tgoop.com/geopolitikauz/216
Last Update:
Qirgʻiziston prezidenti maʼmuriyatining xabar berishicha, 2-iyun kuni Choʻlponota shahrida “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” sammiti boʻlib oʻtadi. Eʼtiborlisi, sammitda Shavkat Mirziyoyev, Qasim-Jomart Toqayev bilan birga Emomali Rahmon ham ishtirok etadi.
Bu oʻtgan yilning kuzida yuz bergan chegaradagi qonli toʻqnashuvlardan soʻng Tojikiston prezidentining ilk bor Qirgʻizistonga borishidir. Yodingizda boʻlsa, ayni toʻqnashuvlar boshlangan payti Qirgʻiziston va Tojikiston prezidentlari Samarqandda ShHT sammitida qatnashayotgan edi.
Endilikda xabar qilinishicha, prezident Sadir Japarov 2-iyun kuni oʻtadigan sammit doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishni rejalagan. Kuzatuvchilar mazkur uchrashuvlardan chegaraga oid hal qiluvchi kelishuvlarni kutmoqda.
Suratda: 2022-yil oktyabrida Ostonada oʻtgan birinchi “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” sammiti.
BY Geopolitika.uz
Share with your friend now:
tgoop.com/geopolitikauz/216