🔰 “Samarqand viloyati joy nomlarining izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
🔵 Joriy yilning 17 aprel kuni viloyat Axborot-resurs markazida Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda viloyat hokimligi tashabbusi bilan nashr etilgan lug‘at taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
🟢 Unda keng jamotchilik, soha mutaxassislari, yetakchi olimlar, filolog, geograf, tarixchi professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
🟡 Taqdimotda viloyat hokimining maslahatchisi Sh.Temirov, professor S.Karimov, “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri F.Toshevlar so‘zga chiqib, lug‘atni tayyorlash jarayoni, undagi ma’lumotlar haqida ma’lumot berishdi.
🟣 Tadbir yakunida lug‘atni nashrga tayyorlashda jonbozlik ko‘rsatgan bir guruh professor-o‘qituvchilarga viloyat hokimligining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Forwarded from Samarqand TVR | MTRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQAND YANGILIKLARI | IZOHLI LUG'AT KITOBINING TAQDIMOTI O'TKAZILDI
18.04.2025-YIL
#samarqandmtrk
Telegram | Facebook | Youtube |Admin
18.04.2025-YIL
#samarqandmtrk
Telegram | Facebook | Youtube |Admin
Forwarded from Samarqand TVR | MTRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from PAXTACHI TUMANI HOKIMLIGI rasmiy
Davlat tili talablariga barcha rioya qilishlari shart
Paxtachi tumani hokimligi ishchi guruhi tomonidan M-37 Xalqaro magistral avtomobil yo‘lida mavjud bo‘lgan tadbirkorlik subyektlaridagi reklamalar “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga rioya etilishi o‘rganilib, belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan, davlat tilida bo‘lmagan va shaharsozlik qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan barcha tashqi reklama vositalari joyida bartaraf etildi.
Bugun Paxtachi tumani hokimligi ishchi guruhi tomonidan M-37 Xalqaro magistral avtomobil yo‘lidagi tadbirkorlik subyektlari, bozorlar va savdo obyektlarida noqonuniy o‘rnatilgan reklama bannerlarini tartibga solish bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
O‘rganishlar davomida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlaridagi noqonuniy o‘natilgan, sifati talabga javob bermaydigan hamda davlat tilida yozilmagan reklama vositalari olib tashlanmoqda.
Biz👉 http://myurls.co/paxtachi

Forwarded from Qo‘shrabot.uz | Rasmiy kanal
📌Joylarning nomlanish tarixini bilasizmi?
🏔PANGAT – Qoʻshrabot tumanida tog‘, mahalla, qishloq, qabriston nomi. So‘g‘d tilida pangat – “tepalikdagi, balandlikdagi qoʻrgʻon”, degan ma’noni anglatadi. Bu yerning havosi toza, bahori seryogʻin, yozi salqin, oʻsimliklari shifobaxsh, suvi minerallarga boy boʻlib, koʻplab kasalliklarga davo boʻlganligi uchun mahalliy aholi nutqida “Bu dunyoda Pangat yaxshi - u dunyoda jannat yaxshi” degan maqol ham yuzaga kelgan.
✅T.Nafasov bu so‘zni sug‘d tiliga mansubligini ko‘rsatib, u ikki morfemadan, ya’ni pan+gat dan tuzilganligini qayd qiladi. Birinchi qismi pan-par-bar – “yuqori, baland”. So‘nggi qismi aslida kat – “qo‘rg‘on, hovli, qal’a, ovul, qishloq” boʻlgan, par so‘zi bilan birikib nom yasalgach, so‘nggi davrlarda fonetik oʻzgarishga uchragan: parkat > pargat > pangat. Pangat (parkat) – “yuqori qo‘rg‘on” (qishloq).
📝Manba: Samarqand viloyati joy nomlarining izohli lug‘ati
Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

#bilasizmi
📌Joylarning nomlanish tarixini bilasizmi?
🏔AYMAT – Qo‘shrabot tumani “Toz” MFYdagi qishloq. Turkiy va mo‘g‘ul tillariga oid aymaq/aymoq/aymat so‘zlari xalq ma’nosini bildiradi. Bu so‘z tatar, yoqut tillarida – “qabila, urug‘”; qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq tillarida – “mamlakat, bog‘, el, o‘lka” ma’nosidadir. Mo‘g‘ul tilida aymat/aymoq deyilganda qarindosh oilalar ittifoqi birlashmasi tushunilgan. Aymat so‘zi aslida etnonim bo‘lib, keyinchalik oykonimga aylangan.

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉https://www.tgoop.com/qushrabottumanhokimligi

Forwarded from Pastdarg‘om.uz
Joylarning nomlanish tarixini bilasizmi?
Juma ‒ Pastdarg‘om tumani markazi. Qadimiy hafta hisobida beshinchi kun (jum’a) va ommaviy namoz o‘qiladigan joydagi bozor va uning atrofidagi qishloq.
Jumaboy ‒ Kattaqo‘rg‘on tumanidagi qishloq, mahalla nomlari, Kattaqo‘rg‘on shahridagi qabriston nomi.
Jumashayit ‒ Kattaqo‘rg‘on shahridagi qabriston nomi.