tgoop.com/fargonatumanihokimligi/20199
Last Update:
"Yong‘in xavfsizligi oyligi" munosabati bilan Farg‘ona tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan joylarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etishi yuzasidan profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.
Jumladan, Farg'ona tumani "Mashal" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 48-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida o'qituvchi va o'quvchilar bilan is gazidan zaxarlanish hamda kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish maqsadida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi hamda o‘quvchilarga videoroliklar namoyish etildi.
Targ‘ibot tadbiri davomida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, yoʻngʻin kelib chiqishi mumkin boʻlgan holatlarni oldini olish, yongʻin sodir boʻlganda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar boʻyicha tushuncha va koʻnikmalar berildi. Olib borilgan profilaktik tadbirlarda eslatma va bukletlar tarqatilib barcha yoshlar faol bo‘lishiga chaqirildi.