tgoop.com/itspecuz/1225
Last Update:
#word #maslahat
Microsoft Word dasturida tasodifiy matnni hosil qilgan holda u bilan ishlash 📄
Kompyuterdan endigina foydalanishni o‘rganayotgan yangi foydalanuvchi klaviatura yordamida matnni hali unchalik tez kirita olmaydi. Shu kabi foydalanuvchiga Microsoft Word dasturidan foydalanishni o’rgatayabsiz deylik, tabiiyki sizga dasturning imkoniyatlarini tushuntirish uchun, bu dasturning asosiy resursi hisoblangan - tayyor matn kerak bo‘ladi.
Xo‘sh uni qayerdan olasiz? Biror web-saytga murojaat etib, duch kelgan xabar tarkibidagi matnni nusxalab olishingiz mumkin, lekin ayni damda sizda Internet tarmog‘iga ulanishning imkoni bo‘lmasa-chi? Bu uchun sizga shaxsiy hujjatlaringiz tarkibidan biror faylni ochib, undagi matndan foydalanish ham maqsadga muvofiq emas.
Microsoft Word dasturida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida shunday imkoniyat ham ko‘zda tutilgan. Bu uchun dasturni ishga tushirib, matn kiritish qismiga: =rand(1,1) ni kiritib, Enter tugmasini bosing. Siz ishlatayotgan dasturning qaysi tildagi versiyasi o‘rnatilganligiga qarab yo rus yo ingliz tilida quyidagicha tayyor matn paydo bo‘ladi:
Видео предоставляет прекрасную возможность подтвердить свою точку зрения.
Izoh: rand – inglizcha “random”, ya’ni “tasodifiy” ma’nosini beradi. Qavsning ichidagi birinchi son bu necha abzatsli matn kiritilishini, ikkinchi son esa bir abzats tarkibida kelishi mumkin bo‘lgan jumlalar sonini anglatadi.
Maksimal qo‘llashingiz mumkin bo‘lgan qiymat esa: (201,99), ya’ni 201ta abzats va bir abzats tarkibidagi 99ta jumla.
Umid qilamizki keraklicha matnni shu tarzda “kiritib” olib, yangi foydalanuvchiga matn bilan ishlash fuksiyalarini o‘rgatish siz uchun osonroq kechadi.
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/1225