tgoop.com/insight_English/5747
Last Update:
Qizlar, yigitlardan o’rganinglar ozgina befarqlikni!
Kurs ishlarimdan bittasiga test anxiety mavzusini tanlaganman. Mavzu bo‘yicha materiallarni o‘qiyotganingizda, albatta, imposter phenomenon va perfectionism faktorlariga duch kelasiz.
Imposter phenomenon – Shaxsning erishgan yutuqlari va qobiliyatlariga qaramay, muvaffaqiyatini his qila olmasligi, shaxsning o‘ziga ishonmasligi va o‘ziga bo‘lgan shubhalarini anglatadi.
Perfectionism – Nuqsonsiz, mukammal bo‘lishga intilish va o‘ziga doimiy yuqori standartlarni qo‘yish.
Eng qizig‘i, o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, barcha bosqichlarda – maktab, universitet va karyera misolida – qizlarda yigitlarga nisbatan perfectionism va imposter phenomenon darajasi yuqori ekan. Buning bir qator sabablari bor, masalan, bittasi “cultural values”, ya’ni mentalitet bilan bog‘liq bo‘lgan faktorlar. Misol uchun “Ota-onamning yuzini yorug‘ qilishim kerak” yoki “Mendan ustozlarim va do‘stlarim kutayotgan natijalarni ololmasam nima bo‘ladi?” degan tashvishlar perfectionism va imposter phenomenonga olib kelishi mumkin.
Bu sifatlarning mavjudligi ko‘proq insonni xavotirda yurishga yoki o‘ziga ishonchini kamaytirishga olib kelishi, shu bilan birga, ruhiy holati va akademik faoliyatga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Nima ham derdik, qizlar, biz sizga ishonamiz! Faqat atrofdagilarni natijalarim bilan xursand qilaman deb haddan tashqari depressiyaga tushmang.
Bizdan o‘rganing ozgina befarqlikni!
BY Hayitov ELT | IELTS 8.0
Share with your friend now:
tgoop.com/insight_English/5747