tgoop.com/flutter_notes_bek/191
Last Update:
Adapter pattern.
Bu pattern - mos kelmaydigan interfeyslarga ega obyektlarning birgalikda ishlashiga imkon beradi. U buni mijozga mos interfeysni taqdim etadigan obyekt (adapter) ichiga kerakli obyektni (adaptee) o'rash orqali erishadi. Bu pattern vositachi bo'lganligi sababli, Adapter-ni ba'zan "Wrapper" deb ham atashadi.
Qisqacha qilib aytganda Adapter bu ikki turli tilda gaplashadigan inson o'rtasidagi tarjimon deyish mumkin.
Adapter-ning 2 turi mavjud:
1. Sinf adapteri - vorislik (inheritance) orqali sinf irarxiyasidan foydalandi (subclassing) va asosan ko'p vorislilikni qo'llab quvvatlaydigan C++ kabi tillarda ishlatiladi.
2. Obyekt adapteri - kompozitsiya (composition) yani sinf obyektini o'z ichida saqlash orqali kerakli funksionallikni taqdim etadi.
Manbalar:
1. Book : Link
2. Article : Link
3. Article : Link
4. Medium : Link
BY Flutter Notes

Share with your friend now:
tgoop.com/flutter_notes_bek/191