GEOPOLITIKAUZ Telegram 224
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Koreya tashuvchi kosmik raketa uchirganidan xavotir bildirganini koʻpchilik kutilmagan yangilik sifatida qabul qildi. Vazirlikning 31-may kungi xabarida shunday deyiladi:

“Ushbu holat Koreya yarim orolidagi keskinlikning yanada kuchayishiga olib keladi. BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq ommaviy qirgʻin qurollarining barcha turlarini sinovdan oʻtkazishdan bosh tortilishi tarafdorimiz”.

Keling, avval, Oʻzbekistonni xavotirga solgan raketa oʻzi nima boʻlganiga nazar tashlaymiz.

Chorshanba kuni Shimoliy Koreya uchirgan kosmik raketada avvalroq xalqaro ekspertlarni tashvishga solgandek yadroviy yoki boshqa ommaviy qirgʻin quroli emas, balki harbiy josus sunʼiy yoʻldosh boʻlgan. Raketa maqsad qilingandek Yer orbitasining quyi qismigacha yetib borolmay, Sariq dengizga qulagan.

Raketaning uchirilishi Janubiy Koreya va Yaponiyada ommaviy trevoga tizimini ishga solib yuborgan, koʻplab insonlar telefoniga zudlikda bombapanohlarga yashirinish toʻgʻrisida ogohlantirish kelgan.

Shimoliy Koreya davlat matbuoti raketa uchirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlanganini tan olgan, avariya sabablari oʻrganilayotganini maʼlum qilgan.

Xoʻsh, oʻzi rasmiy Pxenyan uchun josus sunʼiy yoʻldosh nega kerak?

Raketa kutilmaganda uchirilmagan. Hafta boshida Pxenyan 31-may va 11-iyun oʻrtasida oʻzining josus sunʼiy yoʻldoshini orbitaga chiqarishni rejalashtirayotganidan qoʻshni davlatlarni ogohlantirgan. Ammo koʻpchilik ekspertlar bu ommaviy qirgʻin qurolini tashuvchi navbatdagi qitʼalararo ballistik raketa (QBR) boʻlishi mumkinligidan tashvish bildirgan. Sababi shu vaqtgacha Sh.Koreya sunʼiy yoʻldosh bahonasi bilan ana shunday QBRlarni test qilib koʻrgan edi.

Lekin bu safar Sh.Koreya chindan josus sunʼiy yoʻldosh uchirgani maʼlum boʻldi. Bunday yoʻldosh esa Pxenyan uchun AQSh va Janubiy Koreya qurolli kuchlari harakatlarini doimiy kuzatib turish, urush yuz bergan taqdirda, fazoda oʻz “koʻzi”ga ega boʻlish yoʻlida kerak.

Odatdagidek, AQSh va uning mintaqadagi ittifoqchilari hamda bu safar Oʻzbekiston Sh.Koreyaning bu harakatini qoralab chiqqan, Kim Jong-un rejimidan BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalariga amal qilishni talab qilgan.

Josus sunʼiy yoʻldosh nega xavotirga sabab boʻldi?

Ekspertlar sunʼiy yoʻldoshning oʻzi emas, balki uni Yer orbitasiga olib chiqishga uringan tashuvchi raketada qoʻllanilgan texnologiyadan tashvish bildirgan. Sh.Koreya bu safar noodatiy tarzda raketa toʻgʻrisida batafsilroq maʼlumot eʼlon qilgan. Aytilishicha, Chollima-1 nomini olgan yangi turdagi raketa Malligyong-1 nomli harbiy josus sunʼiy yoʻldoshni tashishga harakat qilgan.

Xalqaro ekspertlar raketada, katta ehtimol bilan, QBRda qoʻllaniladigan dvigatel ishlatilgan, degan xulosa bergan. Bu esa Sh.Koreya yadroviy dasturiga nisbatan BMT Xavfsizlik Kengashi qabul qilgan rezolyutsiyalar talablariga ziddir.

Bu birinchisi emas.

Sh.Koreya fazoga harbiy josus sunʼiy yoʻldoshlarni ilk bor chiqarishga urinmayapti. 1998, 2012 va 2016-yillarda ham shunday urinishlar amalga oshirilgan, bir qancha kichik sunʼiy yoʻldoshlar orbitaga chiqishga muvaffaq boʻlgan ham. Ammo razvedka maʼlumotlariga koʻra, zamonaviy texnologiya ishlatilmaganidan ularning hech biri kerakli maʼlumotlarni Yerga yubora olmagan.

Oʻzbekiston ham Pxenyan tomonidan raketa uchirilishidan ilk bor xavotir bildirmayapti – 2012-yilda rasmiy Toshkent ayni shunday harakatni qoralab chiqqan, Sh.Koreyani xalqaro majburiyatlariga amal qilishga chaqirgan edi.

Sh.Koreya esa tez orada josus sunʼiy yoʻldoshini orbitaga olib chiqishga yana harakat qilishini taʼkidlagan. Kim Jong-unning singlisi Kim Yo Jong esa kattagina bayonot eʼlon qilib, Sh.Koreya oʻz sunʼiy yoʻldoshiga ega boʻlishga haqli ekani hamda mamlakatga nisbatan qabul qilingan QBR texnologiyasidan foydalanishni taqiqlovchi BMT rezolyutsiyalarini tan olmasligini taʼkidlagan.

tgoop.com/geopolitikauz/224
Create:
Last Update:

BY Geopolitika.uz

Share with your friend now:
tgoop.com/geopolitikauz/224

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Informative Public channels are public to the internet, regardless of whether or not they are subscribed. A public channel is displayed in search results and has a short address (link). The best encrypted messaging apps Hui said the messages, which included urging the disruption of airport operations, were attempts to incite followers to make use of poisonous, corrosive or flammable substances to vandalize police vehicles, and also called on others to make weapons to harm police. Content is editable within two days of publishing
from us

Telegram Geopolitika.uz
FROM American