tgoop.com/gippokamp/356
Last Update:
#Gastroenterologiya #Infeksionkasalliklar
Spontan bakterial peritonit
Assit o'g'ir jigar kasalliklarida, qachonki jigarda bosim ortsa (portal gipertenziya) va uning funksiyasi buzilib, qondagi albuminlar va boshqa oqsillarning darajasi kamayganda yuzaga keladi. Spontan bakterial peritonit esa qachonki ichaklarda normal yashaydigan bakteriyalar qorin bo'shlig'iga tushsa va assit infeksiyasiga sabab bo'lsa yuzaga keladi. Bunday hollar o'gir jigar kasalliklarida sodir bo'ladi, chunki immun tizimining reaksiyasi susayadi va ichakdagi bakterial muhit o'zgaradi. Ichakdagi yallig'lanish uning germetikligi buzilishiga olib keladi va ichak bakteriyalari tomonidan tananing boshqa mikroblardan xoli bo'lgan qismlari zararlanishiga sabab bo'ladi.
Spontan bakterial peritonitning eng asosiy simptomlari isitma, qaltirash va qorinda og'riq hisoblanadi. Ayrim bemorlarda es-hushning buzilishi ham kuzatilishi mumkin. Shuningdek, asimptomatik kechishi ham mumkin. Assit bilan namoyon bo'lgan o'gir jigar kasalligi mavjud bo'lgan va es-hushning buzilishi yoki buyrak-jigar funksiyasining buzlishi natijasida gospitalizatsiya qilingan har qanday bemorlarni spontan bakterial peritonit uchun tekshiruvdan o'tkazish zarur.
Spontan bakterial peritonit o'tkazgan bemorlarda uni yana qaytalanish xavfi bo'ladi. Spontan bekterial peritonit o'tkazgan yoki assit suyuqligida oqsilning darajasi juda past bo'lgan yuqori xavf guruhidagi bemorlarda kunlik peroral antibiotiklar buyuriladi. Assit bilan namoyon bo'lgan og'ir jigar kasalligi mavjud bemorlarda qizilo'ngach, oshqozon yoki ichklardan qon ketishi kuzatilsa, spontan bakterial peritonit profilaktikasi uchun albatta 5-7 kun davomida antibiotiklar buyurilishi zarur.
Assitni tuz iste'molini kamaytirish yoki diuretiklar bilan ham davolash mumkin. Og'ir jigar kasalliklari mavjud bo'lgan kishilar oqsilga boy dieta qilishga intilishlari kerak. Mushak massasi yuqotilishiga qarshi sport bilan muntazam shug'illanish ham tavsiya etiladi.
Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp