tgoop.com/itspecuz/2881
Last Update:
#telegramda_kanal_yuritish #rasm_bilan_ishlash
💡 Post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?
Ostiga media (rasm, video yoki GIF) biriktirilgan matnli postni tayyorlash uchun bizga quyidagilar talab etiladi:
1. Postning ostki qismida ko‘rsatish uchun kerakli bo‘lgan fayllarni internetga yuklash va yuklangan fayl uchun havolani olish.
2. Post matniga faylning sirli havolasini qo‘shish.
@ControllerBot boti orqali postni qo‘shganimizda barchasi oddiy bajariladi – botda post uchun mediani biriktirish funksiyasi mavjud. Batafsil ushbu postimizda.
Postlarni kanallar va guruhlarga botlar yordamisiz qo‘shishda esa savol yuzaga keladi: “Postga qo‘shiladigan o‘sha sirli havolani olish uchun mediani qanday qilib va qayerga yuklash lozim?”
Bunda bizga @MediaUploadBot, @mediauploader_bot yoki @Uploader_Telegraph_bot yordamga keladi. Ushbu botlar sizning rasm, video va GIF-fayllaringizni o‘ziga yuklab oladi va darhol havolasini uzatadi.
Olingan havolani postning boshlanishida biror tinish belgisi yoki emodzi ortiga berkitamiz. Masalan, e’tiborni jalb etish maqsadida biz postlarimizni emodzilar bilan boshlaymiz, aynan shu kichik elementlarning ortida biriktirilayotgan medianing havolasini berkitish qulaydir.
Havolani berkitish deganda - biriktirilayotgan media uchun olingan havolani postga qo‘shish tushuniladi. Xuddi oddiy matn bilan bo‘lgandagi kabi, biroq havola matn tarkibida sezilar-sezilmas darajada aks etishi lozim.
Bor yo‘g‘i shu - biriktirilgan mediali postimiz nashr etish uchun tayyor :)
📌 P.S.: Postning ostki qismiga biriktiriladigan rasm, video yoki GIF-faylning hajmi 5Mb’dan oshmasligi lozim.
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/2881