tgoop.com/itspecuz/2256
Last Update:
#maslahat #operatsion_tizim #mulohaza_uchun #security
😱 Windows’ning yangilanishi fayllaringizni o‘chirishi mumkin
Yaqinda Microsoft kompaniyasi Windows 1809 yangilanishini “Windows 10 October 2018 Update” nomi bilan e’lon qildi.
Kiritilgan yangiliklar: “Проводник” uchun to‘q rangli mavzu, bulutli almashinish buferi, iOS va Android bilan sinxronizatsiya qilish uchun “Ваш телефон” ilovasi va boshqa ko‘plab narsalar.
Lekin, aniqlanishicha, tizim - tizim diskidagi fayllarni o‘chirib yuborishi mumkin ekan. Masalan “Документы”, “Изображения”, “Музыка”, “Загрузки” va boshqa papkalarni bo‘shatib qo‘yishi mumkin.
Ayni damda, Microsoft forumida fayllarning yo‘qolishi bilan bog‘liq yetarli darajada ko‘p shikoyatli postlar paydo bo‘lgan. Masalan bir foydalanuvchining 220 Gb hajmdagi ma’lumotlari yo‘qolgan.
Microsoft ushbu muammoni yangilanishdagi bir qancha noaktual drayverlarga bog‘liq deya ta’kidladi. Yangilanishni o‘rnatish paytida, tizim ogohlantirish berishi kerak, unda “Назад”ga bosish lozim. Bundan keyin drayverlar aktuallashtiriladi va yana o‘rnatish jarayoniga qaytiladi.
Agar siz shunda ham yaqin orada o‘z Windows versiyangizni yangilashga kirishmoqchi bo‘lsangiz, u holda dastlab tizim diskidagi muhim fayllarning rezerv nusxasini yaratib olishni maslahat beramiz.
👨🏻💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://www.tgoop.com/joinchat-AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/2256