tgoop.com/english_world_official/507
Last Update:
🚩 Grammatika vaqti
Ⓜ️ Mavzu: Used to va Would
Used to – o’tgan zamonda odatga aylanib qolgan, lekin vaqtinchalik to’xtatilgan yoki umuman to’xtatilgan, hozirda yuz bermayotgan harakatlarni tasvirlashda ishlatiladi. Shuningdek, o’tgan zamonda o’z o’rniga ega bo’lgan, lekin, keyinchalik mavjud bo’lmagan holatlarni ham ifodalashda qo’llaniladi.
He used to meet her after school every day and see her home
– U har kuni maktabdan keyin uni kutib olar va uyiga kuzatib qo’yardi (Bu harakat o’tgan zamon uchun odatiy holat edi)
The theatre used to be in the centre of the town
– Shahar markazida teatr bo’lardi. (teatr mavjud edi keyinchalik buzib tashlangan)
So’roq va inkor gaplarda
He didn't use to do that. (= He never used to do that)
Did he use to do that?
Used to qurilmasini be used to smth/doing smth va get used to smth/doing smth qurilmalari bilan adashtirmang. So’zlovchi ushbu qurilmalar orqali odatga aylanib bo’lgan, ko’nikib bo’lgan holatlarni tasvirlaydi. Taqqoslang:
I am used to waking up at 5 AM every morning.
— Men har tong soat 5da turishga ko’nikib qoldim. (endi uyqudan turishga qiynalmayapman)
I used to get up at 5 AM every morning when was I a child.
– Bolaligimda har tong soat 5 da turishga odatlangandim. (bu odat keyinchalik yo’q bo’lib ketdi)
Would used to kabi o’tgan zamonda takrorlanib kelgan ish-harakatlar va vaziyatlarni ifodalashda ishlatiladi. Biroq, mavjud bo’lgan bir martalik vaziyat haqida so’z borganda used to ishlatiladi. Masalan:
She would usually be happy when she returned home after a long trip
– Uzoq safardan qaytgandan so’ng, odatda u hursand bo’lardi️. (har safar uzoq safardan so’ng)
When he spoke to me I wouldn't understand anything
– U gapirganida hech narsani tushunmasdim. (har safar gapirganida tushunmasdim)
BIROQ:
There used to be five cinemas in the town
– Shaharda 5 ta kinoteatr bo’lardi. (ilgari bo’lgan – bu yerda biror holatni takrorlanishi kuzatilmayapti)
🍎 shuningdek his-hayajoni bildiruvchi fe'llar bilan ham would ishlatilinadi
I would love him when I was a child
╔═══🔻❖•◤❪ ❁ ❫◥•❖🔻═══╗
🚀 Don't forget to share with your friends!
🔝🇬🇧 @The_Phrasal_Verbs 🇬🇧🔝
🔝🇬🇧 @Songs_Words_Lyrics 🇬🇧🔝
🔝🇬🇧 @English_World_Official🇬🇧🔝
Siz-u bizga kerakli va foydali kanallar! 🔝
╚═══🔻❖•◣❪ ❁ ❫◢•❖🔻═══╝
BY 🇬🇧 English 📚 World ♻️ Official
Share with your friend now:
tgoop.com/english_world_official/507