Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
2 dona juda ham kerakli kitoblar. Va eng asosiysi bizda sotuvda mavjud.

Men ushbu kitoblardan tashqari boshqa dizayn kitoblarni ham ko'rganman va biroz o'qishga ham ulgurgan edim. Lekin ushbu 2 kitobni boshqa dizayn haqidagi kitoblardan ajralib turuvchi qiymatli tarafi - kitobda ko'proq dizayner bo'lib qanday ishlash va yashash haqida bebaho tajribalar keltirib o'tilgan.

Hozircha men "Burn your portfolio" kitobni muntazam mutolaa qilish bosqichdaman. Menga ushbu kitobning birinchi bo'lim nomi juda ham ma'qul kelgan - "Инженеры человеческих душ = inson qalb muhandislari"

Undan so'ng esa "The psychology of graphic design pricing" kitobiga o'tishni prioritet tanlov qilib turibman.

@gulomovdesignblog
#tavsiya #dizayner
Outsource loyihalar uchun tajribali digital dizayner izlamoqda bo'lsangiz

Rasulkhan Ruziboev @rasulkhan_design
Shaxsiy brend, zapusk, smd va turli digital loyihalar uchun tajribali outsource dizayner

@gulomovdesignblog
Forwarded from Sobitov Akhmad
Konseptlar – qiziq narsa, ularni men boshqa vazifalarimdan keyin qachondir amalga oshirishni kutib, ungacha doim o‘zimda saqlab, o‘sha high time kelishini poylab yurolmas ekanman. Ayniqsa, orasida hammaga foydali, ijtimoiy konseptlar bo‘lsa.

Bugundan boshlab kanalimda kreativ g‘oyalar, konsepsiyalarini bo‘lishib bormoqchiman. Faqatgina muallifning kim ekanligini ko‘rsatib, havola (reference / credits) berib ketsangiz, yetadi. Men rozi bo‘laman. Kreativchi Ahmad Sobitov rozi bo‘ladi.

Bundan bir yarim yil (1,5 yil) vaqt avval, 2023-yil yanvarida biz @mirzo_zominiy bilan o‘zaro g‘oyalar va loyihalar konsepsiyalarini muhokama qilganimizda, ko‘zi ojiz yoki ko‘rishda nuqsoni bor bolajonlarning so‘zlari bilan ular tasavvur qiladigan dunyoni Midjourney va AI (SI, sun’iy idrok) orqali jonlantirishni, keyinchalik esa ularni chop etib, xayriya kimoshdisiga qo‘yishni, tushgan mablag‘larni bolajonlarning o‘ziga yo‘naltirishni o‘ylagandik, xayrli maqsad qilgandik.

Yuqorida yozganimdek, xayolimdagi g‘oyalarni do‘stlarim, ba’zi yaqin hamkasblar orasida samimiy muhokama qilaman, bo‘lishaman, fikrlarni eshitaman, amalga oshirish uchun biroz vaqt yetmay qolishi mumkin bo‘ladi xolos. Endi esa uni sizlar bilan ham shu yerda baham ko‘rib bormoqchiman. Kim ularni amalga oshirsa, chin dildan xursand bo‘laman.

#akhmadconcepts
Shaxsiy brendga dizayn tizim kerakmi?
Ovozli suhbat (hozir)

Grafik dizaynerlar
Alibek Azimov | Ulug'bek Yusupov

Bu havolaga o'ting:
https://www.tgoop.com/alibekzimovv?livestream
Grafik dizayner va moushn dizayner qidirilmoqda / Space marketing

Vakansiya ma'lumotlari izohlarda.
Rus tilini bilish tavsiya etiladi.

@gulomovdesignblog
Forwarded from Marketolog Ravshan
Musiqa eshitmasdan yuguring.

Ovqatlanyotganda kino yoki koʻrsatuv koʻrmang.

Jismoniy ish, mashq koʻproq qiling.

Nega?

