ITSPECUZ Telegram 2821
​​#smartfon #mulohaza_uchun #bilasizmi

Sizning telefoningiz ishlab chiqaruvchining da’vosiga qaraganda ko‘proq ishlaydi 📱🔋📊

Which? Britaniya iste’molchilar assotsiatsiyasining ekspertlari turli ishlab chiqaruvchilarga tegishli smartfonlar batareyalarini sinovdan o‘tkazdi. Ularning kelgan xulosalariga ko‘ra ba’zi kompaniyalar tasniflashga kelganda ushbu ko‘rsatkichni atayin ko‘paytirib ko‘rsatishadi, lekin ko‘pchiligi aksincha, pasaytiradi.

Nokia’ning sinalgan smartfonlari suhbat rejimida aytib o‘tilgan 16,9 soat o‘rniga 18,2 soat ishlagan. Samsung — 21,1 soat o‘rniga 23,3 soat, Sony esa — 12,6 soat o‘rniga 16 soat. Misol uchun, Xperia Z5 Compact ishlab chiqaruvchi tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan — 25 soatu 52 daqiqaga nisbatan 9 soat ortig‘i bilan quvvatini ushlab bergan.

Biroq istisno holatlari ham yo‘q emas, albatta. Garchi Apple “25 soatga qadar” deb ta’kidlagan bo‘lsa ham, iPhone XR so‘zlashuv rejimida 16 soatu 52 daqiqa ishlagan. Biroq Apple saytida aytilishicha, ushbu ko‘rsatkichga simsiz garnituradan foydalanganda erishish mumkin, bundan tashqari, akkumuluyatorning keltirib o‘tilgan tasniflari tarmoq sozlamalari va boshqa omillarga bog‘liq ekanligi ko‘rsatib o‘tilmagan. Which? qanday sharoitlarda sinov o‘tkazilgani borasida tafsilotlarga to‘xtalib o‘tirmadi. Ekspertlar iPhone’ning to‘qqiz modelida avtonom ishlash vaqtini o‘lchab ko‘rishdi va ma’lum bo‘ldiki, ular quvvatni ta’kidlab o‘tilgan 19,4 soatga nisbatan o‘rtacha 14,8 soat ushlab berarkan. HTC smartfonlari borasida vaziyat biroz yaxshiroq: 20,5 soat o‘rniga 19,6 soat.

📝 Manba: @XAKEPCTBO_channel

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://www.tgoop.com/joinchat-AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg

tgoop.com/itspecuz/2821
Create:
Last Update:

BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/2821

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Telegram Android app: Open the chats list, click the menu icon and select “New Channel.” Invite up to 200 users from your contacts to join your channel Some Telegram Channels content management tips To delete a channel with over 1,000 subscribers, you need to contact user support 6How to manage your Telegram channel?
from us

Telegram IT specialist
FROM American