tgoop.com/ferganasoliq/6961
Last Update:
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Moʻtabar onaxonlar, aziz opa-singillar!
Barchangizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan o‘z nomimdan va Farg‘ona viloyati soliq xizmati organlarining ko‘p sonli jamoasi nomidan samimiy tabriklayman.
Ayol jamiyat gultoji, millat tarbiyachisi. Uning mehr-muhabbati navnihollarni, ertamiz egalarining unib-o‘sishiga, kamol topishiga sabab bo‘ladi. Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi. Xotin-qizlarni e’zozlagan, qadrlagan yurtning esa buguni va ertasi shubhasiz farovondir. Ayollarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va, albatta, shunday bo‘lib qoladi.
Fursatdan foydalanib, barchangizga oilaviy baxt-saodat, sihat-salomatlik va xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman!
Bahor va nafosat bayrami muborak bo‘lsin, dilbar ayollar!
Ehtirom ila,
Maqsudxon Mamatxanov,
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i
BY Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

Share with your friend now:
tgoop.com/ferganasoliq/6961