tgoop.com/itspecuz/2568
Last Update:
#muvaffaqiyatli_insonlar #mulohaza_uchun
Kartadagi ayrim mamlakatlar AQShlik milliader Djeff Bezos surati bilan berilgan. U ana shu davlatlardan boyroq hisoblanadi.
Uning mablag‘i 2019 yanvar holatiga ko‘ra 150 milliard dollarga yetgan.
Aytgancha, Djeff Bezos 25 yillik turmushdan keyin xotini bilan ajrashyapti. Ajrimdan so‘ng xotini uning boyligini 70 milliard dollarini qo‘lga kiritadi.
Djeff Bezos va Makkenzi 1992 yilda tanishgan. Juftlik 1993 yilda turmush qurgan, ularning 4 nafar farzandi bor. 2017 yilda ular Day One Fund qo‘shma xayriya jamg‘armasini tuzgan.
2018 yilning mart oyida Forbes milliarderning boyligini 112 milliard dollarga baholagan edi. Yilning oxirigacha 150 milliard dollarga yetdi.
7-yanvar kuni Amazon bozor kapitalizatsiyasi bo‘yicha Apple’ni ortda qoldirdi va dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi. Amazon’ning bozor kapitalizatsiyasi 796 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Ana shunaqa gaplar.
📍P.S. Djeff Bezos haqidagi avvalgi maqolamizni ham o‘qib ko‘ring.
📝 Manba: @qiziqarli_xarita
👨🏻💻@itspecuz
BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/2568