Bizning miyyamiz zerikkandagina unga yaxshi gʻoyalar keladi. Uni doimiy tarzda band qilib yurish sizni kreativligingizni oʻldiradi. Kino koʻrish, musiqa eshitish orqali esa siz miyyangizni band qilasiz. U usha musiqa yoki kinoda berilayotgan ma’lumotni qayta ishlash bilan band boʻladi.

| @marketologravshan
Dizayn haqidagi kitoblarni nega bizni tilga tarjima qilingan versiyalari haligacha deyarli yo'q ekanligi yoki umuman mavjud emasligini sabablari nima deb o'ylaysiz?

@gulomovdesignblog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu sababli ham kitob yo'nalishida amalga oshirish o'zini oqlamaslik natijasi yuqoriroq bo'lib qolaveradi.

Hozircha eng optimal yo'l kamida rus tilini o'rganib yuborish bo'lmoqda. Ham kitoblar tarafdan muammo yo'q, ham rus tilini bilishni so'rovchi mijoz va ishxonalar ham hal bo'ladilar.


Aytgancha yangi kelayotgan hafta shanbasida hashar bo'lmoqda.
https://www.tgoop.com/HasharDesignChat/1420

@gulomovdesignblog
Hamma yerda shovqin bo'lib ketdi.
Durovni yangi loyihasiga logo dizayn tayyorlash uchun bugun brif qilishimiz kerak edi. Shu sababli Toshkentga birrovga kelib ketishini so'ragan edim.

@gulomovdesignblog
Ratsional yoki emotsioanal fikrlash, qay biri kuchliroq ta'sirga ega? Ikkisi ham o'ziga yarasha ta'sir kuchiga ega.

Pepsi mahsuloti 10 so'm (brendi mavjud ekanligini inobatga olib)

Uning raqobatchisida esa ushbu mahsulot 6 so'm (brendi hali yangi ekanligini inobatga olib)

Potensial istemolchilar ko'proq % da Pepsi tanlashga moyil bo'ladilar. (shuncha yillik shakllanib kelgan brend ta'siri, emotsional fikrlash sababli)

Lekin agar mahsulot muzlatgichda bo'lmasa yoki svet o'chib qolib ichimliklar isib qolgan bo'lsa, ushbu brend mahsulotning pullik qiymati 0 so'mga teng bo'lib qoladi. Ya'ni sotib olinmaydi. (ratsional fikrlash sababli)

Boshqa brend mahsulotlar bilan o'xshash holatlarni o'ylagan bo'lsangiz, izohlarda ulashib o'tsangiz
@gulomovdesignblog
Formulani saqlab qo'ying

1. Faqat logotipni o'zini tayyorlash - 100 so'm.
2. Logotip bilan birgalikda dizayn sistema ishlab chiqish 500 so'm
3. Tayyorlangan ishlarni to'liq (print va digital holatlarda) realizatsiya qilib berish 1000 so'm.

Shu kabi buyurtmalarni ko'paytirish uchun:
4. Tayyorlangan ish haqida taqdimot va taklif beruvchi reels video olish 50 so'm
5. Sahifaga joylab unga professional target yoqish 50 so'm

@gulomovdesignblog
2-Bosqich (dizayn sistema ishlab chiqish) alohida e'tibor bering.

Ushbu qo'shimcha xizmat sizga loyihangizni yanada balandroq narxga sotishdan tashqari, sohamizning haqiqiy ilm fan bosqichi deb olsak bo'ladi. Sababi ayni ushbu bosqichda tayyorlagan logotipingizdan qanday foydalanish yo'llari, qo'shimcha qanday vizual uslublar kombinatsiya qilish mumkin ekanliklarini testlaysiz, ustida vizual tadqiqotlar olib borasiz. O'sish va rivojlanish uchun katta hissa qo'shilib boradi.

@gulomovdesignblog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ertaga hashar bor ekanligi yodingizda deb o'ylayman. Oflayn tadbirlar bizda juda kam tashkil qilinuvchi formatlardan.
Kelinglar.

Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish kerak bo'ladi.
2024/06/28 19:06:46
Back to Top
HTML Embed Code: