Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
711 - Telegram Web
Telegram Web
Gar Sogʻinsam @sevgi_giflari
Zulayho Boyhonova
Bu sheʼrni Saida Zunnunova Said Ahmad qamoqda yillari yozgan ekan.
Forwarded from Rayhona Kamolova | Blog
#sheriy_parcha

Oğirlashib borar yelkamning yuki,
Shamollar umrimni jim tilayotir.
Yov emas, yot emas, kóksimni bugun,
Bepusht ozrularim timtalayotir.

Oyjamol

@ijodhona
Million allich roz
Alla Pugachova
Hayrli kech barchangizga
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sheʼriyat bu gózallik, romantika.
Sheʼriyat bu sevgi…

@ijodhona
#iqtibos

' Ayolning chinakam goʻzalligi uning feʼl-atvorida. Ayolning chinakam nazokati esa ovoz ohangidadir.

Ahikar

@ijodhona
Sen ketding

Sen ketding.
Va lekin ketaring oldi -
Deding: "Bóldi. Tamom!
Nuqta qóying bas!"
Ortiq savollarga na órin qoldi…
Bildikki, taqdirning hukmi órinmas.

Men qotdim.
Osonmas alvido demoq,
Ortingdan termulib kózim yoshlandi.
"…Nuqta qóying, tamom!" deding-u biroq -
Men uchun hammasi... keyin boshlandi!

Orif Toʻxtash

@ijodhona
#bugungi_biz

Bugungi kun yoshlari ózini, ózligini yoʻqotib qoʻygan. Kelajak haqida aniq tasavvur yoʻq. 90 - yillardan 2000- yillargacha boʻlgan avlod Rossiyaga ketishni maqsad qilardi: maktabni bitirgach Rossiyaga ketish, ishlab pul topib uylanish, keyin rózğor, bola - chaqa. Qolgan bir qismi Universitetlarda óqishardi (Universitetga kirish oson bólmagan u vaqtlar. Uch, tórt yil kallasini kitobdan kótarmay oʻqigan abiturientlar talaba bólishgan, yoki ikkinchi yól... hay bu boshqa masala)) Bir muncha vaqt shu taqlid davom etdi.

Bugungi avlod yoshlari arosatda, Universitetlarda oʻqishyapti bu yaxshi. Lekin talabalar keyingi hayot yoʻlini bilmaydi qanday boʻlishini. Talabalarda "diplom menga nima beradi" - degan savol yuradi. Yoki Universitetni bitirib magistrlik bahonasida biror chet davlatga "survorishayapti". Talabalarda tushkunlik, ózim ham bitiruvchiman - qayerdan ish topaman degan óy. Magistraturani chetda davom ettirishni oʻylab qolaman. Ammo, ayol - qiz bólganligimizni ózi ham bizga koʻplab cheklovlar qoʻyadi.

Biz yoshlarda yetarlicha erkinlik
yóq. 18 yoshdan keyin har bir qarorni inson ózi qabul qilishi kerak. Lekin, bizning yoshlar shaxsiy qarorlarini ózlari qabul qila olishmaydi yo ota onaga yoqmaydi, yo steroetiplarga toʻgʻri kelmaydi shu bilan sinadi yoshlar. Biror gap aytilsa, yo dinga toʻgʻri kelmay tanqidga uchrashadi, yo dunyoviylikka. Xullas, oraliqda qolgan yoshlar.
Lekin nima boʻlganda ham kimlar nima desalar ham, yangi qoidalarni ózimiz tiriltiramiz. Óz tirikligimiz bilan, borligimiz bilan. Aynan hozirgi yangi avlod qarashlari keyingi avlod taqdirini belgilab beradi.

Yoshlik asli, shijoat, zavq. Oʻrganish, tajribalar qilish, qoqilish, oyoqqa turish, muvaffaqiyatlarga erishish. Hamma hammasi yoshlikda mujassam. Biz esa toʻgʻri, notoʻgʻri axtarib, adashishlikdan qórqib, shunchaki hech narsa qilmaymiz.
Balki, sizda unday emasdir, ammo menda shunday - oraliq va bóshliq.

@ijodhona
Xudo urgan oʻttizda ham bola boʻladi.
Sevgilim,
sen ketgan kun
bir kuy tingladim: yigit va qiz
bir birlariga boqib
qóshliq kuylashardi.
Koʻzlarida...
kózlarida, shunday samimiyat bor ediki, kónglim yumshadi -
biz bir kuy boʻla olmadik.

Bilsang ósha kun
Hayrixohlik toʻgʻrisida
fristayl ham yozdim:
bir xayrixoh istadim balki-
biz hayrixoh bóla olmadik.

Buyuk bir shoirda bir jumla koʻrdim:
"Agar qaytsangiz...
Kalit ósha joyda bóladi.
Uyni ochsangiz,
Suratingiz turadi stolim ustida".
Ammo, menda sening surating yoʻq,
yóq menda biror surating...
Ha aytgancha, surat chizish mening qoʻlimdan kelmaydi.

Bilasanmi,
bilasanmi hislar bardavom
bólmas ekan -
kechagi hislardan asar qolmagan
kechagidek maftun emasman
balki, tuygʻularga chap bermoqqa yagona najot
soʻnggi najotdir bu...

Ammo men...
ammo men qaytmas shodliklarning
qaytishin kutmayman,
kutmayman mutloq...

Bilasang, men hayotga tashnaman, va men
Jek London haqida oʻqiganman
"Hayotga muhabbat"ni.

"Garov"ni óqigandim men: bu yordam berar balki...
"Hayollarga boʻlaman tutqun" ózimni yiğidan toxtatolmaganman.

Sen sovğa qilgan kitobni ham oʻqiganman:
yozuvchini dahoga aylantirgan ayol-
matonatli Anna kundaligi edi u,
men matonatli bóla olmadim
men "men" bóla olmadim
supura olmadim ózimdagi boshqalarni
ózimga boshqalar nigohi bilan qaradim
ózimni yanchdim
yóq etdim ohir -

mendagi mendan faqat sen qolding.

@ijodhona
Har lahzada yolğon bólar
Muzlab qoladi rostlik...
Ehh, qalbim, qalbim,
buncha yolğizsan?
Kimlar oʻtmayapti bu qalb yoʻlidan.
Hammaga nimadir kerak.
Kimgadir jurʼatli bólishing,
Kimgadir aqlli,
Onangga esa erga tegishing kerak.
Yana kimlar uchun ilohaday yashab ótmoğing lozim.
Kimgadir sevging kerak -
Va senga ham kerak odam.
Ammo bir dilga ikki muhabbat siğmas,
Siğsa ham chorasi nadur?
Ey Xudo, demoqchi boʻlaman baʼzan,
Qarasam Xudo yoʻq osmonimda.
Qalbim deyman yana
Sen Xudomsan
Va sen buncha ojizsan?!
Ojizligingni gapirma ,
Kuchli kórinib yutmoğing kerak-
Lekin, shu aldov uchun dunyoga kelganmiding?
Qayerdan va nimadan kelding bilmadim,
Lekin, aldov uchunmas,
Ey Qalbim, hatto
Qonamay qóyding,
Kimgadir ayol bólganing uchun yoqmaysan,
Kimgadir faqat ayol bólganing uchun qadrli-
Faqat shu uchun, Insonligingmas.
Kimgadir faqat isyoning qoning kerak.
Kel, yotib uxlaymiz,
Mobodo uch yuz yilda keyin uyğonsak,
Va aytishsa, hozir tófon, qiyomat
Nuh kabi chaylada chózib oyoqni
Aytamiz óshanda: shunga shunchami?!

Tillaniso

@ijodhona
* * *

Endi farqi yo'qdir, qishloq yo shahar,
Barida yashamoq birday azobdir.
Hayot ummoniga qancha sho'ng'imay,
Baribir chiqadi biror tasodif
Va yodga soladi kulgularingni,
Yig'ilaringniyu, tuyg'ularingni,
Mushukday muloyim uyqularingni,
Arazing, nozlaring, erkaligingni,
Meni uxlatmagan sergapligingni,
Qahraton qishlarda sovuqni sezmay
Birgalashib yurgan yo'llarimizni,
Issiq yozlarda ham qo'yvorilmagan
Birga terlab ketgan qo'llarimizni,
Deraza yonida oyga termulib
Yo'llardan ham uzun yozishganimiz,
Suvning yoqasida belingdan quchib
Titrab, es - hushlardan ozishganimiz,
Eshik oldigacha kuzatib borib
Keyin darrov qaytib chaqirganlarim,
Keyin... har narsadan bahona topib
Urushganlarimu, baqirganlarim,
Tilingdan ko'nglimga sanchilgan tikan,
Qo'limdan yuzingga tushgan tarsaki,
Va'dalar, qasamlar buzilgan kunlar,
Va bundan bu yog'i bari qalbaki,
Soxta izhorlaru, soxta afsuslar,
Yolg'onlar, aldovlar, o'yinlar turfa,
O'ylab uyqulardan kechilgan tunlar,
Mutlaq isbotlari topilgan shubha,
Yorlikka tanlangan yangi odamlar,
Xuddiki o'tmishda hech narsa yo’qday,
Ikki yoqqa ketgan keskin qadamlar,
Va bari tugadi, qo'yildi nuqta.
Ulfatlar, ichkilik, sarhush kechalar,
Yangi hamrohlarni ko'rdi ko'chalar,
Kitoblar o'qildi necha - nechalab,
Xayollar surildi yangi mavzuda,
Qarorlar qilindi hayotga doir.
O'rganib ham qoldi yurak qayg'uga,
Tuyula boshladi barchasi oddiy.
Bir kun o'tmay qolar bir qultum ham may,
Yana o'tmish bilan qolaman yolg'iz,
Hayot ummoniga qancha sho'ng'imay,
Baribir chiqadi biror tasodif
Va yodga soladi...


Ilhom Salimov

@ijodhona
Forwarded from dilm
***

inson ber menga!
inson ber!
yo'q, insonni yaxshi ko'rsa bo'ladi
tushunsa bo'ladi insonni
eshitsa bo'ladi
ko'zlariga qarasa bo'ladi
yonida o'tirsa bo'ladi
yo'q, yonida jim o'tirsa bo'ladi
unga savol bermasa ham bo'ladi -
inson bilmaslikka haqqi bor!
sen ham bilmaysan,
sen axir uning yonida o'tiribsan-ku

yo'q, insonni quchoqlasa bo'ladi
bag'ringga bosib
uning isini sezsa bo'ladi

inson ber menga,
inson ber, dedim
inson ber menga!

uning jim turishiga qarab tursa bo'ladi
uning tabassumiga
bekorchi narsalarga xaholab kulishini qara!
oh inson,
inson ber menga!
men inson bilan birga kulmoqchiman
insonga hazillarim bor
insondan hazil eshitmoqchiman

insonning hotirjamligini qara
topgan pulini yoqib
isinib o'tirishini qara!
inson ber menga,
tog'dan olov otilsa
men u bilan hotirjam qolmoqchiman
hotirjam o'tirmoqchiman

inson ber menga!
ko'zining nuri ketadigan inson
qo'l-oyog'i sinadigan inson
boshi yoriladigan inson
zirapcha kiradigan inson
esidan chiqib qolib
onasining tug'ilgan kunini eslaydigan inson

inson ber menga!
yer chopadigan
piyoda yuradigan
buzilgan narsalarni tuzatadigan inson

gapirishni o'ylaydigan inson
gapirishdan qo'rqib qolgan inson
tili borligini unutgan inson
gap o'rniga tabassum qiladigan inson

inson ber menga
faqat inson ber menga .

@ahmadali_writer
2024
Qizlarimizni turmushga emas, hayotga tarbiyalashimiz kerak.
Rayhona Kamolova | Blog
MehrNOZ @ijodhona
Erkak - Xudo Xudo doim haq.
ayol - oğir kóz yosh, ulkan oh,
Oʻzing bas kel yagona Alloh...
Forwarded from ERKIN BOZOROV | RASMIY
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TURON
“Bir soʻzga boyidi lugʻatim shunda,
Buncha goʻzal ekan Vatanim ismi
…”

• She’r muallifi: Bek Ali
• Ijro: Erkin Bozorov

“Mutolaa” loyihasi doirasida o’tkazilgan Shoir BEK ALIning she’riy kechasidan bir shingil.
Bir qarasam

Bir qarasam, dóst-u yordan koʻnglim tóqday,
Bir qarasam, atrofimda hech kim yoʻqday.

Bir qarasam, suyanchiqday bolalarim,
Bir qarasam, ular siniq lolalarim.

Bir qarasam, bu dunyoda baxtim borday,
Bir qarasam, butkul olam menga torday.

Bir qarasam, murodimga yetgandayman,
Bir qarasam, kózim ochiq ketgandayman.

Bir qarasam, shon-shuhratga yóğrilganman,
Bir qarasam, endigina tugʻilganman.

Abdulla Oripov

@ijodhona
2024/09/21 17:52:36
Back to Top
HTML Embed Code: