tgoop.com/itspecuz/2542
Last Update:
#maslahat #mulohaza_uchun
💁♀️Xotira pasayishi sabablari va mustahkamlash usullari
Xotira susayishi – ikki jins vakillari orasida keng tarqalib borayotgan, yoshlar va hatto bolalar orasida ham tez-tez uchrayotgan kasalliklardan biri.
Ayollar, onalar farzandlari, turmush o‘rtoqlari sog‘liqlari borasida qattiq qayg‘uradilar, g‘amxo‘rlik qiladilar.
Ta’bir joiz bo‘lsa, ayollar – oila atalmish qo‘rg‘onning nafaqat bosh oshpazi, balki o‘rni kelganda bosh shifokorlari hamdir. Shu sabab bugun ko‘tarayotgan mavzumizdagi maslahatlar foydadan holi bo‘lmaydi:
Inson xotirasi cheklanmagan hajmdagi ma’lumotlarni saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lib, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, xotirani mustahkamlash usullaridan qanchalik ko‘p foydalansak, kerakli axborotni eslab qolish ham shunchalik oson kechadi.
⁉️Avvalo, qanday omillar xotira pasayishiga sabab bo‘ladi?
1️⃣. Klimaks davri (Ayollarda hayz ko‘rishning butunlay to‘xtashi). Bu vaqt davomida ayollar xotira funksiyasi va fikrni jamlash bilan bog‘liq talaygina muammolarni boshidan o‘tkazadi;
2️⃣ Gipertoniya - qon bosimi yuqori bo‘lgan insonda, xotira pasayishi va ruhan og‘irlashish ehtimoli ko‘proq uchraydi;
3️⃣ Diabet. Miyamizning anglash, tushunish, o‘rganish funksiyasini pasaytirishda mazkur kasallik yetakchilik qiladi. Bu holat asosan yoshi katta ayollar orasida ko‘proq uchraydi;
4️⃣. B12 vitamini yetishmasligi. Kunlik ovqat tarkibida yetarlicha B12 vitamini bo‘lmasa, xotira zo‘riqishlarni tez qabul qiladi;
5️⃣. Kerakli, foydali moddalar yetishmasligi ham miya qo‘shimcha funksiyasining susayishiga olib keladi;
6️⃣. Zaharlanish. Ba’zi zaharlovchi moddalar inson miyasi funksiyasini susaytirib yuboradi.
❗️Xotirani mustahkamlash usullari:
✅ Esda saqlab qolishni xohlagan narsamizni ifodali o‘qish va uni hech bo‘lmaganda bir marta qaytarish lozim. Masalan, telefon raqami, e’lon yoki yangiliklarni ovoz chiqarib, balandroq o‘qish, ularni eslab qolishni osonlashtiradi;
✅ Ma’lumotlarni guruhlarga ajratish yoki ularni tanish biror narsa bilan bog‘lab, eslab qolish mumkin;
✅ Uzun matnni tezroq yod olishda o‘qilayotgan ma’lumotning ko‘rinishini miyada yaratish, ularni tasavvur qila olish orqali inson ma’lumotni yana-da osonroq esda saqlab qola oladi;
✅ O‘qiyotgan narsaga biror kulgili yoki bema’ni narsani bog‘lash – bu xotirani hissiyotlarga bog‘lashga ko‘mak beradi.
📝 Manba: @sharq_tabobati
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://www.tgoop.com/joinchat-AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/2542