tgoop.com/dtrdep/14218
Last Update:
#Davlat_tilida_ish_yuritish
BLANKALAR – BOSMA ISH QOG‘OZLARI
QANDAY BO‘LISHI KERAK?
O‘zbekiston Respublikasida amaldagi davlat standartiga
muvofiq, tashkiliy-farmoyish hujjatlari uchun zaruriy qismlar
tarkibidan kelib chiqib, xizmat blankalarining 2 turi joriy etilgan:
Xatlar blankasi 👆 va Umumiy blanka.
Umumiy blankaga quyidagi zaruriy qismlar kiradi:
✔️«Vazirlik yoki yuqori idoraning nomi» (shunday bo‘ysunish mavjud bo‘lsa),
✔️«Tashkilotning nomi»,
✔️«Hujjat turining nomi»,
✔️«Sanasi»,
✔️«Indeksi»,
✔️«Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi».
⚠️Har ikki turdagi blankada zaruriy qismlar burchakda (hujjatning chapdagi yuqori burchagi) yoki o‘rtada (yuqori chetki bo‘sh joydan pastda) joylashtiriladi.
⚠️Xatlar uchun, umuman, boshqa blankalar uchun ham zaruriy qismlarning burchakda joylashgani qo‘l keladi.
Kanalga ulanish 👉 https://www.tgoop.com/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
BY DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
![](https://photo2.tgoop.com/u/cdn4.cdn-telegram.org/file/sAHwpXPVzIV38h27TqAPShD4qyDGy3Rv3QGCRcTMBnDRYobg5zTUksCMEBQ6p78O70YfdjXOruDdZW8EtGNmzD_8AbQ3Mu9ZR9MsRL-1QB12kuaWamODlQUEaeBGUapY6QRvMvqKkRMDGRY3-dYhzaMI8TbR7AT38HKj2dzAt1NCsjkChvLFOFbhf_S1wFgaMXtGN9EZtIn6q9SPNUENRc8YfCmexhtJC4EhUreIHcbvftgOnTQjkJucAGx_i2uHl5KkarQQaAW6ct8ClHn2LfeN05GgUxzeOSpKXJ0DXg7x1OjGdFqJb4jXnbkEaFzzEYprmJ9uEnLMKPFBgAMqdA.jpg)
Share with your friend now:
tgoop.com/dtrdep/14218