Telegram Web
siz_kutasiz
<unknown>
Halima Xudoyberdiyeva
@Halima_Xudoyberdiyeva_ijodi

🎙 Rayhonabonu Obloqulova
Forwarded from Madaniyat va ma'rifat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Halima Xudoyberdiyeva she’ri Feruzabonu Abdurahmonova ijrosida

📺“Qaqnus”

Kanalga ulaning: 👉 @mm_telekanal
Forwarded from Rustam MIRVOHID ijodi
Yondirma_qayta
<unknown>
"Oʻchgan oʻtni yondirma qayta,
Yomon... Yomon uning yonishi"

Betakror shoiramiz Halima Xudoyberdiyeva
@Halima_Xudoyberdiyeva_ijodi

🎙Sohir ovoz sohibasi Obloqulova Rayhonabonu
@sokin_qalb_0823 💞
Audio
Halima XUDOYBERDIYEVA✍️

𝐒𝐎𝐋𝐈𝐇𝐀𝐁𝐄𝐆𝐈𝐌🎙
Halima Xudoyberdiyeva
Sevimli shoiramiz Halima Xudoyberdiyevaning suyukli jiyanlari (singillarining nabiralari) Azizbek Jo‘rayevning go'zal ijod namunalaridan sizlarga ulashib boramiz. Ma‘qul kelsa "Laik, reaktsiya" bilan qo'llab-quvvatlab yuborasizlar. Sizlarga yoqsa xursandmiz.
Bu yigit ustoz Halima Xudoyberdiyevaning o‘zlaridan maqtov, olqish olgan. "Kelajakda hali katta ijodkor bo'lib ketadi" degan ekanlar. Azizbek Jo‘rayevga Sherali Jo‘rayev ijodi kabi yuksak ijodiy parvoz tilab qolamiz!
O'ZBEKISTON
Vatanim manim

©Abdulla Oripov

🎙Azizbek Jo‘rayev

@Halima_Xudoyberdiyeva_ijodi
MUSTAHZOD
AZIZBEK
Mustahzod

🎙Azizbek Jo‘rayev

@Halima_Xudoyberdiyeva_ijodi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙️Nilufar Bo‘riyeva
📝Halima Xudoyberdiyeva

@Bilganimiz
Audio
Kutdim....kutdim...

Halima Xudoyberdiyeva
🎤Shaxzoda Orifjonova
Forwarded from Madaniyat va ma'rifat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Iltimosim, qayta yozma xat,
Oʻynatmasin yurakni nido.
Biz bir fursat boʻlganmiz ulfat,
Va manguga aytganmiz vido.

Halima Xudoyberdiyeva sheʻri Mahliyo Asqaraliyeva ijrosida!

📺“Qaqnus”

@mm_telekanal
* * *

Bu besh kunlik dunyo deb
Dunyo g'amin yeydilar.
Shu besh kunning ichida
Bir-birlarin so'ydilar.

Bu besh kunlik dunyo deb
Dunyo g'amin yeydilar.
Shu besh kunda Nasimiy
Ko'zlarini o'ydilar.

Besh kunning og'ir toshi
Bosdi. Yanchildik, dod-a?
Shunda Husaynning boshi
Kesildi Karbaloda.

Shunda yiqilib, tizlab
Toyib, issiq qonlarda
Payg'ambari azizlar
Qoldi tosh bo'ronlarda.

Havzi Kavsar ochganni
Tomchi suvga zor qildi.
Mangu Balogardonni*
Besh kun dunyo xor qildi.

Men qanday dil berayin,
Yuragimda ming bir dog'.
Mening taqdirim tayin -
Ketgunimcha jim ketmoq!

Bu besh kunlik dunyo deb
Dunyo g'amin yeydilar.


Balogardon - Bahouddin Naqshband


24 noyabr
2004
BAYROQNI BERMASDAN

Topilarmi yurt deb chopadiganlar,
Ochilsa, ustini yopadiganlar?
Yana, bu g'amdiyda, qora tuproqni
Onasin yuziday o'padiganlar?

Xudo ko'rsatmasin
Mabodo, agar
Minglagan yov kelsa to'zib par kabi,
Ular yashirinmasmi pana-panaga
Xavf sezgan kalamush,
Sichqonlar kabi.

Go'dakday ko'zlarin ketmasmi yoshlab
Chekinib to'qlari, gadolari-da?
Yo'lbarsday lashkarni ketarmi boshlab
Barsiy o'kirik-la, sadolari-la?

Moziy-ku Vatanga yuzlab shon berdi,
Bormi bu kunlar ham shon beradigan?
Mabodo yov kelsa,
Kubrolar yanglig'
Bayroqni bermasdan... jon beradigan?!
Bormi?!


3 dekabr
2004
***
Oʻchgan oʻtni yondirma qaytib,
Yomon...Yomon uning yonishi.
U qizishib gullagan paytda,
Mushkul uni oʻchirmoq ishi.

Iltimosim, qayta yozma xat,
Oʻynatmasin yurakni nido,
Biz bir fursat boʻlganmiz ulfat,
Va manguga aytganmiz vido.

Aybdor senmi yo men gunohkor,
Surishtirmoq paytimas doʻstim.
Yoz-u? Bizning dilga choʻkkan qor,
Dil qorini kim koʻribdi kim?

Koʻnikkanman endi bariga,
Endi men shod qoʻshiq aytaman.
E'tiqodim zanjirlariga,
Zarb tekkizma endi qaytadan.
Kech gullagan ekinlar sovuq
Izgʻirindan boʻladilar nobud.
Qayta yoqma sen ham oʻtni,
Yoʻq...Kul qiladur bizlarni u oʻt.

Halima Xudoyberdiyeva
🎙 Gulmira Abduqaxxarova
@gulmiras_blog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Шунчаки ёзмоққа, кўнгил тўлмайди,
Шунчаки ёзмоққа бормайди қўлим.
Шунчаки ёзганга чидаб бўлмайди,
Шунчаки ёзмоқ, бу – шоирга ўлим.

Ҳалима Худойбердиева шеъри
Илҳом Абдураҳимов ўқиди.

«Қақнус»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ЭШҚОБИЛ ШУКУР ижоди (Aripov Azizbek)
АЙРОЛИҚ

Менинг даҳоларим ўтди оламдан,
Узлатга чекинди мағлуб дўстларим.
Заминдан юлиниб қолган ҳужрамда
Ой билан сўзлашиб йиғлар кўзларим.

Бир ошно излайдир девона дилим,
Қай тараф қарасам туман, залолат.
Куйган юрагимга етмайдир қўлим,
Етмайди ўзимга ўздан маломат.

Қайда дил товушин тинглар бандалар?.
Бир вола қайтмади кетган ноламдан.
Ер остида тинчлик, ер усти хатар,
Менинг даҳоларим ўтди оламдан.


✍️ Эшқобил ШУКУР
1989

@Eshqobil_Shukur_ijodi
Forwarded from Guljamol Asqarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Раҳима Худойбердиева ижросида "Найлайин".

Боёвут.
BILMASLAR

Ko'rdim qishloq, go'zal shaharlar ko'rdim,
Ohorlari ketib borar, bilmaslar.
Jamalaksoch pari-paykarlar ko'rdim,
Bahorlari ketib borar, bilmaslar.

Tugmak bo'lsa yetmas belbog' uchlari,
Dunyo molin mahkam tishlar tishlari -
Bog'larining shirinzabon qushlari -
Olqorlari ketib borar, bilmaslar.

Otlari-ya, qorabayir otlari
Gijinglaydi, deb o'ylasam, dodladi.
Yoli bo'ron bo'lganligin yodladi -
Shunqorlari ketib borar, bilmaslar.

Kuzatib bu dunyoning o'r-qirini,
Bilmay qoldim kelmak, ketmak sirini.
Yolg'on yorlar yalashib bir-birini,
Chin yorlari ketib borar, bilmaslar.

Charsillagan bir o't yonar ichimda,
Men she'r aytsam, aytmadim til uchinda.
Bu talato'p, quv-quv, chop-chop ichinda,
Halima ham o'tib borar, bilmaslar.



БИЛМАСЛАР

Кўрдим, қишлоқ, гўзал шаҳарлар кўрдим,
Оҳорлари кетиб борар, билмаслар.
Жамалаксоч пари – пайкарлар кўрдим,
Баҳорлари кетиб борар, билмаслар.

Тугмак бўлса етмас белбоғ учлари,
Дунё молин маҳкам тишлар тишлари,
Боғларининг ширинзабон қушлари,
Олқорлари кетиб борар, билмаслар.

Отлари-я, қорабайир отлари
“Гижинглайди”, деб ўйласам, додлади,
Ёли бўрон бўлганлигин ёдлади,
Шунқорлари кетиб борар, билмаслар.

Кузатиб бу дунёнинг ўру қирини,
Билмай қолдим келмак, кетмак сирини,
Ёлғон ёрлар ялашиб бир-бирини,
Чин ёрлари кетиб борар, билмаслар.

Чарсиллаган бир ўт ёнар ичимда,
Мен шеър айтсам, айтмадим тил учинда,
Бу талотўп, қув-қув, чоп-чоп ичинда
Ҳалима ҳам ўтиб борар, билмаслар.


«Буюк қушлар» китобидан

Ҳалима Худойбердиева

@Halima_Xudoyberdiyeva_ijodi
2024/09/21 09:36:13
Back to Top
HTML Embed Code: