tgoop.com/fargonatumanihokimligi/20195
Last Update:
Fargʻona tumanida "otaliqqa" olingan yoshlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi
Majburiy ijro byurosi Fargʻona tuman boʻlimi tomonidan oʻziga biriktirilgan yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, ularning muammolari eshitildi.
Tuman boʻlimi oʻrinbosari oʻtkazilgan muloqotda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan bugungi kundagi davlat siyosati zamirida yoshlarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik, ularga zamonaviy bilim berish va iqtidorini rivojlantirish mujassam ekanini qayd etib, bugun yoshlar kelajagi bilan bogʻliq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega boʻlib turganiga eʼtibor qaratdi.
Muloqot davomida yoshlar tomonidan yoʻllangan murojaatlar boʻlim tomonidan nazoratga olinib, ijrosini ijobiy hal etish maqsadida masʼul tashkilotlarga yoʻnaltirish choralari koʻrildi.