Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
668 - Telegram Web
Telegram Web
Ayollar sheʼriyati dardga tóla, nedurki sheʼriyat, balki butun ijodi dard...bizlar esa eshitib qarsak chalishdan nariga ótmaymiz.
Bu hayotda yashashning ikki turi mavjud: yonish va chirish. Agar siz yonib yashamas ekansiz, chiriy boshlaysiz.
Forwarded from Rayhona Kamolova | Blog
Tushdek ótgan lahzalar,
Eng hush damim bólding sen,
Shu biri kam dunyoda,
Mening kamim bólding sen...

Rassom bor-u, haddim yóq,
Sendek sevgan mardim yóq...
Bundan achchiq dardim yóq,
Shirin ğamim bólding sen...

Ay kózlari hiylagar,
Ay ishq ta'min tuymagan,
Men deb bir bor kuymagan
Xotirjamim bólding sen...

Kelmas bólib ketganim
Bilmas sólib bitganim...
Hammadan berkitganim-
Kózda namim bólding sen...

Labi xandon maxzunim,
Yoding boqiy maxzanim...
Yonib sóngan lahzalik
Ishqim shami bólding sen...

Iroda Rahmonaliyeva

@ijodhona
Forwarded from Hid Gallyutsinatsiyasi
#hoziryokihechqachon
#ayolojizemas
#kuchlibolishgamajbursan
#ayolbuyumemas

TINGLAYDIGAN OTALAR, ONALAR BORMU?!

Bir uxlab turguningcha yana shuncha fojea. Bolaligimni esladim, qishloqda dambadam ayollar o'zini yoqish udum bo'lgan paytlar. Bir uxlab turguningcha falonchining kelini o'zini yoqibdi, pistonchining kelini o'zini yoqibdi degan mudhish gaplar va azonda janozaga chaqirgan ovoz, yaqin bo'lmagan uzoqda gurillashib yig'langan yig'i ovozi...
Uyimdan uzoqqa ketishga, momomga ergashib biror yoqqa mehmonga borishga qo'rqib qolgandim. Borsam ham tinch o'tirolmasdim, ketaylik, ketaylik deb qistayverib. Negadir xayolimda biz ketganda onam o'zini yoqib qo'yadi, yo dadamning ov miltig'ida otib qo'yadi degan ich-etimni yeydigan xavotir bo'lgan. Bola xayol - agar men yonida bo'lsam, onamni asrayman deb o'ylaganman.
Hozirgi fojealar ham har tong janozaga chaqiradigan ovozdek, uvillab yig'lashlardek mudhish. Bu fojealar begona emas, tashqarida emas. O'zimiz tanigan kimdir - o'sha qo'shni ayollarimdek. Demak, ayollar bugun yo kecha yoppasiga o'zini o'ldirishni boshlamadi bu jamiyatda. 30 ga kirayotgan bo'lsam, 30 yildan beri shu. 30 yildan beri eshitaman. Faqat biz jim ketaveramiz. Eshitamiz, kuyinamiz, jim ketamiz. Ammo bu jamiyatning ko'p sonli qismida o'ylaydigan kallalar qolmadi. Nima uchun ayol shu holga yetadi, nima qilish kerak deydiganlar yo'q. Ular tirikchilik tashvishi, yo'qchilik bilan ovora va alamini o'zidan ojizdan oladi. Ojiz ko'riladigan kim bizda - ayol, qiz. Ojiza, ojiz deb tarbiyalab, topgan taqdiringiz shu. Qadriyatimiz deb tarbiyalab, chirib ketgan tarbiya va qadriyatni oqlab , topganimiz faqat fojeali o'lim. Ayolni ojiz deydiganning tilini sug'urib olish kerak, qiz bolani ojiz deb tarbiyalaydigan ota-onaning ham. Tan oling, davr o'tdi, vaqt o'tdi. Siz ishongan qadriyat o'zini oqlamadi. Endi chekining. Qachongacha to'g'risini men bilaman deb zulum qilasiz o'zingizdan kichikka, farzandga, ojiz ko'rganingizga, ayolga, bolaga, yo sizdan mansabi, o'rni pastlarga. Tan oling va bir chekkada o'z hayotingizni yashang. Azaldan to'g'ri qadriyat shu edi : hech kim haqli emas birovning hayotini hal qilishga, ota bo'lsangiz ham, ona bo'lsangiz ham. Tuqqan bo'lsangiz, ota yo ona bo'lishni istaganingiz uchun tug'dingiz, to'g'risini men bilaman deb hukm o'tkazish uchun emas, qulga ega bo'lish uchunmas.
Farzandingizni hayotga qo'yib yuboring, qizdir o'g'ildir. Hozir zamon boshqa , siz bilgan zamon 30 yil orqada qoldi. Tushining va qabul qiling. O'z zamonini bilsin, o'rgansin, va shunga muvofiq yashasin. Zamonini bilmagan odam hayotni tushinolmaydi. Baxtsiz yashaydi. Erta turmushga umuman majburlamang. Almatiga borganimda qiziq bir tendensiya uchratdim : 93-94 yillarda tugilgan yoshlar turmush qurgan va yoppasiga 70% izi ajrashgan (aniq raqam emas, odamlar og'zidagi gap). Keyin ota-onalar o'ylab ko'rib, na qizini, na o'g'lini turmush qurishga majburlamay qo'ygan. Atrofga, voqeqlarga qaragan va tushingan , hozirgi zamon boshqaligini, yoshlar boshqaligini, iqtisodiy qiyinchiliklar, yoshlarga o'zini oyoqqa qo'yish qiyinligini.
Bizda shunday o'ylaydigan , yoppasiga tushina oladigan , kelishuvga erisha oladigan ota-onalar bormi? Bo'lganmi o'zi? Yo qolganmi? Yo bizda faqat "faqat maniki to'g'ri" zulmkor jamiyatimi , katta kichikka nisbatan zulm qiladi, kichik ham zulm qilish uchun katta bo'lishni xohlaydi. Ayol ham qaynona bo'lganda, kelinni, ona bo'lganida bolani ezadi.
Tabiat qóynida huzur topishimizning yagona sababi uning bizga parvo qilmasligidir.

Allan Percy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nimadir uzildi
Qahramon o'ldi
Men botib ketdim kólmakli kólga

@ijodhona
Rayhona Kamolova | Blog
Nimadir uzildi Qahramon o'ldi Men botib ketdim kólmakli kólga @ijodhona
Jontemir, Feruza Hayrullayeva ijodi haqida gapira turib: "U iztirobni kuylaydi" degan edi.
Forwarded from dilm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sanduvoch
Inson erkin boʻlishi uchun buyuk boʻlishi shart emas, ammo hech kim erkin boʻlmasdan turib buyuk boʻla olmaydi.

Jubron Xalil Jubron

@sanduvoch_uz
***

Birov yozgan sheʼrimni maqtar,
Birov nuqson topar ishimdan.
Kóksimni yor, borimni ağdar,
Ey doʻst, birov óldi ichimda.

Ruhimni kóchirdim kóklarga,
Bedillar holimga kuladi.
Men kóksimni tutsam ularga,
Ichimda bir ka'ba quladi.

Yuragimni sindirdi, otdi,
Dunyo óz ishini bajardi.
Asrolmadim uni yoʻqotdim,
Ichimda bir Shoir yashardi.

Dilorom Ergasheva

@ijodhona
Biz qobiq ichida turib qobiqdan chiqqanlarni yo chiqmoqchi boʻlganlarni tushinolmaymiz - fikri, óyi, qayğusini. Shu sabab ham yomon koʻramiz ularni.

Tillaniso

P/s bir vaqtlar ózimda shunday holat bólgandi.
Rayhona Kamolova | Blog
Biz qobiq ichida turib qobiqdan chiqqanlarni yo chiqmoqchi boʻlganlarni tushinolmaymiz - fikri, óyi, qayğusini. Shu sabab ham yomon koʻramiz ularni. Tillaniso P/s bir vaqtlar ózimda shunday holat bólgandi.
Ammo, hayrixohlikni órganishimiz kerak. Fikri bizning fikrimizga tóğri kelmadi degani u nohaq degani emas, koʻpchilik buni tushunmaydi.
Hayrixohlik uni tushuna olishing yo olmasligingdan qat'i nazar, uni Inson boʻlgani uchun hurmat qilish, his tuygʻularini toptamaslikdir.
Yana aytmoqchimanki, hayrixoh boʻlolmaydiganlarga iztiroblarni soʻylash nooʻrin. Baxtsiz inson óz baxtsizligini biladi holos, u oʻzgalarning baxtsizligini tushunolmaydi. Va atrofni ham shunday kórgisi keladi, moslashtirishga urinadi.
Óylab qoldim, haqlik nimayu nohaqlik nima - insonlar har narsani óz qarichlari bilan ólchaydiku.
Faqat birgina haq Kalom bor holos. Undan boshqa barisi - guldiraklar guldiragani, har kim oʻzi uchun yaratgan haqiqatlari yolğon. Har kim óz haqiqatini faqat óziningina manfaatiga moslab yaratadi.
Ha shunday, sizning haqiqatingiz bu sizning manfaatingiz!
2024/09/21 19:52:57
Back to Top
HTML Embed Code: