tgoop.com/erpmaktabuz/67
Last Update:
#XTV #YaET #ERP
📣 Xalq ta’limi tizimidagi barcha umumta’lim maktablari, hududiy boshqarma va bo‘linmalari hamda respublika tashkilotlarida ma’lumotlar almashinuvini elektronlashtirish va jarayonlarni avtomatlashtirish maqsadida vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan «Yagona elektron tizim - erp.maktab.uz» dasturiy majmuasi ishga tushirildi.
❗️❗️❗️ Xalq ta’limi tizimining yagona elektron tizimi - ERP axborot tizimi o’zi nima?
ERP, aslida - “Enterprise Resource Planning” ya’ni tashkilot yoki muassasaning mavjud bo’lgan resurslari hamda jarayonlarni rejalashtirish va boshqarish deganidir. Xalq ta’limi tizimini boshqarishning yagona dasturiy majmuasining asosiy maqsadi ham umumta’lim muassasalaridagi bor jarayonlarni avtomatlashtirishdan iborat.
Dasturiy majmuaning qulay tarafi, undagi barcha yuqori turuvchi va quyi tashkilotlar bir tizimda o’zaro elektron tarzda ma’lumot almashadi, raqamlashtirilgan jarayonlarni uzviy bog'laydi.
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
BY YaET (Xalq ta’limining yagona elektron tizimi) | Rasmiy kanal
![](https://photo2.tgoop.com/u/cdn4.cdn-telegram.org/file/fOGGMvPxbTwUmiZJJUSGeuxxuiieMbdSeQgHqqMSdsdkWRDSuni3AhSY6WJESvmkWB01WZg0piYoGA21IkULWalxNyfVyNgZ8I5R-K0dZ4UwWpGvTRiMAIBg0lyCIFccknrpMUs0ljCPPRjitf_0XF4IAqA5Com0yVAEXZ-olLLkRxKeOENa2VSAiKN0mq7LUR6cGCEmCyk_ppzDcO4di-Il3dAyEx9yU_rxiMKQhl8ycWyT1baTOa5KYq41WcKyXgBzaXDO0HrG82OKTJxXfS-QCHPVJDs2VF38_KorxdsaNTpVkd9ONvaCqbmFc1A0xvZ70h-MvC-velkD4mXFfA.jpg)
Share with your friend now:
tgoop.com/erpmaktabuz/67