Telegram Web
Forwarded from TIL - MILLAT KO'ZGUSI
💐 Bugun tug‘ilgan kun Obid Tojixonov 💐

💐 10-iyun Samarqand viloyati Ishtixon tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Obid Tojixonov tavallud topgan kun.
💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Obid Numonxonovichni viloyat, shahar va tumanlar hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.
💐 Tumanda davlat tilining rivoji va mavqeyini oshirish borasida olib borayotgan islohotlarini yuksak qadrlaymiz. Obid Numonxonovichga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.

Sherali Temirov,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
#seminar

2025-yilning 12-iyun kuni Namangan viloyatida Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilar uchun Respublika amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Bunda Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi,Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etmoqdi.

Seminarda Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi Sherali Temirov va Samarqand tumani hokimi maslahatchisi Manuchexr Murtazoqulov ham qatnashdi.

Ushbu seminarga Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilarning tajriba almashishini ta’minlash ularning malakasini oshirish va faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish maqsad qilib qo‘yilgan.


Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
Forwarded from Pastdarg‘om.uz
AJDODLARGA MUNOSIB AVLOD BO‘LAYLIK!

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2020–2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi” ijrosini taʼminlash, shuningdek, 30-iyun — “Yoshlar kuni”ga munosib tayyorgarlik ko‘rish va tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida, tuman hokimligi tomonidan 28-son umumtaʼlim maktabida “Men buyuklarga munosib avlod bo‘laman!” shiori ostida savodxonlik aksiyasi hamda ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur tadbirda tumandagi mahallalarning yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar. Tadbir davomida ularning savodxonligini oshirish maqsadida diktant yozdirildi. Shundan so‘ng mahalla yoshlari oldida turgan ustuvor vazifalar, talablar hamda dolzarb masalalar yuzasidan masʼul mutasaddilar tomonidan tushunchalar berilib, tegishli tavsiyalar ilgari surildi. Shuningdek, yoshlar yetakchilarining bu boradagi taklif va fikr-mulohazalari tinglandi.

Tadbir yakunida savodxonlik darajasi bo‘yicha eng yuqori va eng past natija ko‘rsatgan yoshlar bilan alohida ishlash, shuningdek, mahallalarda yoshlarga oid davlat dasturlarining ijrosi va ularni samarali amalga oshirish bo‘yicha muhim masalalarning yechimlari yuzasidan kelishuvga erishildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👉 Samarqandda davlat tili masalalari bo‘yicha seminar o‘tkazildi

🔰 2025-yilning 12-13-iyun kunlari Namangan viloyatida bo‘lib o‘tgan seminarda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, seminar jarayonida o‘zlashtirilgan yangiliklar bilan soha mutaxassislarini xabardor qilish maqsadida 2025-yil 21-iyun kuni viloyat hokimining maslahatchisi Sherali Temirov rahbarligida O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari uchun seminar tashkil qilindi.
🟢 Seminar davomida yangi kitoblar taqdimoti, geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlar ijrosi, til siyosatini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’ruzalar qilinib, maslahatchilarning 6 oylik hisobotlari eshitildi, shundan so‘ng kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
💐 Bugun tug‘ilgan kun Fazliddin Mirbabayev 💐

💐 29-iyun Toyloq tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Fazliddin Mirbabayev tavallud topgan kun.
💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Fazliddin Faridinovichni viloyat va tumanlar hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.
💐 Tumanda davlat tilining rivoji va mavqeyini oshirish borasida olib borayotgan islohotlarini yuksak qadrlaymiz. Fazliddin Faridinovichga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.

Sherali Temirov,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
2025/06/29 16:50:19
Back to Top
HTML Embed Code: