Telegram Web
⚡️Xotin-qizlar quyidagi hollarda «Ayollar daftari»dan chiqariladi.

bandligi ta’minlangan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lganda;

bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish orqali muammosi hal etilganda;

turar joy ijara kompensatsiyasi belgilangan tartibda to‘lab berilganda;

malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilganda;

to‘liq davlat ta’minotiga olinganda;

aniqlangan boshqa muammolari qonuniy hal etilganda;

o‘z arizasiga ko‘ra;

«Ayollar daftari»ga noqonuniy kiritish holati aniqlanganda;

boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda;

sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;

xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ish olib borish imkonini bermaydigan boshqa holatlar yuzaga kelganda;

shaxs vafot etgan taqdirda.

Ayollar daftariga kimlar kiritiladi?
Batafsil: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2343

🇺🇿 @imtiyozuz
#Bilasizmi | #Xotin_qizlar

⚡️Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo'lga qo'yish uchun 33 million so'mgacha kreditlar ajratiladi

Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan 3 yilgacha va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million so‘mgacha kreditlar ajratiladi.

🔰 Kreditlar quyidagi dasturlarni muvaffaqiyatli tugatgan xotin-qizlarga beriladi:

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi ma’qullangan dasturlar asosidagi o‘quv kurslari;

“Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahallalardagi kasb-hunarga o‘qitish maskanlari va Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari yoki nodavlat ta’lim muassasalarining kasbga o‘rgatish o‘quv kurslarining maxsus o‘qitish dasturlari.

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️Kambag‘al oila a'zolarini ishga olgan tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlari beriladi

🇺🇿 Prezidentimizning 2024-yil  27-dekabrdagi PF-229-son Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari uchun foyda solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilandi:

jami xodimlar sonining kamida 15 foizi Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning a’zolaridan tashkil topganda;

har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda;

soliq davrida tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 foizini tashkil etganda.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Maktab direktori va o'rinbosarining oylik ish haqi 2 barobarga oshiriladi.

2025-2026 o'quv yilidan boshlab maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari direktorlari, maktab direktori o'rinbosarlarining ish haqi miqdorlari oshiriladi.

Shuningdek, 2026 yildan boshlab maktab direktorlari va ularning o'rinbosarlariga faoliyat samaradorligi natijalariga ko'ra qo'shimcha ustamalar joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, Maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi boshqaruv xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama hamda boshqa qo'shimcha to'lovlar to'lanishi yo'lga qo'yiladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining ta'kidlashicha, maktab direktorlarining oylik maoshi 20 foizgacha oshiriladi. Agar ular “Direktorlar maktabidan” o'tsa, oylik maoshlari yana 50 foizga oshirilishi hisobiga ularning maoshini ikki barobar oshirishga erishiladi.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi | #Xotin_qizlar

⚡️Yolg'iz ayollarning farzandlari bog'chaga imtiyozli ro'yxat asosida qabul qilinadi.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega.

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️O‘zbekistonda 1-yanvardan kuchga kirgan ayrim  o‘zgarishlar

Toshkentda avtobus va metroda naqd pul shakldagi yo‘lkira narxi oshdi;
davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi 20 foizga oshiriladi;
milliy sertifikatga ega ona tili va adabiyot hamda tarix fani o‘qituvchilariga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi;
kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;
sirk tomoshalarida yovvoyi hayvonlardan foydalanish taqiqlandi;
tadbirkorlar uchun ayrim maʼmuriy javobgarliklar bekor qilindi;
umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytirildi;
tuman (shahar)lar hokimliklariga yangi vakolatlar berildi;
tazyiq va zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning reyestri yuritiladi;
bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etildi.

❗️Batafsil keyingi postlarda barcha mavzularni yoritib boramiz.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Quyidagi banklar bankomatlaridan past foiz bilan yoki komissiyasiz naqd pul yechish mumkin.

1) Ipoteka bank - 0,7%
Bankning Uzcard kartalaridan Samarqand viloyati, Chilonzor va Ko’ksaroy filiallari bankomatlarida naqd yechilganda;

2) Asakabank - 0,7%
Bankning Uzcard va Humo kartalaridan Asakabank bankomatlarida naqd yechilganda;

3) Garantbank - 0,7%
Bankning Uzcard va Humo kartalaridan Garantbank bankomatlarida naqd yechilganda;

4) Asia Alliance Bank - 0,6%
Bankning Uzcard va Humo kartalaridan AAB bankomatlarida naqd yechilganda;

5) Ipak Yo’li Banki - 0,5%
Bankning Visa Start so’m kartalaridan IYB bankomatlarida naqd yechilganda;

6) Davrbank - 0,5%
Bankning Uzcard va Humo kartalaridan Davrbank bankomatlarida naqd yechilganda;

7) Biznesni Rivojlantirish Banki - 0,5%
Bankning Uzcard va Humo kartalaridan BRB bankomatlarida naqd yechilganda;

8) KDB Bank O’zbekiston - 0,5%
Bankning Humo kartalaridan KDB Bank bankomatlarida naqd yechilganda;

9) Kapitalbank - 0%
Bankning Visa so’m kartalaridan Kapitalbank bankomatlarida 10 mln. so’mgacha naqd yechilganda;

10) Tenge Bank - 0%
Bankning xalqaro bank kartalaridan Tenge Bankning bosh ofisi, Intercontinental, Hyatt Regency va TATUda joylashgan AMEX logotipi bor bankomatlarida 30 mln. so’mgacha naqd yechilganda.

❗️Oradan vaqt o’tgach, komissiyalar o’zgarishi mumkin.
©Manba...

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi 2025 yilda 35 foizga oshiriladi.

“Madaniyat va san'at, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlarini oshirish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-400-son, 22.11.2024) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi quyidagi miqdorlarda oshiriladi:

2025 yil 1 yanvardan boshlab20 foizga;

2025 yil 1 iyuldan boshlab – yana 15 foizga oshiriladi.

Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarida faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarning ish samaradorligini baholash (KPI) tizimi joriy qilinadi.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Ona tili va adabiyot hamda tarix fani o‘qituvchilariga har oy 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️O‘zbekistonda 2024-yilda gaz 129 foiz, elektr 67 foiz, issiq suv 32 foiz qimmatlashdi Statistika agentligi

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️Kambag'al oilalar farzandlari davlat bog'chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi

Qarorga ko'ra, quyidagilar amalga oshiriladi:

🔸2025 yil 1 yanvardan kambag'al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;

🔸2025/2026 o'quv yilidan, kambag'al oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi;

🔸2025 yildan “El-yurt umidi” jamg'armasi tomonidan kambag'al oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.

🏢 SHuningdek, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asosida:

kambag'al oilalarga noutbuk sotib olish uchun 5 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi;

tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln so'mgacha bo'lgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko'chma do'konlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yil muddatga bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bog'chalar rahbar va pedagoglari rag'batlantiriladi

🗓 Farmonga ko'ra, 2025 yil 1 yanvardan:

maktabgacha ta'lim tashkilotining direktori o'rinbosari lavozimi joriy etiladi;

respublikaning barcha tuman (shahar)larida kamida bittadan tayanch maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati yo'lga qo'yiladi;

barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida malaka oshirishning “Metodik mahorat soati”, tayanch maktabgacha ta'lim tashkilotlarida esa “Metodik mahorat kuni” kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi;

trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor o'rinbosarlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo'shimcha har oylik ustama haq to'lanadi.

🗂 2025 yil 1 martdan tajriba-sinov tariqasida respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlari joriy etiladi.

❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg'armasi hisobidan maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini ham rag'batlantirishga ruxsat etiladi.

🗓 2025 yil 1 yanvardan tajriba-sinov tariqasida har bir tuman (shahar)dagi bittadan umumiy turdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'lim guruhlari ochiladi.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz | #ayollarga

“Dekret ta'tili” tugamasdan hodim farzandliy bo‘lsa hodimga dekret puli yana to‘lab beriladimi?

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️Nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan ayrim imtiyozlar.

Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qo'shimcha qabul kvotasi ajratiladi

Nogironligi bo'lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to'xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.

I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga DXM va (yoki) YAIDXP orqali xizmat ko'rsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qo'llaniladi.

Nogironligi bo'lgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro'yxatidan (qayta ro'yxatdan) o'tkazish uchun davlat boji undirilmaydi.

Nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolalarga hamda I yoki II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga nogironlik nafaqasini tayinlashda davlat xizmatlari bepul ko'rsatiladi.

I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar bolalarini davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli ro'yxatga kiritilgan.

Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya qilishning texnik vositalari beriladi.

Nogironligi bo'lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog'lomlashtirish huquqiga ega.

I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarning mulkida bo'lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.

Mehmonxonalarda nogironligi bo'lgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi.

Xizmat turar joylarida yashayotgan  I va II guruh nogironlari xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda ko'chiriladi. 

Nogironligi bo'lgan yoshlarga BHMning 50 baravarigacha (18 mln 750 ming so'mgacha) subsidiya ajratiladi. 

I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar yer solig'idan ozod qilinadi.

Byudjet mablag'lari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shug'ullanish va ulardan foydalanish uchun nogironligi bo'lgan bolalar to'lovdan ozod etiladi. 

Bolalikdan nogiron bo'lganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (3 mln 465 ming so'm) miqdoridagi mablag'lari daromad solig'iga tortilmaydi.

❗️Batafsil keyingi postlarda barcha mavzularni yoritib boramiz.

☝️Yuqoridagi ma'lumotlar sizga yoqgan bo‘lsa ryaksiya (👍❤️🔥👌💯) qoldirib yaqinlaringizga tarqatishni unutmang.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘qituvchilarga beriladigan ayrim imtiyoz turlari.

1 oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” etib belgilangan hamda ushbu kun bayram (dam olish) kuni hisoblanadi.

Bolalarga taʼlim-tarbiya beradigan barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan taʼtillar beriladi.

Pedagoglar xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan 36 soat qilib belgilanadi.

Maktab o‘qituvchilariga faoliyatni baholash mezonlari asosida 10 foizdan 40 foizgacha, kutubxonachi va psixologlarga 10 foizdan 20 foizgacha ustama belgilanadi.

Fan olimpiadasi g‘olibini tayyorlagan o‘qituvchilar rag‘batlantiriladi.

O‘qituvchilar kasal bo‘lib qolganida moddiy yordam beriladi.

Olimpiada g‘olibi bo‘lgan o‘qituvchilarga 150 foizgacha ustama beriladi.

O‘zi dars beradigan fani bo‘yicha xalqaro tan olingan va milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘olibi bo‘lgan maktabga yarim milliard so‘m beriladi.

Inklyuziv sinf o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi.

Olis hududlarda dars berayotgan o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.

Matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarga pul mukofoti beriladi.

Ko‘p yillik stajga ega pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi.

Xalqaro fan olimpiadalarini tayyorlagan o‘qituvchilarga malaka toifasi attestatsiyasiz beriladi.

Respublika fan olimpiadasi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi.

Tibbiyot sohasi professor-o‘qituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Taʼlim muassasalarining chet tillar fanlari o‘qituvchilariga oylik ustamalar beriladi.

O‘qituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor.

❗️Batafsil keyingi postlarda barcha mavzularni yoritib boramiz.

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️Quyosh paneli uchun kredit olinganda kredit foizi uchun kompensatsiya beriladi.

Banklar tomonidan “yashil” iste'mol krediti quyosh fotoelektr stansiyasi, quyosh suv isitkichlari va shamol elektr stansiyalarini o'rnatish maqsadlari uchun ajratiladi.

✔️ BHMning 500 baravarigacha bo'lgan “yashil” iste'mol kreditlari bo'yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 5 foizli banddan ko'p bo'lmagan qismi uchun 3 yil kompensasiya beriladi.

Ya'ni bugungi kunda MB asosiy stavkasi 13,5 foiz, agar kredit foizi 18 foiz bo'lsa uning 5 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

📝 Mazkur kompensasiya uchun alohida murojaat qilish talab etilmaydi, “yashil” kredit ajratadigan banklar avtomat tarzda arizani o'zlari yuboradi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 29.09.2023 yildagi 517-son qarori.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️O‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblariga har oy 150 foiz ustama to‘lanadi

Ta'lim muassasalarida o'qituvchi bo'lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar g'oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g'oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi to'lanadi.

🔰Bunda:

ustamalar nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar o'tkaziladigan fanlar bo'yicha aynan g'oliblikni qo'lga kiritgan fanidan dars berayotgan olimpiada g'olibiga beriladi;

ta'lim muassasalarida o'qituvchi bo'lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g'oliblari tomonidan g'oliblikni tasdiqlovchi hujjat yoki sertifikat taqdim qilinadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 09.09.2021 yildagi 562-sonli qarori.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025-yilgi saralash bosqichiga start berildi.

Mazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

🟢Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan;
🟢O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan;
🟢14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar.

📄 Hujjatlarni topshirish muddati:
Joriy yilning 1-martiga qadar, arizalarni yashash manzilingiz bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishingiz mumkin.

🗂 Qo‘shimcha maʼlumot uchun nizom bilan tanishishingiz mumkin: https://lex.uz/docs/-3418697

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Domlajon.uz
Taqiqlangan manbalar (@Domlajonuz).pdf
2.7 MB
⚡️O'zbekistonda taqiqlangan diniy manbalar ro'yxati.

08.01.2025 yil holatiga Oliy sud tomonidan internetda diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan deb topilgan hamda O'zbekistonga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manbalar ro'yxatini e'lon qildi.

👨‍🏫 @Domlajonuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️O‘qituvchilar faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor.

❗️Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisdagi kodeksning 197-5-moddasiga muvofiq ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish ma'muriy javobgarlikga sabab bo'ladi.

Ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilarning bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

🇺🇿 @imtiyozuz
2025/01/09 15:11:16
Back to Top
HTML Embed Code: