tgoop.com/ecogovuz/46380
Last Update:
📣Toshkentda texnologiya va ekologiyaning o‘zaro ta'siriga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochiladi
15-fevral, soat 18:00da Toshkent Fotosuratlar uyida iste’dodli rassom Sardor Nugmanovning "Qaytish" nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochiladi.
Badiiy akademiya, Badiiy ijodkorlar uyushmasi, Toshkent Fotosuratlar uyi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, "Auto.uz" va LA KUBA hamkorligida tashkil etilayotgan ko‘rgazmada tabiat, texnologiya va ekologiyaning o‘zaro ta’sirini ochib beruvchi 50 ta kartina va 4 ta tematik instalyatsiya taqdim etiladi.
Shuningdek, ko‘rgazmada tabiatdan ilhomlanib ishlangan manzaralar va afsonaviy qiyofalar, yashil iqtisodiyot – urbanizatsiya, qayta tiklanadigan energiya, qayta ishlash, texnologiyalar va ekologiya – sun’iy zakovat, san’atdagi kengaytirilgan haqiqat mavzulariga alohida e'tibor qaratiladi.
Bundan tashqari, ko‘rgazmadan texnologiya va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni aks ettirgan ekspozitsiyalar, sof tabiat va hayot manbasi tasvirlari ham o‘rin olgan.
Ko‘rgazma 23-fevralgacha davom etadi.