tgoop.com/itspecuz/2019
Last Update:
#maslahat
💸 Millionerlardan 20 ta oltin qoida
Biz hayotimiz davomida juda ko‘plab omadli insonlarni uchratamiz, eshitamiz va ularga havas qilamiz. Qaniydi biz ham shunaqa bo‘lsak, deymiz. Ammo, bu kunlarga erishish uchun biz nimalar qilishimiz kerakligini bilamizmi? Bugun sizlarga hayotda omadga ko‘p erishgan va boy bo‘lish borasida ham hammaga taniqli millionerlardan boy va omadli bo‘lishning sirlari haqida o‘rtoqlashamiz.
20 oltin qoida:
🔹Odamlarga o‘zlari kutganidan ham ko‘prog‘ini bering va buni tabassum bilan amalga oshiring;
🔸Hamma eshitganlaringizga ham ishonavermang, topganingizni hammasini sarflamang, qancha xohlasangiz, shuncha uxlash kerak emas;
🔹Odamlardan kechirim so‘rash vaqti ularning ko‘zlariga qarang;
🔸Bir ko‘rishdagi sevgiga ishoning;
🔹Boshqalarning orzulari ustidan kulmang;
🔸Haqiqiy tortishing, bahslashing, ammo urushga aylantirvormang;
🔹Sekin ayting, ammo tez o‘ylang;
🔸Sizga siz javob berishni xohlamagan savolni berishsa, ularni jerkmang, aksincha tabbasum bilan, “Nimaga buni bilishni istaysiz?” deng.
🔹Yodingizda tuting, katta sevgi va ko‘proq g‘alaba sizdan katta tavakkalni talab qiladi;
🔸Uch narsani yodingizda tuting: o‘zingizni hurmat qiling, o‘zgalarni hurmat qiling va ishingizni sidqidildan bajaring;
🔹Mayda chuyda narsalarning orqasidan katta, mustahkam munosabatni va aloqani buzmang;
🔸Telefon qo‘ng‘irog‘iga tabbasum bilan javob bering, suhbatdoshingiz buni ovozingizdan osongina fahmlaydi;
🔹Esingizda tursin – ba’zan sukut saqlash eng yaxshi javob bo‘ladi;
🔸Ko‘proq kitob o‘qing, televizorni kamroq tomosha qiling;
🔹O‘zingiz xohlaganday yashang! Yoshingiz o‘tib, ortingizga sarhisob qilish uchun qayrilganingizda, yashab o‘tgan hayotingizdan dilingiz yayrasin;
🔸O‘zingiz sevgan ish bilan shug‘ullaning;
🔹Bir yilda bir marta, avvallari hech bo‘lmagan yeringizga borib, aylanib keling;
🔸Erishgan yutug‘ingizni qilgan qurbonligingizdan ustun qo‘ying va yuqori baholang;
🔹Yetti o‘lchab, bir kesing;
🔸O‘ylagan niyatingizga erishishning eng asosiy siri – bu maqsadga o‘zingizning ham ishonishingizdir. Odam o‘z maqsadiga ishonsagina, o‘shanda u ushaladi.
👨🏻💻@itspecuz & @baxtlihayotsirlari
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/2019