Telegram Web
Forwarded from Nurobod tumani hokimligi
Nurobodda "Ommaviy diktant" savodxonlik aksiyasi o'tkazildi

Bugun Nurobod tumanida davlat tashkilotlari va korxonalari xodimlari orasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ'ib qilish maqsadida Nurobod tumani hokimligi hamda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Nurobod tumani Kengashi hamkorligida "Ommaviy diktant" savodxonlik aksiyasi o'tkazildi.

Unda xodimlar tanlangan matn asosida diktant yozib, davlat tilida yozish ko'nikmalari va savodxonliklarini sinovdan o'tkazib olish imkoniga ega bo'lishdi.

Yakunda eng yuqori natijalarni qayd etgan va turli nominatsiyalarda g'oliblikni qo'lga kiritgan xodimlar tuman hokimligining diplom va maxsus esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

©️ @nur_press
Forwarded from Bulung'ur.uz
⚡️“Ommaviy diktant” savodxonlik aksiyasi bo‘lib o‘tdi

🔰 2025-yil 28-may kuni Bulung'ur tumanidagi tashkilot, korxona va bo‘lim rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari hamda xodimlari o‘rtasida yozma savodxonlikni targ‘ib qilish maqsadida “Ommaviy diktant” aksiyasi tashkil etildi.

🖊 Unda ishtirokchilar diktant yozib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Aksiya yakunida yuqori natijalarga erishgan xodimlar tuman hokimligi hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashi tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

📌 Tadbir jamiyatda savodxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

✍️ G‘ayratjon Shamanov,
tuman hokimining maslahatchisi.

Ulaning va ulashing:
Web-sayt •  Facebook •  Telegram •  Twitter •  YouTube •  Instagram
📌 Davlat xizmatchilarining savodi sinovdan o‘tdi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevralda qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Ommaviy diktant” savodxonlik tadbiri o‘tkazildi.

23-umumta’lim maktabida tashkil qilingan tadbirda tashkilot rahbarlari, o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollari ishtirok etdi. Eng yaxshi natija qayd etgan ishtirokchilar e’tirof etildi.

Xususan, qurilish va uy-joy kommunal bo‘limi boshlig‘i Sohib Vafoyev 1-o‘rinni, “Milliy bank” tuman filiali xodimi Lola Qo‘ziyeva 2-o‘rinni, Sanepidqo‘mita tuman bo‘limi xodimi Mehroj Ernazarov 3-o‘rinni egalladi.

Gʻoliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ulaning va ulashing:
🌐Veb-sayt |Facebook |
Telegram |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/12 14:38:39
Back to Top
HTML Embed Code: