tgoop.com/gippokamp/347
Last Update:
#Dermatologiya
Stivens-Jonson sindromi (SJS)
Stivens-Jonson sindromi (SJS) - teri va shilliq qavatlarni shiksatlanishi bilan kechuvchi o'tkir allergik tabiatli kasallik bo'lib, teriga pufakli toshmalar toshishi va epidermis qavatlarining ko'chishi bilan xarakterlanadi.
SRS ni triggerlovchi asosiy omil bu dori vositalari (ayrim antibiotiklar, antiepileptiklar) hisoblanadi.
Kasallik isitma, mushak va bo'g'imlarda og'riq bilan boshlanadi. Keyin esa terida vezikobullyoz og'riqli toshmalar toshib eroziyalanishlar kuzatiladi.
Kasallikka tashxis qo'yish klinik belgilar asosida bo'ladi, biroq tashxisni qo'shimcha tasdiqlash yoki boshqa vezikobullyoz toshmali kasalliklarni inkor qilish uchun biopsiya ham qo'llanilishi mumkin.
Davo chorasi sifatida trigger preparatlar qabulini to'xtatish o'ta muhim va xuddi kuyishlarda qo'llanilgani kabi infuzion terapiya, jarohat parvarishi va og'riq qoldiruvchi yordamchi terapiya qo'llaniladi.
SJS da gipovolemik va septik shok bilan bog'liq holda o'lim ko'rsatkichi yuqori, ayniqsa bu ko'rsatkich kasallik toksik epidermal nekroz (TEN) bilan kechganda yana ham ortadi.
Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp