kib ketgan tiriklar" pinned «Yuragim borligini anglashim uchun u og'rishi, yaqinlarimni sog'inishim uchun ular o'lishi, qalbim borligini tushunish uchun yozishim kerak bo'lganidek... Bir paytlar yashashim uchun sen kerak eding... Sen bo'lmasang yasholmayman, deb o'ylardim. Keyin bilsam…»
Men hamon afsuslanaman. Umr kitobimning bukilgan varoqlariga borib, o'sha xatolarni sodir qilmaslik imkonini qidiraman.
Har doim u xatolarni to'g'irlash imkoni menda mavjud bo'lgan, ammo qanday qilib?
Uxlash kerak baribir, bitta boy berilgan tun boshqa boy berilishi mumkin bo'lgan kunlarni keltirib chiqaradi...
O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin,
Kuyib o‘tgan umrim sharhini aytsin.
Bardoshim haqida ash’or to‘qisin,
Mendan norozilar fikridan qaytsin.

O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin,
Aytolmay qolganim desin Ollohga,
Salovatlar aytsin to‘plab bor kuchin,
Bilmagan bilganim desin Ollohga.

O‘lsam, olov tanim muz bilan yuving,
Toki, kafanlarim ketmasin kuyib,
Yuvgach, yuragimga parcha muz qo‘ying,
Boray huzuriga ozgina sovib.

O‘lsam, kafanimni bulutdan qiling,
Yomg‘irga aylansin, yonsam qabrda.
Qabrimni qazsangiz sal kengroq oling,
Gunohkor bandaga tor go‘r jabrda…

O‘lsam, chinor eking qabrim boshiga,
Toki, soyasida tilovat o‘qing.
Cho‘milib yashadim ko‘zim yoshiga,
Yig‘lamang, siz faqat salovat o‘qing.

Kichkina yasating qabrtoshimni,
Qur’on oyatlarin yozdiring o‘yib,
Yozmang qabrtoshga umrim, yoshimni,
Men safarga ketdim chorig‘im kiyib.

O‘lsam, oyoq tomon, o‘ng tomonimga,
To‘rt kishi sig‘arlik kursi yasating,
Sog‘inib kelsangiz ixlosla o‘qing,
Qabrimni gul emas, Qur’on bezasin.

O‘ng tarafdan keling, oyoq tarafdan,
Toki, ko‘rsin sizni ochiq ko‘zlarim,
O‘lim haq ekanin olasizda tan,
Quvonay, keldi, deb o‘g‘il-qizlarim.

O‘lsam yo‘qlab turing. Biling, kutaman,
Chunki, siz deb o‘tdim o‘zimdan kechib,
Yo‘qlamay qo‘ysangiz, zardob yutaman,
Yotaman go‘rda ham ko‘z yoshim ichib,

O‘lsam, umrim sharhin nabiralarga,
Evirmay, o‘chirmay borini so‘zlang.
Intiq kutganimni ularni hamda,
Yonib o‘tgan ko‘nglim zorini so‘zlang.

O‘lsam, she’rlarimni avaylab asrang,
Imkonin topib topshiring elga.
Bilaman, el o‘qir sog‘inib, sevib,
O‘tar yozganlarim qo‘llardan qo‘lga.

O‘lsam, faxr bo‘ling, mexribon bo‘ling,
Imkonin topsangiz to‘lang qarzimni,
Duosini oling men sevgan elni,
Meros qoldiraman sizga sabrimni.


O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin…

(c) Bibisora Turob qizi...

"Cho'kib ketgan tiriklar"
​​​​Bolalar uyida yozilgan she'r

Jovdiragan ko'zlar qarshilar bunda,
Mehrga zor yuzlar qarshilar bunda.
Hamma yog'i to'kis, taqdiri kemtik
Onam degan so'zlar qarshilar bunda.

Siz onam emasmi?...
Ko'zlarida savol,
Siz onam emasmi?...
So'zlarida savol.
Onang bo'lgim kelar shu dam bolajon,
Darding olgim kelar shu dam bolajon.

Onang qaylardadir be vijdon kezar
Onang qaylardadir sargordon kezar
Niyati otangdan o'ch olmoq bolam
Otang omonat baxt, ishratda suzar.

Otang borligingni unutgan butkul,
Bir sayoq go'zalning og'ushida qul.
Tilga olging kelmas nomini hatto
Sen uning xatosi, tuzalmas xato...

Onang yengil hayot ko'chasida xor
Kunlari bemazmun, tunlari beor.
Sen uni kutishdan tolmaysan bolam,
Zor bo'ladi bir kun, izlaringa zor...

Kechir,
yangiladim yarangni qo'zim
Kechir, boshqa kutma onangni qo'zim.
Onang bo'lgim kelar, yig'lama go'dak
Darding olgim kelar, yig'lama go'dak.

Sen Vatanga suyan, tashlamas Vatan
Boshing silar, ko'zing yoshlamas Vatan!
Toleing oq bo'lsin, Vataning omon,
Suyan Vatan bo'lgay dardinga darmon.

Bir kun ulg'ayasan niholday o'sib,
Mehr tilar onang yo'lingni to'sib
Sen o'ch ololmaysan, kechirasan jim,
Sen o'ch ololmaysan tilayman to'zim.

Bolam,
Tug'ilganing, tuproq qo'llasin,
Atrofingda do'st-u, o'rtoq qo'llasin.
Omon bo'lsin issiq bag'ri Vatanning,
Shu Vatanga mehring ko'proq qo'llasin!

Yozsam she'r, dostonim kamdur bolajon,
Bersam aziz jonim kamdur,
bolajon...
Siz onam emasmi?...
Ko'zlarida savol,
Siz onam emasmi?...
So'zlarida savol...

© Bibisora Turob qizi

- @ch_k_t
Osmonlarga oz qoldi...
​​Zangor osmoningdan
osmonimga tush,
Azizim,
tushimga xush kelibsan,
Xush!
Moviy osmonlarga yoyilgan edim,
Kim yigʻdi qizilman,
Qip-qizil sarxush...
Endi zamin aro tirik ruhim bor,
Endi taslim boʻlish kelmas xayolga
sen oʻynagan oʻyin shakliday
Sen bilgan siyosat singari
Sevgini qonuniy qilgan Shaxsing ham
Hammasi-hammasi
xotirimda jam
Endi koʻzlarimda yashashing mumkin
Xotirjam osmonday
Xo-o-otirjam!

Zangor osmoningni oqqa boʻyadim,
Tokayki tirilsin oʻlik vujudlar
Bittagina yolgʻon siyosating deb
Oq qilib yuborish mumkin vatanni...
(Bu vatan Nilufar ismli Vatan)

Men bosgan yoʻllardan sira toyilma
U azim yoʻllarga tegmas qargʻishim.
Qara,
Yetti qat osmonlar koʻtarolmadi
Bittagina murgʻak koʻnglimni...

Viqor osmoningdan
Osmonimga tush,
Xushimga xushladim
Xush kelibsan,
Xush!
Oʻsha Soʻz yolgʻon-u,
Ishq yolgʻon boʻlsa
Zangor osmonlarning
ranglari oʻlsin!

Buncha uzoqdasiz
zangor osmonlar...

© Nilufar

- @ch_k_t
Maktublar abadiy saqlanishi uchun ularning egasi bilan yashashing kerak.

© #BI14

- @ch_k_t
Allaqachon teringni junjiktiruvchi kuz, tunlari chigirtkalar kuchini kuylashga emas, isinishga ketishini ta'milashni boshlagan. Oxirgi bor suvdan qonib, uxlashga shaylanayotgan daraxtlar shoirlarga ko'p gapirishni boshlagan bo'lsa kerak. Buvijonlar qo'llaridek bujmaya boshlagan, xira barglar qanchondir yashil edi... Teraklar esa hamon Usmon Azim she'riga hamohang, birinchi bargini to'kishga shay... Arilar o'lib ketishga, qaldirg'ochlar issiq makonlarga ketishga majbur. Qora qarg'alarni ichingdan ketmagani yetmagandek, endi qoshingga kelishi ortiqcha. Qorason yong'oqlarni o'g'irlab, baxtsizlikdan qag'illab, ulkan yong'oq daraxtingda ustingdan anduh sepmoqqa ular kelyapti. Bir gala bo'lib, tim qora rangda. Bir-ikki og'ir kunlardan keyin "yomg'ir yog'sin", deyishgada iymanib qolgan ichingdan oxirgi yegan anjiring ta'mi balqib turibdi. Bir uzun qurigan o't bandini tishga qistirib, eski kiyimlarda dala ishlariga chiqishing kerak sen aslida. Ammo, o'zingga ep ko'rmaysan. Bo'shashgan yelkalaring noziklashgan, kimdir yaxshi kurashga kirsa qurigan daraxtdek qarsillab tushasan. Kurashni noto'g'ri tomonidan bormayapsanmikan-a, o'zi? O'ylaysan... Shahar seni shunday yutadi. Sen zulmatlarda ko'proq paydo bo'lasan. Senga tug'ilish shodligidan ko'ra, o'lim daldasi afzalroq. Shunga seni ko'pchilik bahorda ko'rmay qoladi, yozda unutadi, kuzda izlaydi, qishda esa topadi. O'zingga "sovuqqotgan" nomini olib, sovuqqonlarcha yana va yana zulmatlarda paydo bo'lasan... Hurmolarni qara. Anorlar... Uzumlar chumchuqlar rizqi. Qo'riqchi ilma, yesin shular! Kuz – ona fasl. Men esa qishda yo'lingdan chiqaman. Suyak-suyaklaring qaqshaganda, bir idishda qaynagan suv ko'tarib. Seni isitgani, seni eritgani...

Sening emas, sensiz sovuqqotgan o'sha –...

© #BI14

15.09.2024

- @ch_k_t
Sog'inch havas qilarli hissiyot emas!
​​Men seni izladim, sen esa meni
Muhabbat atalmish bir xiyobondan.
Men seni so‘zladim, sen esa meni,
Ko‘ngilga saodat bitgan dostondan.

Men senga gul terdim, sen esa menga
Oshiqlar qadami yetmagan yerdan.
Men senga qo‘l berdim, sen esa menga
Amu bo‘sa olib turgandek Sirdan.

Men seni sog‘indim, sen esa meni,
Hijronda visolga chorladi maktub.
Men seni sog‘indim, sen esa meni,
Tohiru Zuhrodek bo‘loldik mahbub.

Muhabbat bo‘lmasa ikki dunyo ham,
Qovushtirolmasdi bizlarni, erkam.

© Barot Boyqobilov

- @ch_k_t
Va har xayrlashuv yakuni "seni sog'inaman"... bilan tugardi, salomlashuv esa tabiiyki, "seni sog'indim" bilan.
O'limdan qo'rqmaydigan aslida hayotidan to'yganlar, hattoki hayotidan ortiqcha to'yganlar. O'lim esa hamisha qo'rqinchli!

© #BI14

- @ch_k_t
Nimadir kam, lekin nima?
3yil oldingi o'zimni yo'qotdim, sen kim bo'libsan? O'zim yo'qman, sening yo'qligin nima bo'pti?
O'tsa tun o'tadi-da, nima shunga? Og'ir o'tsa nima?

Qolgan bo'lsa, dard qolgandir. Bergandir-da atab, dardni ham manzilida adashmay... Shunga nima?

Tugagan bo'lsa, tugagandir, boshlangan bo'lsa boshlangan... Nima tezda va sal narsaga bunchalar hayrat, hayajon...

Otsa ham tong otadi-da, tanish, nechchidir mingingchisi...

Hayratimni yo'qotdim.

- @ch_k_t
2024/09/21 20:23:28
Back to Top
HTML Embed Code: