tgoop.com/itspecuz/2702
Last Update:
#operatsion_tizim
🖥 Windows tizimli kompyuterni kerakli paytda o‘zi yonadigan qilamiz!
Uydagi yoki ishxonangizdagi kompyuteringiz kerakli paytda o‘zi ishga tushib ketishini istaysizmi? Agarda tok manbaiga ulangan holida qoldiradigan bo‘lsangiz, buning iloji bor!
👉🏻 O‘QING: Kompyuter yoqilayotganidagi 0xc000000f xatolikni tuzatamiz
Windows tizimida ishlovchi kompyuterning yonishini avtomatlashtirish uchun uning asosiy ishga tushirilish tizimi – BIOS’ga qirishingiz va u yerda quvvat sarflanishi bilan bog‘liq bo‘limga o‘tishingiz lozim. Mazkur bo‘lim “Power”, “Power-on Menu” yoki, masalan, “Power Scheduling” deb nomlangan bo‘lishi mumkin – bu ona plata (materinskaya plata) ishlab chiqaruvchisiga bog‘liq.
Biriktirilgan rasmda shu jarayon “Power On By RTC” sozlamasi orqali ko‘rsatilgan.
Ayni shu bandi kompyuterning avtomatik yoqilish vaqtini sozlash uchun xizmat qiladi, ammo u barcha kompyuterlarning BIOS’larida ham bo‘lmasligi mumkin. Agar topa olsangiz, hatto necha kungacha (0 – har kuni degani) shu vaqtda avtomatik yoqilishini ham sozlab qo‘ysangiz bo‘ladi.
Keyin esa o‘zgarishlarni saqlab, kompyuterni o‘chirib-yoqasiz – tayyor! Kerak bo‘lsa, endi u siz uchun budilnik vazifasini ham o‘tashi mumkin!
👉🏻 O‘QING: Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
📝 DiMaX Terabayt.uz
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://www.tgoop.com/joinchat-AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/2702