tgoop.com/itspecuz/2884
Last Update:
#telegramda_kanal_yuritish
💡 Murojaatlar bilan ishlash uchun maxsus botdan foydalanish (Livegram Bot)
Kanalni yaratgan mahalingizda, kanal foydalanuvchilari bilan bog‘lanish maqsadida maxsus bot yaratib, sozlab olishni tavsiya etamiz. Shunda kanallaringiz va guruhlaringizni kuzatuvchilar hattoki muloqot uchun cheklov olgan bo‘lishsa ham (SPAM uchun jazolangan), sizga yoza olishlari mumkin bo‘ladi. Bu shuningdek sizga inkognito (kanal foydalanuvchilaridan panada) bo‘lishda yordam beradi.
Masalan, bizning kanalimizga qidiruv satriga @itspecuz manzilini kiritgan holda o‘tiladi va kanal ma’muriga @itspecuz_comment_bot orqali murojaat etiladi.
Kanal uchun bot manzilini imkon qadar tezroq o‘zlashtirib olganingiz ma’qul, chunki manzillarni o‘zlashtirib, keyin pulga sotishga qiziquvchilar talaygina topiladi...
Murojaatlar uchun bot qanday yaratiladi?
@LivegramBot (Livegram Bot) konstruktori yordamida murojaatlar uchun botni qanday yaratishni kanalimizda joylashtirilgan maxsus post orqali bilib olishingiz mumkin. Ushbu postimizga faqatgina shuni qo‘shimcha qilamizki, botga kelgan xabarga javob qaytarishingiz uchun murojaatchini tanlab, unga “Ответить” (Reply) amalini qo‘llashingiz lozim, aks holda xabaringiz kimga yuborilishini bilmay o‘zingizga qaytib keladi (Aksariyat mushtariylarimizdan shu savol kelib tushadi).
Ushbu postimizda yuqorida keltirilgan postda uchratmaydiganingiz, ya’ni botni (lozim bo‘lgan taqdirda) maxsus chatingizga qo‘shib qo‘yish imkoniyati haqida so‘z yuritiladi.Murojaatlar uchun botni maxsus chatingizga qo‘shish bor yo‘g‘i bir daqiqa vaqtingizni oladi va sizga ko‘proq imkoniyatlarni taqdim etadi!
Botni chatga ulaganingizdan so‘ng, har bir foydalanuvchidan yuboriladigan xabar sizning chatingizga kelib tushadi. Foydalanuvchilar bilan olib borgan muloqotingiz tarixi sizda doimiy tarzda saqlanib boradi.
Foydalanuvchilar chatga qo‘shilmaydi - barcha javoblarni bot orqali olishadi. Ushbu chat faqat sizda namoyon bo‘ladi.
Chatga foydalanuvchilar tomonidan kelib tushadigan xabarlarga javob qaytarish maqsadida menejerlarni qo‘shishingiz mumkin. Barcha muloqotlarni ko‘rib turgan holda yordamchilaringizning ishini nazorat qilib borishingiz mumkin. Garchi menejerlardan birortasi ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashib, olib borgan muloqotlarini o‘chirishga urinib ko‘rsa ham - ular sizda o‘chmaydi.
Murojaatlar uchun botni qanday qilib chatga qo‘shish mumkin?
1️⃣. Privativ (xususiy) guruhni yaratasiz - siz unda yagona admin bo‘lishingiz lozim.
2️⃣. Unga oddiy foydalanuvchi sifatida murojaatlar uchun botni qo‘shasiz. @LivegramBot botlar konstruktori orqali sizning botingiz chatga ulanganligi haqida bildirishnoma olasiz.
3️⃣. Lozim bo‘lgan taqdirda o‘z yordamchilaringizni ham chatga oddiy foydalanuvchi sifatida qo‘shasiz.
MUHIM, foydalanuvchilarga javob yozish uchun shunchaki chatga yozmaysiz, balki har doim buni ОТВЕТИТЬ (REPLY) orqali amalga oshirasiz. Bu orqali botga xabaringizni aynan qaysi murojaatchiga yuborayotganingizni bildirasiz. Yordamchilaringiz siz bilan yoki o‘zaro maslahatlashish maqsadida guruh orqali shunchaki yozishishlari mumkin, bu kanal mushtariylariga yuborilmaydi.
Allaqachon yuborilgan xabaringizda imloviy xatolik mavjudligini aniqlagan taqdiringizda uni chatda tuzatishingiz (ИЗМЕНИТЬ (EDIT)) mumkin - bot foydalanuvchi tomonida buni o‘zi to‘g‘irlaydi. Agar shunchaki o‘chirsangiz - foydalanuvchi tomonida u o‘chmaydi, shuning uchun xabarlarni o‘chirishga urinmasdan, matn terishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni to‘g‘irlashni maslahat beramiz.Foydalanuvchilarga chat orqali javob berganingizda siz yuqorida aytib o‘tilganidek - inkognito bo‘lib qolasiz, javoblarni ular botingiz orqali qabul qilishadi.
P.S. Barchasi bajarilganidan so‘ng, sizda Telegram’da foydalanuvchilarni to‘laqonli qo‘llab-quvvatlash xizmati yaratilgan va sozlangan bo‘ladi. Kanal va guruhlaringizning izohida bog‘lanish uchun ma’lumot (qo‘llab-quvvatlash xizmati botining manzili)ni qo‘shib qo‘ysangiz bo‘ldi.
👨🏻💻@itspecuz
BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/2884