tgoop.com/itspecuz/2875
Last Update:
#operatsion_tizim #software #maslahat
⌨️ Windows uchun “Соло на клавиатуре” klaviatura trenajyori
Chiqqan sanasi: 2011
Dasturning nomlanishi: СОЛО на клавиатуре 3 в 1
Dastur versiyasi: 9.0.5.65
Rasmiy sayt manzili: http://ergosolo.ru/
Interfeys tili: Ruscha
Davolash: talab etilmaydi
Tizim talablari: Windows XP/Vista/7
Tavsifi: ⌨️ Соло на клавиатуре — o‘n barmoqda qaramasdan terish usulini, ya’ni barcha (yoki aksariyat) barmoqlarni ishlatib, klaviatura klavishlariga qaramasdan matnni “ko‘r-ko‘rona” terishni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan dastur hisoblanadi. Oxirgi, to‘qqizinchi versiyasida interfeys o‘zgartirilgan, o‘rganishga bo‘lgan yondashuv qiziqarliroq ko‘rinishga keltirilgan, o‘yinlar va testlar qo‘shilgan — barchasi “СОЛО” amaliyotidan o‘tuvchi foydalanuvchilarning nisbatan qisqa muddatda o‘n barmoqli qaramasdan terish ko‘nikmalarini egallashi va o‘z xarakterining eng yaxshi qirralari: maqsad sari intiluvchanlik, chidamlilik, qat’iyatlikni rivojlantirish uchun puxta o‘ylangan. Dasturning “3 tasi 1 da” versiyasi o‘z ichiga uch kursni oladi: “Ruscha kurs”, “Inglizcha kurs” va “Raqamlarni bo‘ysundirish”.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Onlayn klaviatura trenajyorlari
• Klaviaturaga qaramasdan tezkor matn kiritish ko‘nikmasini shakllantirish (Ratatype)
• Klaviaturada tezkor matn kiritish uchun Stamina xizmati
• Raqobatlashish rejimini taqdim etuvchi klaviatura trenajyori (TypeRacer)
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/2875