Telegram Web
"OMMAVIY DIKTANT" SAVODXONLIK TADBIRI O‘TKAZILDI

Bugun shahrimizdagi idora va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida “Ommaviy diktant” savodxonlik tadbiri o‘tkazildi. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi shahar Kengashi, shahar hokimligi hamkorligida tashkil qilingan mazkur tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari J.G‘aniev, Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha hokim maslahatchisi J.Sherovlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida tashkilot xodimlari tanlangan mavzu yuzasidan diktant yozib o'z savodxonliklarini namoyon etdilar.

Savodxonlik tadbiri yakuniga ko‘ra faol ishtirok etib, belgilangan tartib asosida yozilgan diktant muallifi shahar Veterinariya bo‘limi xodimi faxrli 1- o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Yoshlar ishlari bo‘limi xodimi 2- hamda Tibbiyot birlashmasi xodimi 3-o‘rinni egalladi.
G‘oliblarga shahar hokimligining faxriy yorlig‘i va sovg‘alari taqdim etildi.


Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.
Forwarded from Narpay.uz | Rasmiy kanal
🇺🇿“Ommaviy diktant” savodxonlik tadbiri bo‘lib o‘tdi

📅2025-yil 28-may kuni tumandagi tashkilot, korxona va muassasa rahbar hamda xodimlari o‘rtasida yozma savodxonlikni targ‘ib qilish maqsadida “Ommaviy diktant” aksiyasi tashkil etildi.

🤝Ushbu tadbir tuman hokimligi hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashi hamkorligida o‘tkazildi.

🖊Ishtirokchilar diktant yozib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Aksiya yakunida yuqori natijalarga erishgan xodimlar tuman hokimligi maxsus diplamlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzatib boring, birinchilardan bo'ling!

|Telegram| |Facebook| 🌐|Instagram| |Telegram| 🌐|Veb sayt|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from PAYARIQ TUMANI HOKIMLIGI (Рамазон)
Rahbarlar nega diktant topshirdi?

Payariq tumani hokimligi hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman kengashi hamkorligida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbar hamda o‘rinbosarlari ishtirokida “Ommaviy diktant” savodxonlik aksiyasi tashkil etildi.

 Ushbu aksiyada tumanning 155 nafar rahbar xodimlari diktant topshirdi. Buni tashkil etishdan maqsad rahbar xodimlarni ish faoliyati davomida davlat tilida ish yuritishi, so‘zlarni to‘g‘ri va aniq qo‘llashiga o‘rgatishdan iboratligi ta’kidlab o‘tildi.  

Hakamlar hay’ati tomonidan eng namunali deb topilgan  ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish:
👇👇👇
📱Telegram   📱Instagram
📱Facebook 🌍Veb-Sayt
2025/07/12 18:38:33
Back to Top
HTML Embed Code: