Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Imomi A’zam nasihatlari va o’gitlari

🗣️O‘zing uchun gunoh yig‘ma va merosxo‘ring uchun mol to‘plama.

🗣️Ehtiyojing tushadigan ilmni o‘rganishdan o‘zingni olib qochma!

🗣️Musulmonga ham, zimmiyga ham dushmanlik qilma!

🗣️Alloh bergan rizqingga qanoat qil!

🗣️Ahli sunna val jamoa yo‘lini mahkam tut, zalolat va jaholat ahlidan o‘zingni chetga ol!

🗣️Boshqalarga muhtoj bo‘lmaslik uchun qo‘lingdagi bisotingdan tadbirkorlik bilan foydalan!

🗣️Odamlar bilan uchrashganingda gapni salom berishdan boshla, mayin va muloyim so‘zla, yaxshilarga yoqimli bo‘l, kishilar bilan murosayu madora qil.

🗣️Yaxshi qo‘shni bo‘l va qo‘shningdan keladigan aziyatlarga sabru bardoshli bo‘l!

🗣️Barcha ishlarda xolis niyatli bo‘l, har qanday holatda faqat halol narsalarni iste’mol qilishga jiddu jahd qil!

🎯 @ilm_duri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hadisi

Sa’d ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi.
“Yo Allohning rasuli, qanday odamlar qiyinchiliklarga ko‘p duchor bo‘ladi?” dedik. U zot: “Payg‘ambarlar, so‘ngra ularga yaqinlar, so‘ngra ularga yaqinlar. Kishi diniga qarab musibatlanadi. Agar dinida mustahkam bo‘lsa, musibati og‘ir bo‘ladi. Agar dinida bo‘sh bo‘lsa, Alloh uni diniga yarasha musibatlaydi”, dedilar.

🎯 @ilm_duri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalifa Abdulmalik ibn Marvon rahmahulloh balog‘atli bir xutba qildi. So‘ng uni to‘xtatib bunday dedi:
"Parvadigor! Gunohlarim ko‘p katta. Lekin Sening ozgina afving undan kattadir. Ozgina afving bilan ko‘p gunohlarimni kechirgil!".

Bu Hasan Basriy rahimahullohga yetib keldi va bundan yig‘ladilar. So‘ng: "Agar gapni tillo bilan yozish kerak bo‘lsa, shuni yozardim", dedilar.

"Tahzibut-tahzib", 1/322.

🎯 @ilm_duri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hadisi

Tabaroniy rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom shunday marhamat qilganlar: “Gunohlar ichida shundaylari borki, unga faqat halol rizq topish maqsadida qilingan harakatgina kafforat bo‘ladi”. 

🎯 @ilm_duri
📣📣📣 Diqqat diqqat 📣📣📣 Sifati kafolatlangan ingliz tilidan ONLINE KURSlarga marhamat. Bizda haftaning 3 kunida ertalabki va kechki vaqtda onlayn  guruhlar ochiladi.
Kurs turli darajadagilar uchun
Beginner(0 DAN boshlayotganlar uchun)
Elementary
Intermediate

Kursda siz MUKAMMAL BAZA asosida tayyorlanasiz.Darslar sifati kafolatlanadi.

Online darslar  telegram yopiq guruhda 1,5 -2 soat vaqt davomida  JONLI tarzda olib boriladi.Bundan tashqari o'tilgan har Bir dars bo'yicha tayyor VIDEODARSLAR va jonli darslar recording gi tashlab boriladi, mavzu o'zlashtirish uchun barcha kerakli materiallar va albatta  vazifalar berib boriladi.
✳️Kurs davomida :
🔴1⃣Reading
🟠2⃣Speaking
🟢3⃣Listening
🔵4⃣Grammar
🟣5⃣Vocabulary
🟣6⃣Writing

Bir vaqtning o'zida olib boriladi(vazifalar so'ralib har Bir o'quvchi bilan alohida alohida ishlanadi)

💳 Kurs to'lovi oyiga 150 ming so'm(bundan tashqari 50% va 100% li chegirmalar mavjud)

🗓 Darslar 10- yanvarda boshlanadi(bemalol 2-3 ta darsda qatnashib keyin to'lov qilsangiz bo'ladi)
📌 O'quv dasturi IELTS bali 7.5 va DARS o'tish bo'yicha ko'p yillik tajribaga EGA ustoz Zuhro Ravshanova👩‍💻 tomonidan tayyorlangan.

‼️ Vaqtni boy bermang biz bilan ingliz tilida o'z natijangizga erishing.
Murojaat uchun: @Teacher_Ravshanova
Bugun nikoh qiyin qilib yuborilgan

Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar:
Hazrati Jobir roziyallohu anhu bir kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlariga tashrif buyurdilar va: Ey, Allohning Rasuli! Men bir ayolga nikohlandim dedilar. (Imom Buxoriy rivoyati)
Bu sahobiy Nabiy sollallohu alayhi vasallamga juda yaqin sahobalardan edilar va har doim Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan uchrashib turar edilar. Lekin nikohda ishtirok etishga taklif qilmadilar. Chunki, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning muborak davrlarida shunday umumiy odat bor ediki, nikoh uchun biror xos e’tibor qilinmas edi. Nikoh bo‘lyapti degani, bu bir to‘fon ko‘tarilyapti degani emas edi. Bir necha oylardan beri unga tayyorgarlik bo‘lyapti….. va butun oilada uning to‘s-to‘poloni, u siz nikoh bo‘lishi mumkin emas.
Shari’at nikohni qanchalik oson qilgan edi. Biz uni keraksiz va noto‘g‘ri rasm-rusumlar orqali shunchalik qiyin qilib oldik. Buning oqibatiga nazar soling, qizlar turmushga chiqa olmay uyda o‘tirib qolganlar. Bunga sabab sep tayyorlashlik uchun pul yo‘qligidir. Bu dabdabali to‘y tantanasini qilishlik uchun pul yo‘qligidir. Endi, bu ishlarga pul to‘plashlik uchun halol-xarom bir bo‘lib ketyapti. Bu barcha rasm-rusumlarni biz o‘zga din vakillaridan olib olganmiz. (Love story to‘ydan oldingi sevgi tarixi va uni xammaga to‘yxonada namoyish etishlik, kelinning dugonalariga gul otishi, kuyovning axmoqona banan otishi, ota qizini yetaklab kelib, to‘yxonada kuyovga topshirishi, kelinning kuyov va qaynotasi bilan vals tushishi, yarim yalang‘och kelinlik liboslari........va hokazo).
Nabiy sollallohu alayhi vasallam bayon qilgan sunnat yo‘lini tark qildik. Buning oqibati shuki, halol (nikoh orqali oila qurish) yo‘llari yopilib qolgan. Halol yo‘l orqali xohishlarini qondirishlik uchun juda ko‘p mol davlatga ega bo‘lishlik zarurdir. Milionlab puli bo‘lsa, o‘shanda to‘y qila oladi, bo‘lmasa, yo‘q. Ikkinchi tarafdan atrofdagi behayolik sababli nafsoniy va shahvoniy xislar junbushga kelgan. Uni halol yo‘l ila qondirishlik imkoni bo‘lmagach, harom yo‘lga qadam tashlanmoqda.... shuning uchun bu keraksiz rasm-rusumlar jamiyatimizni halokat qirg‘og‘iga yetkazib qo‘ygan.

(Islahiy xutbaat kitobidan.2-jild, 102-bet. Abdulqayyum Komil tarjimasi)

🎯 @ilm_duri
#iqtibos

Xohlagan ilm-faningizni o'rganing. Niyatingiz o'sha ishdan oxiratning ajrini olish bo'lsin.

😎 Husayn Buxoriy

🎯 @ilm_duri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/01/05 12:46:37
Back to Top
HTML Embed Code: