ITSPECUZ Telegram 2842
​​#smartfon #mulohaza_uchun #maslahat

Axborot narxi: smartfon jodusini qanday yengish mumkin? 📱🤔

Texnologiya quliga aylanib qolmaslik va hayotga tashnalik hissini qaytarishning to‘rt usuli.

Cheksizlik hovuzlari haqida eshitganmisiz? Agar javobingiz “yo‘q” bo‘lsa ham buni har kuni his qilishingizga to‘g‘ri keladi. Bu atamani “Vaqt toping. Asosiy narsalarga diqqatni qaratish” kitobi mualliflari Jyeyk Knapp va Jon Zeratski o‘ylab topishgan. Ular barcha telefon ilovalarini Cheksizlik hovuzlari deb atashgan. Agar bu matohning “Yangilash” tugmasi bo‘lsa, u Cheksizlik hovuzidir. U vaqtingiz bilan oziqlanadi. Kitob mualliflari bir necha yil muqaddam ularni oziqlantirishni to‘xtatdilar va smartfonlaridan ko‘plab ilovalarni o‘chirib tashlashdi. Kitobda keltirilgan ayrim fikrlarni e'tiboringizga havola qilamiz.

1️⃣. Pochta ilovasini o‘chiring

Elektron pochta – chalg‘ituvchi Cheksizlik hovuzi va band kishilar harakatining qaynoq yuragi. Telefon ekranida xabarga javob yozish mushkul bo‘lgani uchun bu xizmat bizni asabiylashtiradi ham. Voqealar ortidan quvib, pochtani tekshirishga tushamiz, biroq natijada o‘zimizga ortda qolayotganimizni yana bir bor eslatamiz. Telefoningizdan pochta xizmatini o‘chirib, zo‘riqishning katta ulushidan xalos bo‘lasiz.

2️⃣. Birinchi ekranni tozalang

Telefoningiz tezkor ishga sozlangan. U yuzingiz va barmoq izlarini darhol skaner qiladi – mana kirib bo‘ldingiz. Axir ko‘pchilik sevimli ilovalari belgilarini telefonning ilk ekranida saqlashadi. Ilovalarga kirishni murakkablashtirish uchun ilk ekranni bo‘shating. Barcha belgilarni ikkinchi (agar ikkinchida bo‘lsa, uchinchi va h.k.) ekranga ko‘chiring. Birinchi ekranda chiroyli fon suratidan tashqari hech narsa qoldirmang.

3️⃣. Qo‘l soatidan foydalaning

Bugun qo‘l soatini arzon narxga sotib olishingiz mumkin. Ular doim aniq vaqtni ko‘rsatadi. Ular yengil va suv o‘tkazmas. U kunduzgi uyqudan keyin sizni o‘z vaqtida uyg‘otishi va gaz pechidan taomni olish vaqti bo‘lganini eslatishi mumkin.

Biroq biz qo‘l soatini umuman boshqa sabablar tufayli yoqtiramiz. Ular sizga vaqtni bilish uchun har safar telefonga qarash zaruriyatidan xalos etadi.

4️⃣. Gadjetlarsiz yuring

Kris Palmeri haftasiga ikki marta noutbuk va mobil telefonini ofisda qoldirib, uyga gadjetlarsiz ketadi. U Tokioda konsalting agentligini boshqaradi, doimiy ravishda buyurtmalar bilan band. Biroq ushbu ikki kecha u o‘zini pochtani tekshirish imkoniyatidan xalos etadi. Hatto smslar ham yubora olmaydi. Kris tongda ishga borguniga qadar dunyodan uziladi. Noqulayliklar deysizmi? Tabiiy. Biroq Kris bu kabi izolyatsiya diqqat va uyquning yaxshilanishi bilan qoplanishini aytadi. “Gadjetsiz davrlarida” u ertaroq (1:00 da emas, 23:00 da) uxlashga yotadi, tiniqib uxlaydi va tun yarmida kamdan-kam uyg‘onadi. U hatto tongda o‘z tushlarini ham eslaydi: o‘ylashimizcha, bu yaxshi belgi.

Elektron qurilmalardan vaqtinchalik xalos bo‘lish – foydali usul. Uyga kelganingizda apparatni yoningizda olib yurmang: uni stol g‘aladoni yoki javonga qo‘ying. Yaxshisi, sumkangizga, sumkangizni esa javonga yashiring.

📝 Manba: @xabardoruz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://www.tgoop.com/joinchat-AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg

tgoop.com/itspecuz/2842
Create:
Last Update:

BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/2842

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

On June 7, Perekopsky met with Brazilian President Jair Bolsonaro, an avid user of the platform. According to the firm's VP, the main subject of the meeting was "freedom of expression." Unlimited number of subscribers per channel Ng was convicted in April for conspiracy to incite a riot, public nuisance, arson, criminal damage, manufacturing of explosives, administering poison and wounding with intent to do grievous bodily harm between October 2019 and June 2020. In the next window, choose the type of your channel. If you want your channel to be public, you need to develop a link for it. In the screenshot below, it’s ”/catmarketing.” If your selected link is unavailable, you’ll need to suggest another option. Users are more open to new information on workdays rather than weekends.
from us

Telegram IT specialist
FROM American