ITSPECUZ Telegram 2197
​​#operatsion_tizim

😴 Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?

Kompyuterdan ma’lum vaqt chalg‘ishni rejalashtiryabsizmi? Dilemma yuzaga keladi. Barcha dasturlarni yopish va kompyuterni o‘chirish, keyin esa Windowsning uzoq vaqt yuklanishini kutish kimga yoqadi deysiz! Boshqa tomondan esa o‘z karmoningizni foydasiga, elektr ta’minotidan foydalanish miqdorini kamaytirish haqida o‘ylash ham zarar qilmaydi. Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida ko‘pchilik eshitgan, lekin hamma ham ularni amalda qo‘llamaydi. Ular o‘rtasidagi farqni ko‘rib chiqamiz va ulardan turli holatlarda foydalanishning afzalliklari haqida xulosa chiqaramiz.

Windows’ning nisbatan yangiroq nashrlaridan (7 va 8 versiyalari) foydalanuvchilar kombinatsiyalangan gibridli uyqu rejimi bilan ham qurollanishgan. Uchala variant bilan tanishib chiqamiz.

Uyqu rejimi

Kompyuterning oddiy ishlash rejimi bilan solishtirganda elektr energiyasidan kamroq foydalanishi bilan tavsiflanadi. Kompyuter komponentlaridan ba’zilari o‘chiriladi, masalan, vinchester, boshqalari esa elektr energiyasini kamroq iste’mol qilishga o‘tadi. Barcha ishga tushirilgan ilovalar kompyuterning operativ xotirasida qoladi va o‘z ishini davom ettiradi, lekin kutish holatida bo‘ladi. Uyqu rejimidan qayta ishlash holatiga o‘tish deyarli bir zumda amalga oshadi, siz juda tez fursatda ishlash uchun tayyor kompyuterga ega bo‘lasiz.

Gibernatsiya rejimi

Nisbatan noutbuklarda foydalanish uchun ishlab chiqilgan, ular uchun esa batareya zaryadi va kerak bo‘lganida tez foydalanishga kirisha olish imkoniyati juda muhim sanaladi. Gibernatsiya rejimini faollashtirganda, operativ xotiradagi barcha ishga tushirilgan ilovalar alohida fayl ko‘rinishida kompyuterning qattiq diskiga saqlanadi, kompyuterning o‘zi esa o‘chiriladi. Uyqu rejimidan chiqishdagi holat bilan solishtirganda qayta ishga tushishi sekinroq, lekin Windows’ning oddiy yuklanishiga nisbatan tezroq amalga oshadi. Tizim gibernatsiya rejimi ishga tushishidan avvalgi, ilk holatiga tiklanadi. Ya’ni barcha ishga tushirilgan ilovalar va oynalar tiklanadi.

Gibridli uyqu rejimi

Bu asosan oddiy ish stoli tizimlari va ishonchsiz elektr tarmoqlari uchun foydali sanaladi. Uyqu rejimi va gibernatsiya rejimining afzalliklarini o‘zida mujassam etadi. Ishlab turgan ilovalar ham operativ xotirada, ham vinchesterda saqlanadi. Elektr hisoblagichi o‘z shiddatini pasaytiradi. Hattoki elektr ta’minoti bilan muammolar bo‘lgan taqdirda ham, kompyuter avvalgi holatida uyg‘ona oladi.

Xulosa

Tushlik qilish uchun kompyuterdan bir necha daqiqaga uzoqlashganingizda uyqu rejimidan foydalangan afzalroq. Siz elektr energiyasining bir qismini iqtisod qilasiz, qaytgach esa, juda tez fursatda ishga tushib ketasiz. Gibernatsiya rejimidan foydalanish ko‘chma kompyuterlar uchun aktualdir. Kompyuterdan uzoq muddatli tanaffuslar bilan foydalansangiz, lekin ayni paytda juda qisqa vaqt ichida ishga tushadigan tizimga ega bo‘lishni xohlasangiz, bu rejimdan foydalanganingiz ma’quldir. Gibridli uyqu rejimidan foydalanganda esa, noutbukning so‘ngan batareyasi yoki manbadagi birdan yo‘q bo‘lgan tok, saqlanmagan ma’lumotlaringizning yo‘qolishiga olib kelmasligiga amin bo‘lasiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

tgoop.com/itspecuz/2197
Create:
Last Update:

BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/2197

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

As five out of seven counts were serious, Hui sentenced Ng to six years and six months in jail. Joined by Telegram's representative in Brazil, Alan Campos, Perekopsky noted the platform was unable to cater to some of the TSE requests due to the company's operational setup. But Perekopsky added that these requests could be studied for future implementation. Don’t publish new content at nighttime. Since not all users disable notifications for the night, you risk inadvertently disturbing them. A vandalised bank during the 2019 protest. File photo: May James/HKFP. Telegram users themselves will be able to flag and report potentially false content.
from us

Telegram IT specialist
FROM American