tgoop.com/fixayati/49577
Last Update:
Maylimi?
🌝 Semirib, ozish uchun ming bir usullarni qo'llab, oldingizda xijolat tortib turganimda "Buncha semirib ketding-e-e-e” demasdan, “Menga qanday bo'lsang, shunday yoqasan, bo'g'irsoq" deb ayting, Maylimi?
🌝 “Xotin”, "O‘", "Ey", "Hey", "Fisht" deb chaqirmang. “Erkatoyim”, “kichkintoyim”, “moychechagim”, “malikam” deb ismimni ayta qoling, Maylimi?
🌝 Kasal bo'lganimda "Kasaldan boshing chiqmaydi" deb iddao qilmang. “Shu dorilarni ichib ol”, “Allohim suygan bandalariga dard beradi" “ko'rmaganday bo'lib ketasan” deb gaplaringiz bilan tuzatib yuboring, Maylimi?
🌝 Shunday bo'lingki, ba'zi ayollarga o'xshab "Sizga tegib nima ko'rdim, peshonam buncha sho'r bo'lmasa" deb ko'z yoshlarimni to'kmay, Maylimi?
🌝 Xato qilib qo'ysam, jahlingizni chiqarsam, urib, so'kib sochlarimdan sudramang. Yaxshi gaplar bilan tushuntirib, "O'zing aqllisan-ku, onashim" deng, Maylimi?
🌝 Menga "Soching uzun, aqling kalta" demang. “O'qi, izlan, rivojlan. Oldimda olima ayol turishini xohlayman” deya menga bir uy kitoblar olib kelib bering“, Maylimi?
🌝 Yig'lasam, "Asabimini buzma uvullab" demang. "Yig'lamagin, yagonam, har bir to'kkan ko'z yoshing uchun Allohdan so'ralaman" deng, Maylimi?
🌝 Meni Alloh uchun, qariligimda ham, betobligimda ham, chiroyim ketganida ham seving, Maylimi?
@fixayati 🌷
BY 🌱
Share with your friend now:
tgoop.com/fixayati/49577